2-ma’ruza. Raqamli sxemotexnikaga oid asboblar va standartlar. Reja
Mumkin bo’lmagan amallarni aniqlash (Traps)
Download 321.97 Kb. Pdf ko'rish
|
2 ma’ruza Raqamli sxemotexnikaga oid asboblar va standartlar fayllar
8. Mumkin bo’lmagan amallarni aniqlash (Traps)
ASCII (Ing. American standard code for information interchange, [ˈæski]) — sonli kodlarga mos keluvchi pechatli va pechatli bo’lmagan simvollar ifodalangan jadval nomi. Jadval 1963 yilda AQSHda ishlab chiqilgan va standartlashtirilgan. ASCII jadvali o’lik raqamlar, lotin alifbesi, milliy alifbe, tinish belgilari, boshqaruvchi simvollarning kodlarnini aniqlaydi. Avval ASCII 7 bit ga sig’adigan (128 simvol, 27=128) simbollarni kodlash uchun ishlab chiqilgan. Shuning uchun katta ettinchi razryad ma’lumotlarni uzatish jarayonida yuzaga keladigan xatoliklarni nazorat qilish uchun ishlatilgan. Vaqt o’tishi bilan ASCII 256 simvolgacha kengaytirildi (28=256). Birinchi 128ta simvol kodi o’zgarmadi. ASCII 8-bitli kodlashning yarmi sifatida ishlatila boshlandi (masalan, КОИ-8). Unikod (ing. Unicode)-simvollarni kodlash standarti hisoblanib, dunyoning deyarli barcha yozma tillari belgilarini o’z ichuga oladi. Bugungi kunda bu standart Internetda asosiy hisoblanadi. Standat 1991 yilda “Unikod konsortsiumi” (Unicode Consortium, Unicode Inc.) nomli notijorat tashkiloti tomonidan taklif qilingan. Bu standartning qo’llanilishi turli yozuvlar tizimlaridan juda ko’p sonli belgilarni kodlash imkonini beradi. Unikod standarti bo’yicha kodlangan hijjatlarda xitoy ierogliflari, matamatik simvollar, grak alifbesi harflari, lotin va kirill alifbesi kabilar mavjudligi sababli kod saxifasini yoqish kerak bo’lmaydi. Standart ikkita asosiy qismdan tashkil topgan: Simvollarning universal to’plami (Universal character set, UCS) va kodlash oilasi (Unicode transformation format, UTF). Simvollarning universal to’plami simvollarning Unikod standarti bo’yicha mumkin bo’lgan simvollarni o’z ishiga oladi va har bir simvolga U+ prefix bilan odatda o’n oltilik shaklda yoziluvchi manfiy bo’lmagan butun son kp’rinishida yoziluvchi mos kodlarni qamrab oladi (masalan, U+040F). Kodirovkalar oilasi simvollar kodlarini faylda yoki oqimda uzatish uchun ishlatiladi. Unikod standartida kodlar bir nechta sohalarga ajratilgan. U+0000 dan U+007F gacha ASII simvollar to’plamida mavjud. Keyin boshqa yozuv tizimlari belgilari, tinish belgilari va texnik simvollar joylashgan. Kodlarning bir qismai kelejakda foydalanish uchun saqlab qo’yilgan. Kirill simvollari U+0400 dan U+052F gacha, U+2DE0 dan U+2DFF gacha, U+A640 dan U+A69F gacha belgilangan. Download 321.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling