2.3.1. O’ZBEKISTON MUSTAQILLIKA ERISHGANDAN KEYINGI QO’LGA KIRITILGAN NATIJALAR
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so’ng Olimpiada, Osiyo o’yinlariga, jahon chempionati va boshqa xalqaro musobaqalarga o’z terma jamoalari bilan bevosita qatnashish huquqiga ega bo’ldi. O’zbekiston yengil atletika federastiyasi 1992 yil Xalqaro yengil atletika federastiyasi IAAFga a’zo bo’lib kirdi. 1993 yilda esa Osiyo yengil atletika Assostiyasiga tarkibiga qabul qilindi.
O’zbekiston Terma jamoasi birinchi marta 1994 yil Xirosima shahridagi (Yaponiya) XII Osiyo o’yinlarida 11 sportchi bilan ishtirok etib, 3 ta oltin S. Munkova balandlikka sakrash, O. Yarigina nayza otish, R. G’aniev o’nkurash, 2 ta kumush V. Parfenov nayza otish, O. Veretelnikov o’nkurash va 3 bronza K. Sarnastkiy uzunlikka sakrash, V. Popov lappak uloqtirish. V. Zaystev nayza otish bo’yicha sovrindor bo’ldilar va x.k.
1999 yil Bangkokda (Tayland) XIII Osiyo o’yinlarida 13 atlet ishtirok etib 2 oltin-S. Voynov nayza otish, O. Veretelnikov o’nkurashda, 2 kumush A. Abduvaliev bosqon uloqtirishda va 4x100 m estafetada ayollar o’rtasida g’alabaga erishgan.
Osiyo o’yinlari va chempionatlarida (1993-2000) o’zbekistonlik sportchilar 7 ta oltin, 13 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo’lga kiritgan.
O’zbekistonlik yengil atletikachilar IV jaxon chempionatida-1993 yil Shtutgartda (Germaniya)-7 ta sportchi, 1993 yil Geteborgda (Shvestiya) 8 ta sportchi, 1997 yil Afinada (Gretsiya) 7 ta sportchi bilan qatnashgan. Ona Vatan o’z qahramonlari xizmatini quyidagicha baxoladi:
Faxrli “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sportchi”
1. M. Shmonina 4. O. Yarigina
2. R. G’anieva 5. O. Veretelnikov
3. S. Munkova 6. S. Voynovga
Davlat ordeni, medal va faxriy yorliqlar
1. R. G’aniev “Do’stlik” ordeni va “Shuhrat” medali
2. S. Munkova “Shuhrat” medali
3. O. Yarigina “Shuhrat” medali
4. S.Usov O’zbekiston Respublikasi “Faxriy yorliq”lari bilan mukofotlanganlar
Do'stlaringiz bilan baham: |