2-Maruza. Qishloq xo‘jaligida energetik vositalarida yoqilg‘ilardan foydalanish. Reja


Download 378.69 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.01.2023
Hajmi378.69 Kb.
#1133362
Bog'liq
2-Maruza



2-Maruza. 
Qishloq xo‘jaligida energetik vositalarida yoqilg‘ilardan foydalanish. 
 
Reja: 
1. Yonilg‘ilar to‘g‘risida umumiy ma’lumot. 
2. Neftni bevosita haydash
3. Kimyoviy qayta ishlash
4. Yonilg‘ining umumiy xossalari.
Tayanch so'z va iboralar. 
Neft, uglerod, vodorod, oltingugurt, kislorod, azot, neftning zichligi, 
kreking. 
9+exMing yillar davomida yer qa’rida o‘simlik va hayvonot dunyosining 
organik qoldiqlari asosida neft paydo bo‘lib kelgan. Bunda ham oddiy, ham 
murakkab organizm qoldiqlari parchalanish hamda neftning paydo bo‘lishi yuqori 
harorat va bosim, radioktiv nurlanish ta’siri ostida sodir bo‘lgan. So‘nggi 
tekshirishlarga ko‘ra ,bu o‘zgarishlarda bakteriyalar faoliyati katta rol o‘ynagan. 
Turli joylardagi va geologik jinslardagi organik qoldiqlarning tarkibi ham o‘zgarish 
sharoitlari bir hil bo‘lmaganligidan har-xil tarkibdagi neftlar hosil bo‘lgan.
Neftning tashqi ko‘rinishi jigarrang, qora rangda bo‘lishi mumkin, ayrim 
hollarda och rangli yoki smolasimon ko‘rinishdagilari ham uchraydi. Odatda, 
neftning zichligi 780-920 kg/m
3
oralig‘ida bo‘ladi.
Neftning taxminan 83-86% i uglerod, 12-14%i vodorod va qolgan qismini 
oltingugurt, kislorod, azot tashkil etadi.
Neftni qayta ishlashning fizik va kimyoviy usullari mavjud fizik usulda 
uglevodorodlarning 
kimyoviy 
tarkibi 
o‘zgarmaydi, kimyoviy usulda esa 
molekulalarning strukturasi o‘zgaradi. 
Benzin ishlab chiqarishda kimyoviy usullar ancha istiqbolli hisoblanadi
chunki bu usullar bilan oldindan belgilangan uglevodorod tarkibiga ega bo‘lgan 
tayyor maxsulot olish mumkin.
Dizel yoqilg‘isida kimyoviy qayta ishlash maxsulotlari uncha ko‘p emas (ko‘pi 
bilan 20%), chunki ular dizelning ishlashini oshiradi, yonish jarayonini 
yomonlashtiradi. 
Neftni bevosita haydash eng oddiy va ilgaridan ma’lum bo‘lgan fizik usuldir. 
Neft qizdirilganda avval unda qaynash harorati past bo‘lgan uglevodorodlar 
bug‘lanadi. Bunda ajralib chiqqan bug‘lar sovitiladi, suyuqlikka aylantiriladi va 
distillyatlar (qaynash haroratlari yaqin bo‘lgan fraksiyalar) yig‘iladi va quyidagi 


distilyatlar olinadi: avtomobil, aviatsiya benzinlari va turli erituvchilar olishda 
ishlatiladigan benzin distelyatlari (taxminan qaynash haroratlari 35-200
0
); reaktiv 
yonilg‘i hamda turli kerosinlar olinadigan legroin (140-230
0
S) distelyatlari; dizel 
yonilg‘isini olish uchun ishlatiladigan gazoyl (230...330
0
S ) va solyar (280...360
0
S) 
distelyatlari; dizel fraksiyalari haydab bo‘lingach, mazut qoladi. Neftni 360
0
S dan 
ortiq qizdirib bo‘lmaydi, chunki bunda uning tarkibidagi uglevodorodlar parchalana 
boshlaydi.
Ko‘p miqdorda (60...80%) qoladigan mazutdan uning kimyoviy tarkibiga 
qarab surkov moylari ishlab chiqarish uchun kimyoviy qayta ishlanadigan xom-
ashyo sifatida shuningdek, motor va qozon yonilg‘ilari sifatida foydalaniladi. 
Kimyoviy qayta ishlashda ikki yo‘nalish mavjud: kreking va piroliz. 
Kreking og‘ir molekulalarning parchalanib, yengil molekulalarga aylanishidir. 
Pirolizda yuqori xarorat ta’sirida parafin uglevodorod hamda boshqa 
uglevodorodlarning parchalarining halqasimon tuzilishini oladi. Benzinlarda va 
kimyo sanoatining turli sohalarida juda kerak bo‘ladigan aromatik uglerodlar (benzol) 
uning xossalari, naftalin va boshqa birikmalar hosil bo‘ladi.
Ko‘p tarqalgan krekingni ikki turga, ya’ni termik va katametik krekinglarga 
bo‘linadi. 
Birinchi turda yuqoriroq harorat va bosimdan foydalaniladi, ikkinchisida esa 
sharoit bir muncha yengil harorat bo‘ladi. Lekin jarayon reaksiyasini tezlashtiruvchi 
modda sharoitida olib boriladi. 
Yonilg‘ining umumiy xossalari. IYoDlarda yonilg‘ining kimyoviy energiyasi 
issiqlik energiyasiga, isiqlik energiyasi esa mexanik ishga aylantiriladi. Dvigatelning 
samarali ishlashi ko‘p jihatdan yonilg‘ining bug‘lanuvchanligiga bog‘liq. Neftdan 
olingan barcha yonilg‘ilar turli qaynash xaroratlariga ega. Dizel yonilg‘isi 170-360
0
S, 
benzin 35-200
0
S haroratda qaynaydi. Yonilg‘ining tarkibida juda past haroratlarda 
yengil bug‘lanadigan uglevodorodning bo‘lishi maqsadga muvofiq emas. (bug‘ tiqini 
hosil bo‘ladi). Yuqori haroratda bug‘lanadigan uglevodordning ham ko‘p bo‘lishi 
maqsadga muvofiq emas. Og‘ir fraksiya yaxshi yonmaydi va natijada qurum hosil 
bo‘ladi. 
Nazorat savollari. 
5. Yonilg‘ilar to‘g‘risida umumiy ma’lumot haqida so'zlab bering? 
6. Neftni bevosita haydash nima? 
7. Kimyoviy qayta ishlash nima? 
8. Yonilg‘ining umumiy xossalari nima? 

Download 378.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling