2– Ma’ruza. O‘zbekistonda yengil atletikaning rivojlanishi va jismoniy tarbiya tizimidagi o‘rni reja


OSIYO O’YINLARI VA CHEMPIONATLARIDAGI ISHTIROKI


Download 42.47 Kb.
bet7/10
Sana15.11.2023
Hajmi42.47 Kb.
#1775524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-MA\'RUZA

2.3.3. OSIYO O’YINLARI VA CHEMPIONATLARIDAGI ISHTIROKI

1994 yil Xerosida o’tkazilgan Osiyo o’yinlarida O’zbekiston terma jamoasi juda yaxshi natijani qo’lga kiritadi. Yengil atletikachilarimiz mamlakatimiz hisobaga 3 oltin, 2 kumush va 3 bronza medallarni qo’shib qo’yadi. Ushbu medallarni 10 kurashchi Ramil G’aniev, balandlikka sakrashda Svetlana Ruban, nayza uloqtirishda Oksana Yarigina oltin medalalarni qo’lga kiritdi. 10 kurashchi Oleg Veretelnikov, nayza uloqtirishda Vladimir Parfenovlar kumish medallarni, lappak uloqtirishda Vadim Papov, nayza uloqtirishda Viktor Zaystev va uzunlikka sakrashda Konstantin Sarnastkiylar bronza medallarini qo’lgan kiritadilar.


1998 yil ham sportchilarimiz yuqori natijalarni qo’lga kiritadilar ular tomonidan 2 oltin va 3 kumish medalari qo’lga kiritiladi.
10 kurashchi Oleg Veretelnikov, nayza uloqtirishda Sergey Voynovlar oltin medallarni qo’lga kiritadi.
Bosqon uloqtirishda Andrey Abduvaliev, 10 kurashchi Ramil G’aniev hamda ayollar estafeta jamoasi 4x100 m.ga yugurivchilar Kvyatkovskaya Elena, Xubbieva Guzal, Dmitriadi Lyudmila, Perepelova Lyubovlar kumish medallarni qo’lga kiritadilar.
2002 yili Pusanda bo’lib o’tgan XIV Osiyo o’yinlarida 4 kumish medalni 100 m.da L.Perepelova, 800 m.da Z.Amirova, nayza uloqtirishda S.Voynov va 4x100 m. estafetada ayollar jamoamiz (Kazakova A., Xubbieva G., Dmitriadi L., Perepelova L.) qo’lga kiritgan.
2006 yili Doxada bo’lib o’tgan XV Osiyo o’yinlarida G.Xubbieva 100 m.ga oltin, 200 m. kumish, o’nkurashda V.Smirnov, uzunlikka sakrashda A.Juravleva, langarcho’pda sakrashda L.Andreev kumish medallarini qo’lga kiritgan bo’lsalar 800 m.ga yugurishda Z.Amirova bronza medalini qo’lga kiritgan.
2010 yili Guanjou XVI Osiyo o’yinlarida 2 oltin ettikurashda Yu.Tarasova va balandlikka sakrashda S.Radzevil oltin, 3 kumish 100 m.da G.Xubbieva, langarcho’p bilan sakrashda L.Andreev, balandlikka sakrashda N.Dusanova, 3 bronza uzunlikka sakrashda Yu.Tarasova, 200 m.da G.Xubbieva, nayza uloqtirishda R.Tarzumanovlar jami 8 ta medalni qo’lga kiritdilar.
Osiyo chempionatlarida Osiyo qit’asining kuchli jamoalaridan biri hisoblangan O’zbekiston sportchilari doimiy ravishda yuqori natijalarni qo’lga kiritib kelmoqdalar bulardan:
Ramil G’aniev, Svetlana Ruban, Oksana Yarigina, Oleg Veretelnikov, Anvar Kuchmuradov, Vadim Xojatelev, Vladimir Parfenov, Vadim Papov, Viktor Zaystev, Sergey Voynov, Andrey Abduvaliev, Vladimir Smirnov, Elena Kvyatkovskaya, Guzal Xubbieva, Lyudmila Dmitriadi, Lyubov Perepelova, Anastasiya Juravleva, Zamira Amirova, Pavel Andreev, Leonid Andreev, Yuliya Tarasova, Svetlanva Radzevil, Nadiya Dusanova, Anna Sidirova, Renat Tarzumanov, Anastasiya Svechnokova, Bobur Shokirjonov, Viktoriya Katanovalar Osiyo chempionatlari sovrindorlari qatoridan o’rin olganlar.



Download 42.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling