2– Ma’ruza. O‘zbekistonda yengil atletikaning rivojlanishi va jismoniy tarbiya tizimidagi o‘rni reja


O’ZBEKISTONLIK SPORTCHILARNI ХALQARO MUSOBAQALARDA ISHTIROKI


Download 42.47 Kb.
bet2/10
Sana15.11.2023
Hajmi42.47 Kb.
#1775524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-MA\'RUZA

2.2. O’ZBEKISTONLIK SPORTCHILARNI ХALQARO MUSOBAQALARDA ISHTIROKI

1926 yilning 15 iyulida Toshkentning Shayxontoxur tumanida eski shahar (“Spartak”) stadionining tantanali ochilishi bo’ldi. 1927 yildagi 1 umumo’zbek Spartakiadasi, 1928 yildagi ikkinchi ana shunday spartakiada I ButunIttifoq spartakiadasi oldidan o’tkazildi.


1927 yilda Toshkentlik harbiy xizmatchi Nikolay Ovsyannikov yugurish bo’yicha to’siqlar osha 110 metrni 17.0. sek. yugurib o’tdi hamda balandlikka sakrash bo’yicha 117 sm ga sakrab birinchi o’rinni egalladi va o’zbek yengil atletikachilari orasida ikki xatlash bo’yicha sobiq Ittifoq rekordini o’rnatdi. U Vatan yengil atletikachilari orasida birinchi bo’lib “17 sekund” marrani egalladi. Bir yil o’tgach, I UmumIttifoq spartakiadasida N.Ovsyannikov masofani 16.2 sek. da yugurib o’tdi. So’ngra u masofani 15.2 sek. chopib o’tadi. Biroq sportchi yugurish chog’ida ikki to’siqni yiqitib o’tganligi uchun bu natija qayd etilmadi hamda bu marra rekord sifatida qabul qilinmadi.
Moskvada o’tgan I ButunIttifoq spartakiadasida o’zbek yengil atletikachilari ishtirok etishdi. N.Ovsyannikov 110 metr yugurishda (16.2), Yu.Dunaev balandlikka sakrashda (175) va uch xatlab sakrashda ikkinchi o’rin (12.75), A.Tikunova lappak otishda ikkinchi o’rin (25,33 m), Z.L.Rikova ayollar ichida langar cho’p bilan balandlika sakrashda birinchi o’rinni egalladilar.
1929 yil baxoridan boshlab respublika poytaxti Toshkentda “Pravda Vostoka” gazetasini sovrini uchun shahar ko’chalari bo’ylab estafeta musobaqasi o’tkazila boshlandi. Samarqand, Urganch, Guliston kabi respublikaning boshqa shaharlarida ham shunday estafetalar tashkil etiladi. Ushbu xolat axoli o’rtasida yengil atletika sportini ommaviy ravishda targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borishning dastlabki xarakati bo’lgan.
O’ttizinchi yillar jismoniy tarbiya xarakati rivojida kuchli olg’a siljishlar davri bo’ldi. O’zbekiston yengil atletikachilar safi GTO normativlarini topshirishga kelganlar xisobidan kengaydi. 1932 yili O’zbekiston MK respublikada jismoniy tarbiya xarakatini rivojlantirish va uning moddiy bazasini mustakamlashga qaratilgan qaror qabul qiladi-ki, bu 30-yillarda sobiq Ittifoq birinchiligi, Kasaba uyushmalari spartakiadalari va boshqa musobaqalarda o’zbek sportchilarining, jumladan yengil atletikachilarining muvaffaqiyatli chiqishlarini ta’minladi. Ushbu ma’suliyatli musobaqalarda o’zbek yengil atletikachilaridan M.Toporova, Yu.Dunaev, L.Shaternikova, A.Borisovlar sovrindor bo’lishdi. 1934 yili Mariya Toporova nayza otish bo’yicha sobiq Ittifoq rekordini o’rnatib, mamlakat chempioni bo’ldi.
1934 yildan o’zbek yengil atletikachilari O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston yengil atletikachilari bilan uchrashuvlar o’tkaza boshlaydi. Ana shunday musobaqalardan birinchisi (bunda qozog’iston Respublikasi konkursdan tashqari ishtirok etdi) 1934 yilning 5-12 sentyabrida bo’lib o’tdi. Erkaklarni musobaqa dasturining 16 turidan o’ntasida o’zbek sportchilari (E.Pustillo-100, 200 va 400 metrga yugurish, V.Цexmestrenko-3000 va 1500 metrga yugurish, V.Bezrukov-500 va 10000 metrga yugurish, Yu.Dunaev-to’siqlar ora 100 metrga yugurish, E.Ryabushev balandlikka sakrash, N.Bespokoynov uch xatlab sakrash) g’alabani qo’lga kiritishadi.
Ayollar dasturi bo’yicha etti tur o’tkazilib ularni barchasida o’zbek sportchilari (L.Shaternikova-100 metrga yugurish va balandlikka sakrash, M.Toporova yadro irg’itish va nayza otish, T.Kuznestova lappak otish, T.Basharina uzunlikka sakrash, 800 metrga yugurish) g’alabani qo’lga kiritadi.
Musobaqalarda o’zbek sportchilarining birinchi o’rinlarni egallashlarida o’sha davr sportining etuk mutaxassislari bo’lgan N.Ovsyannikov, P.Kravchenko, P.Klyauzu, G.Kostarev, V.Skavinskiylarning xizmatlari katta bo’lgan.
1936 yilning sentyabrida IV Umumo’zbek spartakiadasi o’tkazildi. Spartakiadada yengil atletikachilar o’rtasida bo’lib o’tgan musobaqalarda L.Shaternikova, V.Цexmestrenko, M.Toporova, T.Besednova, L.Olixova, A.Kostarevlar o’z turlarida O’zbekiston rekordini o’rnatishdi. 1936 yili o’zbek yengil atletikachilari tomonidan 32 rekord o’rnatilgan.
Spartakiadalar orasida musobaqalarni o’tkazish tizimi takomillashib borib, unda ishtirok etuvchi jamoalar hamda shaxslarning soni ko’payib bordi. Respublikaning kuchli sportchilari L.Maksimicheva, A.Borisov, P.Taranov, Shaternikova, V.Цexmistrenko, M.Toporova, T.Besednova, A.Kostareva, L.Olixovlar, E.Pustillo, N.Sevryukova (Borisova), N.Bespokoynov, F.Xasanova va boshqalar tomonidan o’rnatilgan rekordlar yana bir yangilandi.
1937 yilda Toshkent, Samarqand, Farg’ona, Guliston va respublikaning boshqa shaharlarida yengil atletika bo’limlari mavjud bo’lib, birinchi sport maktablari ochildi. Bu xayrli ish, tezda o’z mevasini berdi. 1938 yili yengil atletika bo’yicha mamlakat birinchiligida O’zbekiston yosh yengil atletikachilari jamoasi ikkinchi o’rinni egallashdi. N.Sevryukova, E.Demchenko, N.Kavtunova, K.Kapustyanskiy, Yu.Sholomistkiy, V.Drobchinskiylar yuqori natijalarni qo’lga kiritishadi.
Ikkinchi jaxon urushiga qadar yoshlar o’rtasida yengil atletika bilan shug’ullanish keng tarqaldi. Bunga sabab ommaviy krosslarning o’tkazilishi, shaharlarda estafetalarning tez-tez tashkil etilishi, musobaqalar sonining ortishi, ko’p sonli moxir yengil atletikachilarning yuzaga kelishi bo’lgan. Bulardan L.Skastkaya, F.Xasanova, Olixov, Yu.Sholomistkiy, K.Kapustyan va boshqalar, shuningdek Antonina Kostareva 1940 yilda o’zbek yengil atletchilari orasida birinchi bo’lib nayza otish bo’yicha “ Ittifoq sport ustasi” unvoniga sazovor bo’ldi.
Urushning og’ir yillarida ham respublikada jismoniy tarbiya xayoti so’nmadi. Musobaqalar, asosan, harbiy ahamiyatga ega bo’lgan kross, granata otish, to’siq istexkomlaridan oshib yugurish bo’yicha o’tkazildi. Sport tashkilotlari o’z faoliyatini front extiyojlariga moslab qayta tuzib chiqdilar.
Eng yaxshi sportchilar o’z Vatanini ximoya qilish uchun jangga ketishdi, qolganlari esa umumharbiy ta’lim mashg’ulotlarini olib borish uchun harbiy komissariyatlarda, gospitallarda qolishdi. Ular yarador-jangchilarning mexnat qobiliyatini tiklash va ular bilan davolash jismoniy mashq mashg’ulotlarini olib borishdi.
Umumharbiy ta’limda respublikaning ko’zga ko’ringan murabbiylari V.Bessekernix (Samarqand), V.Skavinskiy (Guliston), P.Taranovlar (Toshkent) o’z soxasi bo’yicha katta ish olib borishdi.
Aynan ular, og’ir harbiy xolatga qaramay, O’rta Osiyo respublikalari va qozog’iston spartakiadasida qatnashuvchi sportchilarni tayyorlashgan.
O’rta Osiyo respublikalari va qozog’iston II Spartakiadasi 1943 yili Olma-Otada bo’lib o’tadi. Erkaklar dasturining sakkiz turidan to’rt turida o’zbek sportchilari birinchi o’rinni egallashdi. Ular orasida Sadunin 800 va 1500 metrga yugurish, N.Bespokoynov – 100 metrga yugurish, hamda L.Kanaki balandlikka sakrash bo’yicha ayollar o’rtasida 140 sm balandlikka sakrab g’oliblikni qo’lga kiritdi. III Spartakiada 1944 yilda Toshkentda o’tadi. Unda, asosan, erkaklar ishtirok etib, sportning 11 turi bo’yicha bellashuvlar o’tkazildi. Ayollar musobaqasi faqat uch tur bo’yicha o’tdi.
Spartakiadada Pustillo 100 va 400 m.ga yugurish, A.Borisov balandlik va uzunlikka sakrash hamda G.Kostarev nayza otish bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritdilar.
1945 yil sentyabrida O’zbekiston spartakiadasi dasturi bo’yicha “Spartak” stadionida yengil atletika musobaqasi bo’lib o’tdi. 150 nafar sportchi ishtirok etgan bu musobaqalarda quvonchli marralar qo’lga kiritiladi. 1946 yilga kelib respublika rekordlari yangi ko’rsatkichlarga ko’tarildi: N.Sevryukov (Borisova) besh xatlab sakrash, to’siq ora yugurish hamda yadro irg’itishda, L.Skastkaya 80 m. to’siq ora yugurishda F.Xasanova-400 va 800 m.ga yugurishda g’olib chiqishdi. 1947 yili Moskvada bo’lib o’tgan jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchilarning butunIttifoq namoyishiga O’zbekistonda “ Ittifoq sport ustasi” darajasiga erishgan yengil atletikachilar A.Borisov (uch xatlab sakrashda sobiq Ittifoqning uch marta sovrindori) va F.Xasanova, shuningdek jismoniy tarbiya xodimlar bayram nishonlash musobaqalarida ishtirok etish uchun respublika chempionlari N.Sevryukova, L.Skastkaya, A.Karieeva, Sultanov, T.Ismailova, S.Popovlar Moskvaga borishdi.
1948 yilning dekabrida BKP MK mamlakatda jismoniy tarbiya ishlarining axvoli xaqidagi masalani ko’rib chiqdi, uni yanada yaxshilash xaqida qaror qabul qildi.
Mazkur qaror negizida sobiq O’zSSR Ministrlar Soveti “O’zSSR jismoniy madaniyati va sport ishlarini yaxshilash chora-tadbirlari xaqida” maxsus qaror qabul qildi. Unda jismoniy tarbiya va sport ishlari o’z xoliga tashlab qo’yilganligi, sportning ko’p turlari, shu jumladan, xalq o’rtasida keng yoyilgan yengil atletikaga etarli e’tibor berilmayotganiga e’tibor qaratildi. O’zbek yengil atletikachilarining texnik natijalari umumIttifoq ko’rsatkichlaridan ancha past ekanligi, sport ustozlari va birinchi darajali toifali sportchilar, ayniqsa, maxalliy axoli yoshlaridan nixoyatda kam ekanligi qayd etildi.
Mazkur qaror respublikada yengil atletikaning rivojlanishiga kuchli turtki bo’ldi.
1948 yildan boshlab O’rta Osiyo respublikalari va qozog’iston sportchilarining o’zaro uchrashuvlari an’ana tusini oldi. Ana shunday birinchi uchrashuv 1948 yilning mayida Frunze (Bishkek) shaxrida bo’lib o’tdi. Erkaklar baxsida o’zbek yengil atletikachilari 13 tur sport musobaqasidan uch turida g’oliblikni qo’lga kiritishdi. Ayollar esa to’qqiz turdan beshtasida g’olib bo’lishdi. Musobaqada, ayniqsa, er-xotin Aleksey va Nadejda Borisovlar muvaffaqiyatli qatnashdilar. A.Borisov uzunlikka sakrash bo’yicha, Nadejda esa 100 va to’siqlar ora 80 m.ga yugurishda va yadro irg’itishda g’olib bo’ldi.
1949 yildagi sobiq Ittifoq birinchiligi musobaqalarida O’zbekiston yengil atletikachilari 9-o’rinni egallashdi. Sovrindorlar orasida V.Gerasimchuk uch xatlab sakrashda ikkinchi, Yu.Finke esa balandlikka sakrash bo’yicha uchinchi o’rinni oldilar.
1949 yilda respublikaning 40 rekordi yangilanadi. Sobiq Ittifoq terma jamoasiga kirgan Yu.Finke, S.Popov, Yu.Sholomistkiy, V.Gerasimchuk singari yosh moxir yengil atletikachilar paydo bo’ladi.
1950-1951 yillarda V.Gerasimchuk (uch xatlab) va Yu.Finke (balandlik) mamlakat musobaqalari sovrindorlari bo’lishdi. Urush qatnashchisi N.Borisov esa 1950 yil sobiq Ittifoq chempionati sovrindori bo’ldi. Birinchi Olimpiya o’yinlariga qatnashgan o’zbekistonlik yengil atletikachi S.Popov 110 m to’siqlar ora yugurish bo’yicha 1951-1954 yillar mobaynida sobiq Ittifoq chempionatining to’rt marta sovrindori bo’ladi. 1952 yili sobiq Ittifoq sport ustasi Sergey Popov 110, 200 va 400 metrga to’siqlar bilan yugurish bo’yicha respublika rekordini o’rnatadi.
1949 yilda mutaxassislarning soni juda ham oz bo’lgan. 1950 yilga kelib O’zbekistonda oliy ma’lumotga ega bo’lgan malakali mutaxassislarni tayyorlash masalasi ko’tarildi. 1952 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti qoshida, so’ng 1954 yilda Farg’ona davlat pedagogika instituti qoshida jismoniy tarbiya fakultetlari ochildi. Biroz vaqt o’tgach, bunday fakultetlar bir necha viloyat pedagogika institutlari qoshida ham ishga tushdi.
Toshkentda jismoniy tarbiya va sport texnikumi negizida 1955 yili O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti tashkil topdi. Dastlabki yillarda yengil atletikachi mutaxassislarni tayyorlashda Toshkentga P.F.Lesgaft nomidagi Lenin va qizil bayroq ordenli Leningrad jismoniy tarbiya instituti katta yordam ko’rsatadi. Yordam ishida Moskvadagi Lenin ordenli Davlat Markaziy jismoniy tarbiya institutining ham ko’magi bo’lgan.
50-yillarda respublika terma jamoasi qobiliyatli sportchilar bilan to’la boshladi. Uning safiga L.Sklyarova, V.Rodenko, L.Trebuxina, A.Minina, A.Pugacheva, V.Tushkov, A.Xolmanskaya, G.Senkin, A.Chexonin, V.Puzanov, V.Puchkov, Yu.Krasilnikov, N.Xaydarov, L.Moiseenko, I.Chuvilin, V.Lomakin, T.Bondarenko, S.Gudoshnikova (Pavlova), V.Ballod, O.Turkeeva (Nerovnaya), V.Sitnikov, I.Monastirskiy kelib qo’shiladi. Ular bir necha bor O’zbekiston rekordchilari va chempionat g’oliblari bo’lib, butunIttifoq musobaqalarida ishtirok etishgan.
50-yillar boshida Gennadiy Senkin 100 dan 400 metrgacha yugurishda eng kuchli sprinter sanalgan. U O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston musobaqalarida ko’p marotaba g’oliblikni qo’lga kiritgan. 1953 va 1954 yillari 200 va 400 metr masofaga yugurish bo’yicha O’zbekiston rekordini yangilab mamlakatning eng kuchli sportchilari qatoriga kirgan.



Download 42.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling