2 maruza. Sarcomastigoforalar tipi sarkodalilar sinflari (2soat)
Download 40.14 Kb.
|
2 MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foraminiferalar - Foraminifera turkumi.
Chig’anoqli ildizoyoqlilar- Testacea turkumi. Chig’anoqli ildizoyoqlilar tuzilishi yalang’och amyobalarga birmuncha o’xshab ketadi, lekin ulardan tanasining chig’anoq ichida bo’lishi bilan farq qiladi. Psevdopodiylari chig’anog’ining bir tomonidagi teshik orqali tashqariga chiqib turadi. Chig’anokdari odatda yumaloq yoki birmuncha oval qopchaga o’xshash bo’ladi (3-rasm). Ayrim turlarining chig’anog’i yupqa organik moddadan, boshqalariniki mayda kum zarrachalaridan tarkib topgan. Turli chig’anoqli ildizoyoqlilar bir-biridan psevdopodiylarining shakli va uzunligi hamda chig’anoqlarining tuzilishi bilan farq qiladi.
Chuchuk suv havzalarida keng tarqalgan arsella - Arcella vulgaris chig’anog’i qo’ng’ir tusli kosacha shaklida bo’lib, uning markazida joylashgan teshikchasidan psevdopodiylar chiqib turadi. Arsellaning chig’anog’i shoxsimon organik moddadan tuzilgan bo’lib, sitopolazmadan hosil bo’ladi. Difflyugiya (Difflugia)ning noksimon kremniylik chig’anog’i asosan tashqi muhitdan olingan mayda qum zarrachalaridan iborat. Foraminiferalar - Foraminifera turkumi. Foraminiferalar turkumiga dengiz va okeanlarda hayot kechiruvchi mingdan ko’ proq sarkodalilar kiradi (4-rasm). Ayrim vakillari O’rta Osiyoning sho’ rlangan yer osti va quduq suvlarida ham uchraydi. Foraminiferalar dengizlarda har xil chuqurlikda, qirg’oqning litoral zonasidan boshlab eng chuqur abissal qismigacha tarqalgan. Lekin asosiy ko’pchilik turlari 200-300 metr chuqurlikda yashab bentos tarkibiga kiradi. Ayrim vakillari (masalan, globigerina- Globigerina) planktonda hayot kechiradi. Tuzilishi. Foraminiferalarning sitoplazmatik tanasi turli shakldagi kremniy (qum) zarralaridan va ohaktosh (CaC03)dan tarkib topgan chig’anoq ichida joylashgan. Dengiz tubida yashovchi foraminiferalar chig’anog’i sirti silliq bo’ladi. Plankton tarkibiga kiradigan globigerinalar chig’anog’i sirtida esa chig’anoq sathini kengaytiradigan va shu orqali suvda qalqib turishga yordam beradigan radial joylashgan juda ko’p ninachalar bo’ladi. Ohak skeletli foraminiferalarning ko’pchilik turlari chig’anog’i ko’p kamerali bo’ladi. Chig’anoq ichki bo’shlig’i to’siqlar orqali bir necha, ba’zan yuzlab alohida kameralarga bo’ lingan. Foraminiferalar sitoplazmasi to’siqlar orasidagi teshiklar orqali tutashgan. Chig’anoq sirtidagi mayda teshikchalar- poralar va chig’anoq og’izchalari orqali sitoplazmatik ipchalar - rizopodiylar chiqib turadi. Ipchalarga mayda oziq zarralari, xususan, bir hujayrali suv o’tlarini yopishib qoladi. Mayda oziq zarralari chig’anoq og’izchasi orqali sitoplazmaga o’tadi. Yirikroq zarralar chig’anoqlan tashqarida fagotsitoz usulida hazm bo’ladi. Ko’ payishi. Foraminiferalarning ko’pchilik turlari murakkab siklda jinssiz va jinsiy nasllarining almashinuvi orqali ko’payadi. Ko’p kamerali elfidiumning jinssiz ko’payishi yadrosining bir necha marta ketma-ket bo’linishi bilan boshlanadi. Yadrosi bir necha o’ntadan yuzgacha bo’laklarga ajraladi. Yadro bo’laklari sitoplazma bilan o’ralib, amyobasimon yosh individlarni hosil qiladi. Yosh individlar chig’anoqdan chiqqandan so’ ng bir kamerali dastlabki embrional chig’anoq hosil qiladi. Shunday keyin chig’anoq og’izchasidan bir oz sitoplazma ajralib chiqib, yangi chig’anoq kameralari paydo bo’ladi. Ana shu yo’l bilan ko’p kamerali chig’anoqli jinssiz nasl hosil bo’ ladi. Ko’p marta bo’linish tufayli bitta organizmdan birdaniga bir necha individlarning hosil bo’lishi shizogoniya deyiladi3. Ahamiyati. Foraminiferalar qadimgi kembriy davrida juda keng tarqalgan. Million yillar davomida ular chig’anog’i dengiz tubiga cho’ kib, juda qalin cho’ kma jinslarni hosil qilgan. Geologik jarayonlar tufayli qadimgi dengizlar o’rnida pasttekislik va tog’lar hosil bo’lgan. Yer yuzining juda ko’p qismi, shu jumladan, O’rta Osiyo hududi ham qadimgi dengizlar tubidan iborat. Ohaktoshlar ham foraminiferalar, asosan, qazilma holda uchraydigan nummulitlar chig’anog’idan iborat. Misrning balandligi 150 m gacha bo’lgan mashxur piramidalari, Moskva, Sevastopol, Rim, Vena, Toshkent va boshqa shaharlardagi qadimiy binolar ohaktoshlardan qurilgan. Alp, Pirenei, Kavkaz, O’rta Osiyo, Himolay tog’lari ham foraminiferalar chig’anog’idan hosil bo’lgan ohaktoshlar bilan qoplangan. Ohaktoshning hosil bo’lishida qadimgi foraminiferalar- fuzulinlar ishtirok etgan. Bunday ohaktoshlar javdar urug’iga o’xshash qo’ng’ir-qizg’ish rangda bo’ladi. Turli geologik davrlarda har xil foraminiferalar turi yashab, qirilib ketgan. Shuning uchun ulardan yer osti boyliklari, ayniqsa, neftni qidirib topish uchun burg’ulash ishlarida yer qatlamalari yoshini aniqlashda foydalaniladi. Download 40.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling