2– Ma’ruza. O‘zbekistonda yengil atletikaning rivojlanishi va jismoniy tarbiya tizimidagi o‘rni reja
Download 42.47 Kb.
|
2-MA\'RUZA
Oleg Ryaxovskiy. 1957 yilda Parijda bo’lib o’tgan talabalar umumjaxon Universiadasida sobiq Ittifoq chempioni darajasida 16 metrli ko’rsatkich bo’yicha parijliklarga uch xatlab sakrashni namoyish etdi. Uning natijasi 16.01 m bo’lib, bu birinchi o’rin degani edi.
Igor Monastirskiy. 1958 yili Sochida bo’lib o’tgan Baxorgi an’anaviy umumIttifoq musobaqasida 100 metrga yugurish bo’yicha Vladimir Tuyakov tomonidan o’rnatilgan rekordni 0,2 sek.ga yangilab 10,4 sek.da yugurib o’tdi hamda sprint guruxi bo’yicha birinchi sport ustasi darajasiga erishdi. Uning bunday zafarlari 1975 yilga qadar davom etdi. 1958 yili sobiq Ittifoq va AqSh o’rtasida birinchi xalqaro “Gigantlar” uchrashuvi bo’ldi. Jiddiy sinovdan o’tgan sobiq Sovet Ittifoqi terma jamoasi tarkibida O’zbekiston vakili-1957-58 yillar mamlakat chempioni bo’lgan toshkentlik O.Ryaxovskiy ham bor edi. U uch xatlab sakrashda 16 m 59 sm marrani egallab, jaxon rekordini 3 sm.ga ko’tardi. U aka-uka Ferreyra va Silvalarga tegishli yutug’ini yangilagan edi. Sobiq Ittifoq ning ikki marta chempionlari va jaxon rekordchilari guruxida Oleg Ryaxovskiy o’zbek yengil atletikachilari ichida birinchi bo’lib mamlakat terma jamoasi tarkibida 1958 yili o’tkazilgan Evropa chempionatida ishtirok etish xuquqiga ega bo’ldi. Uning debyuti muvaffaqiyatli bo’lib, uch xatlab sakrashda kumush mukofot olishga muyassar bo’ldi. 1959 yilda bo’lib o’tgan sobiq Ittifoq xalqlari II Spartakiadasi o’zbek yengil atletikachilarining navbatdagi musobaqalarga tayyor ekanliklarini namoyish qildi. Jumladan, Olga Levonenko maktab o’quvchilarining UmumIttifoq spartakiadasida va Dushanbeda bo’lib o’tgan O’rta Osiyo respublikalari va qozog’istonning uchrashuvida balandlikka sakrash bo’yicha birinchi o’rinni egalladi. Shu musobaqalarda respublikamiz sharafini I. Monastirskiy (100 m), A. Chexonin (800 m), O. Ryaxovskiy (uzunlikka, uch xatlab), I. Chuvilin (olti), V. Lomakin (lappak), I. Klyuev (yadro), T. Bondarenko (80 m t.o.), L. Chernyavskaya (uzunlik), A. Xolmanskaya (yadro, besh xatlab) ximoya qildilar. Ammo respublika terma jamoasi birinchi Spartakiadaga nisbatan yomon qatnashib, 12-o’rinni egalladi. Unda O.Ryaxovskiy (uch xatlab-2 o’rin), V.Ballod (balandlik-3 o’rin) sovrindor bo’lishdi. M.Fatyanova balandlikka sakrash bo’yicha (5-6 o’rinlar), I.Monastirskiy 100 m-10.5 (7 o’rin), Yu.Xmelkov-400 m (9 o’rin), 4x100 m masofaga yugurgan kvartet-N.Monastirskiy, V.Tushkov, G.Senkin, V.Kamishanskiylar (7 o’rin) muvaffaqiyatli qatnashdilar. Langar cho’p bilan sakrashda Igor Chuvilin to’rtinchi o’rinni egalladi. Bu spartakiada uning ilgari ishtirok etgan to’rt sobiq Ittifoq xalqlari spartakiadalaridan eng muvaffaqiyatlisi bo’lgan edi. I. Chuvilin O’rta Osiyo va qozog’iston sportchilarining etti uchrashuvlari g’olibi, langar cho’p bilan sakrash bo’yicha respublikaning bir necha bor rekordchisi hamda g’olibi bo’lgan edi. Sobiq Ittifoq sport ustasi normativi 4.40 m bo’lgan paytda uning 4.44 metrda o’rnatgan rekordi sakkiz yil mobaynida saqlanib qoldi. 60-yillarda respublikada sport inshootlarining soni ko’paydi, sportchilarni shakllantirish metodikasi yaxshilandi. V.I.Barishev, N.N.Bikov, A.A.Vink, Yu.T.Zakirov, V.P.Bessekernix, Yu.S.Sholomistkiy, V.G.Fedoseev, M.M.Vnuchkova, Yu.N.Puzanov, A.V.Borisov, A.A.Osipov, V.I.Lyubarskiy, Yu.A.Krasilnikov, V.M.Vardzelov, G.N.Senkin, V.P.Litvinov, T.P.Saliev, V.P.Artamonov kabi murabbiylar o’zbek sportchilarini safini qobiliyatli yengil atletchilar bilan to’ldirishda faol ishlashdi. 1960 yilda “O’zbekiston SSRda xizmat ko’rsatgan ustoz” sharafli unvoni joriy qilinadi. Mana shu yuksak unvonga birinchi bo’lib Toshkentda Barishev Viktor Illarionovich, so’ng Zokirov Yunus Turg’unovich (Namangan), Bessekernix Vladimir Pantelemonovich (Samarqand), Bikov Nikolay Nikolaevich (Toshkent), Kostarev Grigoriy Andreevichlar (Toshkent) bu yuksak unvonga sazovor bo’lishdi. Murabbiylarning mashaqqatli mexnatlari mevasi sifatida O’zbekiston terma jamoasi tarkibi E.Machula, O.Levonenko, Yu.Xmelkov, G.Nekrashevich, G.Podlazov, E.Andris, E.Skorin, G.Kutyanin, G.Skalozubova (Bikova), A.Bulanov, V.Chekmarev, N.Klimov, V.Nekrasovskiy, B.Kochetkov, V.Kolmakov, V.Tyapugin, R.Babich (Denisheva), A.Yusupova, N.Skorikov, G.Mayboroda, V.Ormanov, N.Kandelo (Tyapugina), A.Normurodov singari qobiliyatli yengil atletchilar bilan boyidi. 1963 yili Moskvada bo’lib o’tgan sobiq Ittifoq xalqlarining III Spartakiadasida O’zbekiston yengil atletikachilar terma jamoasi Ittifoq jamoalar orasida ikkinchi o’rinni egalladi. V.Ballod balandlikka sakrash bo’yicha bitta bronza medalini olish sharafiga muyassar bo’ldi. Dasturning shaxsiy turida kuchli o’nlik tarkibiga I.Chuvilin-langar cho’p bilan sakrash (5-o’rin), V.Sitnikov-yugurish 400 m (6-o’rin), E.Machula uzunlikka sakrash (6-o’rin), G.Nekrashevich-nayza (6-o’rin), T.Nerovnaya 800 m yugurish (7-o’rin), O.Levonenko-balandlik (8-o’rin), G. Podlazov-nayza (8-o’rin), E. Skorikov yugurish 200 m (8-9 o’rin), E. Andris bosqon otish bo’yicha 6-o’rin egallashgan. E. Andris 1963 yili bosqonni 67 va 57 sm.ga irg’itib, respublika rekordini o’rnatdi. Uning bu ko’rsatkichi 6 yil mobaynida saqlanib turdi. U 1963 yili eng yaxshi bosqon irg’ituvchilar o’nligi qatorida jaxon sifatchilari safida 8-o’rinni egallaydi. O’rta Osiyo respublikalari va qozog’iston sportchilari uchrashuvlarida 1960 yildan 1966 yilga qadar O’zbekiston sharafli o’rinlarni egallab kelgan. Yutuqlarni yuguruvchilar Yu.Xmelkov, S.Gudoshnikova, T.Nerovnaya, to’siqlar osha yuguruvchilar - N.Xaydarov, I.Nemov, V.Chekmarev: sakrovchilar - Yu. Mustashkin, V.Ballod (Lebedinskaya) maktab o’quvchilari orasida 1968 yili o’tgan V ButunIttifoq spartakiadasining balandlikka sakrash bo’yicha g’olibi O. Levonenko, E.Machula, I.Chuvilin, G.Mayboroda, G.Kutyanin; irg’ituvchilar-G.Podlazov, V.Lomakin, Yu.Krasilnikov, G.Skorikov, E.Andris, V.Tereshenkova, N.Skorikov, S.Karvasestkaya, G.Skalozubova (Bikova) qo’lga kiritgan. G.Skalozubova 1966 yili “Xalqaro toifali sobiq Ittifoq sport ustasi” unvoniga (murabbiy A.A.Vink raxbarligida) nayza otish bo’yicha sazovor bo’lgan. 1963 yili Toshkentda bo’lib o’tgan uchrashuvda respublika vakili German Kutyanin balandlikka sakrash sektorida o’zining ilgarigi respublika rekordini yaxshilashga muvaffaq bo’ldi. Keyingi yillarda G.Kutyanin O’zbekiston rekordini olti marotaba yangilab, uni 2 metr 11 sm.ga ko’tardi. 1969 yil u Rigada bo’lib o’tgan qishki Kubokda 2 m 15 sm.da sakrab, XTSU unvoniga sazovor bo’lgan. 1967 yili O’zbekiston Spartakiadasi yengil atletikachilarga katta yutuqlar olib keldi. Viktor Kolmakov to’siqli yugurishda olimpiya ishtirokchisi Sergey Popov rekordlarini nishonga oldi. U 400 m to’siqli masofani 52,5 sek. o’tib, respublikaning o’n besh yil muqaddam o’rnatilgan rekordini yaxshilashga muvaffaq bo’ldi. Viktor Tereshenko va Vadim Kolobovlar yengil atletikaning o’nkurash musobaqalarida “ Ittifoq sport ustasi” unvoniga mos ochkolar to’plashdi. Ularga qadar O’zbekistonda yengil atletikani bu turi bo’yicha “ Ittifoq sport ustasi” unvoniga sazovor sportchi bo’lmagan. 1967 yili maktab o’quvchilarining X ButunIttifoq spartakiadasida 15-16 yoshda bo’lgan kichik yoshdagi yoshlar va qizlar guruxi bo’yicha beshkurash musobaqalarda marg’ilonlik Tatyana Pushkareva va 400 m.da yugurish bo’yicha toshkentlik Irina Xavanskaya g’olib chiqdilar. Termizlik Boris Lobkov esa balandlikka sakrash bo’yicha kumush medal sovrindori bo’ldi. T.S. Saliev raxbarligida 15-16 yosh sportchilar o’rtasida Tatyana Pushkareva qizlar guruxi bo’yicha beshkurash musobaqalarida rekord natijaga erishdi. 1967 yili murabbiylar N.M. Xaydarov va R.F. Falyaakbarovlar shogirdi Ashur Normurodov uch kilometrli kross yugurish bo’yicha o’smirlar o’rtasida 4 marta sobiq Ittifoq chempioni bo’ldi. 1968 yili 5000-1000 masofada yugurish bo’yicha mamlakat chempioni unvonini egalladi. Keyinchalik u uzoq masofaga yugurish bo’yicha O’zbekistonning ko’p bor chempioni va rekordchisi bo’ldi. U 2002 yilning 1 yanvariga qadar 5000 m.ga yugurish bo’yicha 1975 yilda o’rnatilgan (13.41.0 sek.) respublika rekordchisi sanaladi. Roza Babich to’siqlar ora 200 metrli masofani muvaffaqiyatli o’tdi. U 1967 yili Leninakan shaxrida shu masofani 27.1 sek.da o’tib, jaxon ko’rsatkichining yuqori natijasini ko’rsatadi. Keyinchalik u mamlakatning ikki marta g’olibi va uch marta sovrindori bo’ladi. 1969 yildi esa u Chelyabinskda o’z masofasini 26.7 sek.da o’tib, Evropaning yangi yutug’ini o’rnatdi. O’zbekistonning yosh sprinterlari 1969 yili uch marta butunIttifoq rekordini o’rnatdi. Murabbiy B.A. Shapochnik tayyorlagan Dmitriy Nedostupov, Gennadiy Yakobson, Vladimir Zdobnov, Sergey Petrovdan iborat kichik yoshdagilar 4x100 m masofaga estafeta tayoqchasini 43.6, so’ng 43.3 sek.da olib o’tadi. Aynan shu gurux 15-16 yoshdagi yoshlar guruxi o’rtasidagi 4x200 m ga yugurish bo’yicha masofani 1.33.1 sek.da o’tib, Ittifoq rekordini yangilaydilar. 1962 yili respublika yengil atletikachilari terma jamoasi O’zbekiston sport jamiyatlari va tashkilotlari uyushmasi raisi V.S. Mitrofanov boshchiligida Indoneziyaning Jakarta shaxriga safar qiladi. Sobiq sovet mutaxassislari tomonidan qurilgan Jakarta stadioni O’zbekiston-Indoneziya yengil atletikachilarning o’rtoqlik uchrashuvi bilan ochildi. 1965 yili O’zbekiston yengil atletikachilari Xindiston jamoasi bilan, 1971 yili esa Tunis jamoasi bilan o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazdi. 70-yillar jaxonning ko’pgina o’yingoxlarida O’zbekiston Respublikasi vakillari o’z Vatanini sharafli ravishda tanishtirib keldi. 60-yillarning oxiri va 70-yillarning boshida respublika sport tashkilotlari hamda jamoalari jismoniy tarbiya va sportni tubdan qayta qurishga qaratilgan respublika tashkilotlarining bir qator qarorlari e’lon qilinib, ular yengil atletikani rivojlantirishga salmoqli ulush qo’shdi. 1966 yili respublika yengil atletikachilariga manej taqdim etildi, respublika shaharlaridagi o’yingoxlarida sintetik yopilma ishlatila boshlandi. Bu xol qishda ham musobaqalar o’tkazish uchun imkon yaratib, yuqori toifali yengil atletikachilar tayyorlash sifatini yaxshilashga bir qadar imkon yaratdi. 1972 yilning kuzidan O’SM va o’smirlar o’rtasida respublika musobaqalari o’tkazila boshlandi. Bu xolat ko’pgina murabbiy va yengil atletika mutaxassislar faoliyatini yoz mavsumiga moslab qayta ko’rib chiqishni taqozo etdi. Sport-sog’lomlashtirish oromgoxlari tashkil qilina boshlandi. Sport zaxiralari bilan ishlashda “Eng yaxshi, yosh yengil atletikachi” va “Eng yaxshi murabbiy” shiori ostida respublika tanlovlarining o’tkazilishi – eng yaxshi O’SM uchun kurash O’zbekiston yengil atletika murabbiylari faoliyatini faollashtirishga, ular faoliyati ustidan nazorat o’rnatishga imkon yaratdi. Bu vaqtda respublika jamoatchiligining ishi jonlanib, jamoalarni ilmiy-uslubiy qo’llanmalar bilan ta’minlash ishi yaxshilandi. Bu xol o’zbek yengil atletikachilarining butunIttifoq va xalqaro arenalardagi mavqeining oshib borishiga olib keldi. Endi ular 50-60 yillarda bo’lganidek ikki yoki uch kishi emas, aksincha ko’pchilikni tashkil qilib, ular E. Yakimenko, L. Dolgova, V. Zdobnov, G. Ivanov, S. Serebryakov, T. Odinokova, V. Anoxin, A. Dimov, L. Storojkova, P. Vorobev, A. Xarlov, V. Chernikov, M. Rastirigan, S. Kot, A. Ibragimov, O. Azizmuratov va boshqalardan tarkib topgan. 1970 yil 13-15 yoshlilar o’rtasida mamlakat g’olibi Aleksandr Bershteyn to’siqlar ora 100 m masofani 14.4 sek.da o’tib, Sergey Popov rekordini takrorladi. 1971 yili esa uni 14.2 va 14.1 sekundga yaxshiladi. Bu bilan u 19 yil muqaddam o’rnatilgan rekordni yangiladi. 1971 yili Valentina Chulkova 1971 yilgi yozgi hamda 1972 yilgi qishgi Evropa chempionatida 187 sm balandlikka sakrash bo’yicha mamlakat rekordini takrorladi. U 1970 yildan 1973 yilga qadar qishgi va uch marotaba mamlakat birinchiligida musobaqalar g’olibi bo’lgan. 1972 yil Kievda bo’lib o’tgan maktab o’quvchilarining ButunIttifoq spartakiadasida O’zbekiston terma jamoasi beshinchi o’rinni egalladi. g’oliblar ro’yxatini lappakni 49 m 16 sm (murabbiy S.L. Shklyar) otgan samarqandlik maktab o’quvchisi Sergey Jogolev va 4x100 m yugurishda qizlar to’rtligi – Tatyana Shishkina, Lyudmila Storojkova, Naira Inileeva, Natalya Minenkolar egalladi. g’oliblardan Tatyana Shishkina 200 m.ni 25.1 da o’tib 2-o’rinni, 100 m.ni 12.0 da o’tib 3-o’rinni, Anatoliy Dimov 5000 m 15.03.4 da o’tib 2-o’rinni, 3000 m.ni 8.36.0 da o’tib 3-o’rinni, Yuriy Sherbiy uch xatlab sakrashda 14.84 ni egallab 3-o’rinni, Vyacheslav Bondarenko 400 metrli to’siqli masofani o’tishda 55.1 ko’rsatkichni ko’rsatib 3-o’rinni egallashga muvaffaq bo’lishdi. 1973 yili Moskvada bo’lib o’tgan I ButunIttifoq yoshlar o’yinida O’zbekiston yengil atletikachilari terma jamoasi sakkizinchi o’rinni olishdi. Sovrinli o’rinlarni 200 metrga yugurish bo’yicha Vladimir Zdobnov, nayza otish bo’yicha Lyudmila Dolgova ikkinchi o’rinni olish sharafiga muyassar bo’lishdi. 4x100 m.ga chopish estafetasida Yuriy Usikov, Yuriy Mavashev, Nikolay Noganev va Vladimir Zdobnov bronza medalini olishdi. Sovrindorlardan tashqari jamoa yutug’iga to’siqlar ora yugurish bo’yicha 4-o’rinni egallagan Tatyana Peresipkina salmoqli ulush qo’shdi. Shuningdek, Evgeniy Yakimenko (uch xatlab 5-o’rin), Aleksandr Bershteyn (100 m to’siqlar ora 6-o’rin), Gennadiy Ribkin (nayza 7-o’rin) yaxshi natijalarga erishishdi. 1974 yili toshkentlik murabbiy R.F. Fazlyaakbarov shogirdi uzoq masofaga yugurish bo’yicha respublikaning bir necha bor chempioni va rekordchisi, O’zbekiston davlat Jismoniy tarbiya instituti talabasi Anatoliy Dimov 17-18 yoshdagi yoshlar o’rtasida 1500 m.ni 3.46.6 sek. va 5000 m.ni 13.58.4 sek.da o’tib, sobiq Ittifoq bo’yicha ikkita rekordni ta’sis etdi. “Gigantlar” bilan yondosh ravishda sobiq Ittifoq va AqSh o’rtasida yosh yengil atletikachilar musobaqasi o’tkaziladi. 1977 yili Virjiniya shtatida bo’lib o’tgan sobiq Ittifoq va AqSh o’rtasidagi xalqaro matchda O’zbekistondan uch vakil – Mixail Rastrigin to’siqlar ora (400 m masofani 53.03 sek.da o’tib 3-o’rinni), Aleksandr Xarlov (to’siqlar ora 110 m masofani 14.3 sek.da o’tib 3-o’rin), Nadejda Tupistina (nayzani 49 m 90 sm.ga otib 2-o’rin) qatnashadi. 70-yillarda chidamlilik yugurishlari bo’yicha sportchilar tayyorlash borasida andijonlik O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan murabbiy R.X. Sayfulinning qobiliyatlari yaqqol namoyon bo’ldi. U yosh sportchilar xalqaro toifadagi Svetlana Ulmasova va Zamira Zaysteva (Axtyamova)dek sobiq Ittifoq sport ustalarini tarbiyaladi. Svetlana Ulmasova Jaxon Kuboki sovrindori, mamlakat birinchiligi uchun o’tkazilgan musobaqalar chempioni va sovrindori 3000 m.ga yugurish bo’yicha jaxon rekordchisi hamda sobiq Ittifoqda xizmat ko’rsatgan sportchi darajasiga etdi. Bunday yuksak darajalarga etishishda murabbiy N.I. Gluxarevning xizmatlari katta bo’lgan. Zamira Zaysteva Evropa qishki chempionatida kumush medal sovrindori bo’lib, 1979 yilda 800 va 1500 m.ga yugurish bo’yicha bo’lib o’tgan sobiq Ittifoq chempionatida bir necha bor oliy mukofotlarni qo’lga kiritdi. U so’nggi yillarda murabbiy A.V. Zaystev raxbarligida sportda yuqori natijalarga erishdi. Bu qizlarning ikkalasi ham 1987 yili chop etilgan xalqaro yengil atletika federastiyasi sportchilari jaxonning eng yaxshi o’n sportchisi ro’yxati qatoridan o’rin olgan. Undagi IAAF ma’lumoti barcha davrlarga taalluqlidir. Bu davrda respublikada oliy toifadagi yengil atletikachilarni tarbiyalashda murabbiylar Yu.N. Puzanov, G.G. Arzumanov, R.X. Sayfulin, R.F. Fazlyaakbarov, G.G. Talalaev, Yu.N. Parfenov, Yu.A. Sklyar, L.M. Yamkis, N.G. Afanasenko, G.G. Kutyanin, N.G. Skorikov, A.A. Vink, S.V. Karvasestkaya, Yu.F. Kolesnikovlar xissasi katta bo’lgan. 1980 yili Moskvada bo’lib o’tgan Olimpiya o’yinlarida O’zbekiston o’zining uch vakili – Aleksandr Xarlov 400 m b.b., Anatoliy Dimov 3000 metrni to’siqli masofani yugurishda sobiq Ittifoq rekordini o’rnatdi, Tatyana Biryulina (nayza otish bo’yicha 6-o’rin) ishtirok etdi. Olimpiada arafasida O’zDJTI yengil atletika kafedrasi o’qituvchisi Tatyana Biryulina (murabbiy A.A. Vink) jaxonda birinchi bo’lib nayzani 70 metrli masofadan oshirgan xolda 70.08 ga irg’itdi va jaxon rekordini o’rnatdi. O’zbek yengil atletikachilarining Olimpiada o’yinlarida qatnashishi yosh yengil atletikachilar uchun yuqori sport natijalariga erishishlarida turtki bo’lsa, murabbiylar uchun bu–zamonaviy talablarga binoan oliy toifali sportchilarni tayyorlash ishiga yanada ishtiyoq bilan kirishishlariga ahamiyat kasb etadi. Dmitriy Litvinenko (trener Yu.N. Parfenov) uch xatlab sakrash bo’yicha an’analarni davom ettirdi va 1980 yili yoshlar o’rtasida mamlakat birinchiligida g’olib chiqib, shu yil mavsumida sobiq Ittifoq rekordini uch marotaba yangiladi hamda 16-17 yoshdagilar guruxida o’z natijasini 16 m 36 sm ga etkazdi. Vladimir Chernikov (murabbiy Yu.F. Kolesnikov) 1981 yili o’tgan ButunIttifoq musobaqalarida (sakrovchilar kuni, Tallin) 16.98 ga sakrab, 23 yil muqaddam jaxon eksrekordchisi O.Ryaxovskiy o’rnatgan rekord natijasini 39 sm ga yaxshiladi. U 1983 yili 19 iyunida Moskvada 17 metrli chegarani o’tib, uch bora sakrash bo’yicha O’zbekistonda birinchi bo’lib 17 metrli marradan o’tdi. Aleksandr Xarlov Ittifoq va xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib, sobiq Ittifoq xalqlari VIII Spartakiadasida chempion va 1983 yili o’tgan birinchi jaxon chempionatida to’siq bilan 400 metrga yugurish bo’yicha sovrindor bo’ladi. 1985 yil avgustda Moskvada bo’lib o’tgan Evropa Kubogiga O’zbekiston terma jamoa tarkibiga o’zining uch vakili–E. Barbashina, Z. Zaystev, S. Usovlarni berdi. Ular Kubokda sovrindorlar qatorida bo’lishdi. 3000 m masofaga yugurish bo’yicha bellashuvning boshlanishidayoq uch sportchi-Zolla Badd (Buyuk Britaniya), bizning Zamira Axtyamova va Ulrike Bruns (GDR komandasidan) oldinga chiqishadi. Shu tartibda ular finishga etib kelishdi. Zamiraning natijasi-8.35.74 bo’lib, u kumush medal oldi. To’siqlar osha 110 metrli masofaga yugurish bo’yicha favorit franstuz S. Karistan sanalib kelingan bo’lsa-da, bu masofani 13.56.0 da o’tib, O’zbekistonning yangi rekordini mamlakat chempioni Sergey Usov (murabbiy V.A. Burmatov) o’rnatdi. Valeriy va Pavel Koganlar 1975 yili langar cho’p bilan sakrovchilar tayyorlash ishiga jiddiy ravishda kirishishdi. Ular yaratgan guruxga mamlakat va respublika birinchiligi uchun musobaqalar g’oliblari, sport ustalari va xalqaro toifadagi sobiq Ittifoq sport ustalari bor edi. Gurux boshi Radion Gataulin-XTSU, jaxonning eks-rekordchisi va maktab yoshlari o’rtasidagi 1983 yil musobaqalarining Evropa chempioni, sobiq Ittifoq chempioni, 1986 yilda bo’lib o’tgan sobiq Ittifoq xalqlari IX Spartakiadasi g’olibi, 1987 yildagi ikkinchi Jaxon Chempionatining sovrindori edi. R. Gataulin langar cho’pni 5 metr 90 sm ga ko’tarib respublika rekordini yangilashga muvaffaq bo’ldi. 1988 yil Seulda (J. quriya) Olimpiyadada kumush medal sovrindori. BMTning Bosh Assambleyasida 1986 yil Xalqaro Tinchlik yili deb e’lon qilindi. Bu ham xalqaro xavfsizlik kurashning kuchayganini va xalqaro hamkorlik borasida yaqinlashuv jarayoni yanada faollashganini bildirar edi. Moskvada xayrixoxlik o’yinlarining o’tkazilishi tinchlik uchun kurashda yorqin akstiyalardan bo’ldi. Xayrixoxlik o’yinlarida o’zbek sportchilaridan to’qqiz nafarining ishtirok etishi-musobaqaning “Sportdagi do’stlikdan er kurrasidagi tinchlikka” shiorini bajarishda o’z chiqishlari bilan ulush qo’shgan edilar. 10000 m li masofani o’tishda issiq va namlik sportchilarga katta qiyinchiliklar tug’dirdi. 53 sportchidan 38 nafarigina masofani o’tishga muvaffaq bo’ldi. Ular orasida sportcha yurish bo’yicha respublika vakillari (49.40.49 natijani qo’lga kiritgan) Z. Mustafaeva va (50.21.37 natijaga erishgan) R. Shayxutdinovalar bor edi. 3000 metrli masofaga yugurishda ruminiyalik M.Stanesku g’olib chiqdi. Uning ortidan sobiq Sovet Ittifoqining uch sportchisi finishga etib keldi, ikkinchi bo’lib mamlakatning bir necha bor chempioni, Evropaning ikki marta chempioni, jaxon chempioni Svetlana Ulmasova zafar quchdi. 5000 m.ga yugurishda esa Olga Bondarenkoga yutqizib Svetlana ikkinchi bo’lib finishga keldi. Langar cho’p bilan sakrash bo’yicha musobaqalar 6.01 metr marrani egallagan Sergey Bubkaning jaxon rekordini qo’lga kiritish bilan yakunlandi. 5 m 80 sm sakragan Radion Gataulin ikkinchi o’rinni egallaydi. Marafon masofasini o’tish startiga ayollarning 47 nafari qatnashadi. Finishga sakkizinchi bo’lib yangierlik sportchi Nodiya Usmanova keldi (uning ko’rsatkichi-2:37.43.0 sek.). O’zbekiston yengil atletikachilari 1987 yilgi mavsumda terma jamoa sifatida muvaffaqiyatli qatnashdilar. Ular Penzada bo’lib o’tgan qishki sobiq Ittifoq chempionatida-beshinchi o’rinni, O’rta Osiyo respublikalari va qozog’iston o’rtasidagi uchrashuvda-birinchi o’rinni egalladilar. 1987 yili o’tgan mamlakatning rasmiy chempionatlari va birinchilik musobaqalarida 10 ta birinchi, 8 ta ikkinchi, 7 ta uchinchi, jami 25 sovrinli o’rinlarni egallab, respublika yengil atletikachilari o’z ishqibozlarini quvontirishdi. 1987 yili o’tgan jaxon chempionatida langar cho’p bilan sakrashda R. Gataulin 3-o’rinni egallashdan iborat respublika topshirig’ini bajardi. 1987 yilda O’zbekiston murabbiylari tomonidan V. Rijenkov va M. Shmoninadan iborat xalqaro toifadagi ikkita sport ustalari tayyorlandi. Besh yengil atletikachilar-langar cho’p bilan sakrash bo’yicha-R. Gataulin, V. Ihutin; uch atlab sakrash–V. Chernikov, B. Xoxlov; 110 m ni to’siq bilan o’tish bo’yicha S. Usov XTSU normativi tasdiqlandi. 1987 yilgi mavsumda jaxonning 25 eng yaxshi yengil atletikachilari qatorida R. Gataulin (langar cho’p-3-o’rin), V. Ihutin (langar cho’p-24-o’rin), Usov (110 m li masofaga yugurish-9-o’rin)dek o’zbek yengil atletikachilari bo’lgan. Kattalar guruxi bo’yicha 1987 yil jaxonning eng yaxshi 25 yengil atletikachilari ro’yxatiga 17 nafar sportchi kiritilib, ularning 12 nafarini erkaklar, 5 nafarini ayollar tashkil qilgan. Yoshlar guruxini 1968 yilda tug’ilgan 6 nafar yigit va 8 nafar qizlar, jami 14 ta yoshlar tashkil qilgan. 1970 yili tug’ilgan va undan kichik yigit va 7 qiz, jami 9 nafardan iborat o’smirlar guruxi tashkil topdi. O’zbekistonda yengil atletikaning rivojlanishiga jamoat sport tashkilotlari va unda ishlovchilar barakali salmoq qo’shganlar. Ulardan L.L. Barxash; G.M. Bernadskiy, P.T. Taranov, Yu. Mineev, D.Kopitstev, P.V. Kravchenko, V.I. Skavinskiy, G.A. Kostarev, A.V. Borisov, Yu.S. Evdokimov, L.A. Lebedinskaya, P.V. Perstev, I.A. Saak’yanst, V.P. Besekernix, Yu.T. Zakirov, A.M. Berezovskiy, V.I. Barishev, N.N. Bikov, B.A. Grinberg, L.M. Azizyan, Yu.S. Sholomistkiy, V.G. Fedoseev, G.G. Arzumanov, G.Yu. Gorb, V.I. Afanasev, Yu.N. Puzanov, N.M. Xaydarov, L.A. Malixina, R.Ya. Zabarskaya, O. Ruzmetov, X. Turg’unov, R. Bektemirov, X. Ortiqovlarning nomi o’zbek yengil atletikasining shonli tarixini yaratmoqda. O’zbekiston yengil atletlari 80-yillar oxiriga kelib Vatan yengil atletikasining 100 yilligini munosib kutish, shuningdek, 88-yilgi Olimpiadaga yo’llanma olish uchun qizg’in tayyorgarlik ishlarini olib borishdi. Bunday qutlug’ sanani nishonlash uchun o’zbek yengil atletikachilarining 1923 yildan 1987 yilga qadar bo’lgan vaqt oralig’ida xalqaro, ButunIttifoq chempionatlarida qo’lga kiritgan yutuqlari asos bo’ldi. Sobiq Ittifoq chempionatlari xisobi 1920 yildan beri xisoblanib kelinmoqda. O’zbek yengil atletikachilaridan birinchi bo’lib Nikolay Ovsyannikov sobiq Ittifoq chempioni bo’ldi. U 1923 yilda mamlakat chempionatida oltin medalni qo’lga kiritdi. O’zbek yengil atletikachilari 21 marta mamlakat chempionligi unvonini qo’lga kiritishdi, 33 marta kumush va 48 marta bronza medallari soxibi bo’lishdi. Svetlana O’lmasova 4 marta mamlakat chempioni unvoniga sazovor bo’ldi. Roza Babich 3 marta oltin medal soxibi bo’lgan. Nikolay Ovsyannikov, Valentina Ballod, Oleg Ryaxovskiy, Elvira Barbashina, Ashur Normurodovlar mamlakat chempionatligida ikkitadan oltin medal unvonini qo’lga kiritishga musharraf bo’ldilar. Mariya Toporova, Natalya Morozova, Aleksandr Xarlov, Zamira Zaysteva, Sergey Usov, Radion Gataulinlar esa bittadan oltin medal soxibi bo’ldilar. Aleksey Borisov, Valentina Ballod, Zamira Zaystevalar 5 marta, Sergey Popov 4 marta, Yuriy Finke, Roza Babich, Valentina Chulkova, Petr Vorobev, Elmira Barbashinalar esa 3 martadan yozgi mamlakat chempionatida sovrindor bo’lishdi. 1949 yil 17 yanvar kuni Leningrad shahrida, oldingi Mixaylov maneji binosida, mamlakatda birinchi qishki stadion ochildi. Bu yopiq binoda ButunIttifoq qishki musobaqalar o’tkazilardi. 1971 yil fevral oyida Moskva shahridagi “Spartak” qishki stadionida birinchi marta rasmiy ravishda qishki sobiq Ittifoq chempionati o’tkazildi. Balandlikka sakrash bo’yicha o’zbek sportchisi Valentina Chulkova birinchi sobiq Ittifoq qishki chempionatida kumush medal sohibi bo’ldi. Keyingi mamlakat chempionatida esa (1972 yil) mamlakat chempioni unvonini qo’lga kiritishga musharraf bo’ldi. O’zbek yengil atletikachilari sobiq Ittifoq chempionatlarida 30 ta medalni qo’lga kiritdilar. Shulardan: 12 tasi oltin, 2 tasi kumush va 6 tasi bronza. Svetlana O’lmasova ikki marta sobiq Ittifoq chempioni unvoniga erishdi. Sergey Lovachev uch marta mamlakat chempionatida, Zamira Zaysteva, Radion Gataulin, Sergey Usovlar 2 martadan sovrindor bo’lishdi. 1927 yilda kross bo’yicha sobiq Ittifoq chempionati o’tkazildi. Birinchi marta ayollar o’rtasida kross bo’yicha mamlakat chempionati shohsupasiga 1979 yilda O’zbekistondan Svetlana O’lmasova ko’tarildi. Bundan tashqari, u xuddi shu uzunlikdagi masofada yana to’rt marta (1979, 1980, 1981, 1983 yillarda) sobiq Ittifoq chempioni unvonini qo’lga kiritdi. Shuningdek, o’zbek yengil atletikachilari xisobida yana to’rtta kumush va bitta bronza medallar bor (uchta S. O’lmasovada, I. Matrosova va G. Shergazinalarda bittadan). Hammasi bo’lib sobiq Ittifoq sobiq Ittifoq chempionatlarida o’zbek yengil atletikachilari 144 ta medalni (37 ta oltin, 48 ta kumush va 59 ta bronza) qo’lga kiritdilar. Mamlakat chempionatligida eng ko’p medalni qo’lga kiritgan, sobiq Ittifoqda xizmat qo’rsatgan sport ustasi Svetlana O’lmasova 17 ta medal soxibi bo’ldi (11 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza). Ikkinchi o’rinni sport ustasi Zamira Zaysteva, 9 ta medalni qo’lga kiritdi (2 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza). Uchinchi o’rinda esa sport ustasi Valentina Lebedinskaya (Ballod) 7 ta medal bilan (2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza). Download 42.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling