2 maruza. Sarcomastigoforalar tipi sarkodalilar sinflari (2soat)
Download 40.14 Kb.
|
2 MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soxtaoyoqlilar (Sarcodina)
- Ildizoyoqlilar ( Rhizopoda ) kenja sinfi.
- Amyobalar
Sarkomastigoforalar tipiSarkomastigioforalar tipiga soxtaoyoq yoki xivchinlar yordamida harakatlanadigan bir hujayralilar kiradi. Ular nam tuproq va suvda hayot kechiradi, odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiladigan 25000 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. Tip Sarkodalilar (Soxtaoyoqlilar) va Xivchinlilar sinflariga bo’linadi. Soxtaoyoqlilar (Sarcodina) sinfi Sarkodalilar tanasi sirtida qattiq pust bo’lmaydi, hujayra sitoplazmasi faqat sitoplazma membranasi bilan tashqi muhitdan ajralib turadi. Shu sababdan ular tanasining shakli doimiy emas. Bu sinfga mansub hayvonlar sitoplazmadan hosil bo’ ladigan muvaqqat o’simtalar yordamida sekin-asta sirpanib harakatlanadi. Shu sabablan bu o’simtalar psevdopodiylar, ya’ni soxtaoyoqlar deyiladi. Soxtaoyoqlar oziqni qamrab olish vazifasini ham bajaradi. Sarkodalilar hujayrasida bitta yoki bir necha yadrosi bor. Chuchuk suv va tuproqla yashovchi turlarida qisqaruvchi vakuol bo’ladi. Ular barcha bir hujayralilarga o’xshash butun tana yuzasi orqali nafas oladi. Sarkodalilar ko’pincha ikkiga bo’linish, ba′zan ko’rtaklanish orqali jinssiz ko’payadi. Jinsiy ko’payishda xivchinli yoki amyobasimon (xivchinsiz) gametalar hosil qiladi. Sinfga 11000 dan ortiq tur kiradi. Ko’pchilik turlari chuchuk suv, dengiz va tuproqla erkin yashaydi. Ayrim turlari parazitlik qiladi. Soxtaoyoqlilar sinfi ildizoyoqlilar, nurlilar, quyoshlilar kenja sinflariga ajratiladi. Ildizoyoqlilar (Rhizopoda) kenja sinfi. Ildizoyoqlilarning soxgaoyoqlari xilma-xil va harakatchan bo’ladi. Sitoplazmasi doimiy ixtisoslashgan qismlarga bo’linmagan. Kenja sinf amyobalar, chig’anoqli ildizoyoqdilar va foraminiferalar turkumlariga bo’linadi. Amyobalar (Amoebina) turkumi. Bu turkumga sodda tuzilgan, qattiq skeleti yoki chig’anog’i rivojlanmagan ildizoyoqlilar kiradi. Ko’pchilik turlari chuchuk suvda, ayrimlari tuproq va dengizlarda hayot kechiradi. Bir qancha turlari odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. Ular katta-kichikligi va soxta oyoqlari shakli bilan bir-biridan farq qiladi. Oddiy amyoba - Amoeba proteus chuchuk suv havzalarining loyli tubida yashaydi. Kattaligi 0,5 mm keladi (2-rasm). Tanasi tiniq sitoplazmadan tashkil topgan. Uni oddiy ko’ z bilan payqab olish qiyin. Harakatlanishi va oziqlanishi. Amyobaning harakatlanishi bir tomchi suvning oqishiga o’xshaydi. Hujayra sitoplazmasi hosil bo’layotgan soxtaoyoqlar tomonga oqib o’ta boshlashi bilan amyoba ham o’sha tomonga siljiydi. Tashqi omillar (harorat, yorug’lik, kimyoviy moddalar) amyobada to’g’ri yoki aks taksis paydo qilishi natijasida amyoba u yoki bu tomonga siljiydi. Psevdopodiylar oziqni qamrab, sitoplazmaga o’tkazish funktsiyasini ham bajaradi. Oziq modda amyobalar sitoplazmasiga har xil usulda o’tadi. Bir xil amyobalar (Amoeba proteus) soxta oyoqlari bakteriya, suv o’tlari va boshqa mayda oziq zarralarini ikki tomonidan oqib o’tib qamrab olsa, ipsimon suv o’tlarini harakat qilmasdan sitoplazmasiga tortib oladi. Sitoplazmaga o’tgan oziq atrofiga ozroq hazm suyuqligi ajralib, ovqat hazm qilish vakuoli shakllanadi. Hazm bo’lgan oziq sitoplazmaga so’riladi. Hazm bo’lmagan oziq qoldiqlari esa sitoplazmaning to’g’ri kelgan joyidan tashqariga chiqariladi. Oziq moddalarni qamrab olinib, hujayra ichida hazm qilinishi fagotsitoz deyiladi. Ko’pchilik bir hujayralilar va tuban ko’p hujayralilar fagotsitoz usulida oziqlanadi. Amyoba sitoplazmasi aniq ikki qismdan iborat. Sitoplazmaning birmuncha yupqa, tiniq va quyuqroq tashqi qavati ektoplazma, ichki suyuqroq va donador qavati endoplazma deyiladi. Bu ikki qavat o’rtasida aniq chegara bo’lmaydi. Psevdopodiylar hosil bo’lishi jarayonida oqib kelayotgan sitoplazmaning sirtqi qismi quyuqlashib, ektoplazmaga aylanadi. O’sha daqiqada tananing qarama- qarshi tomonidagi ektoplazmasi suyuqlashib, qisman endoplazmaga aylanadi. Ayirishi. Amyoba endoplazmasida hazm qilish vakuollari bilan birga tiniq va yirik pufakcha shaklidagi qisqaruvchi vakuol joylashgan. Bu vakuol bir daqiqa yo’qolishi va yana hosil bo’lishi mumkin. Vakuol sitoplazmadan sizib o’tadigan suyuqlik bilan to’lib turadi. Uning o’lchami ma’lum bir darajaga yetgach, qisqarish sodir bo’lib, suyuqlik maxsus teshik orqali sitoplazmadan chiqarib tashlanadi. Oddiy amyoba vakuolining suyuqlik bilan to’lishi va qisqarishi xona haroratida 5-8 minut davom etadi. Qisqaruvchi vakuol tana bosimini tartibga solib turuvchi osmoregulyatsiya organoidi hisoblanadi. Tashqi muhitdan amyoba sitoplazmasiga sizib o’tadigan suvning ortiqcha qismi ana shu yo’l bilan chiqarib turiladi. Vakuoldagi suyuqlik bilan birga hujayrada hosil bo’ladigan modda almashinish mahsulotlari ham chiqarib yuboriladi. Vakuol ishlashi natijasida sitoplazma orqali doimo suv oqib turadi. Amyoba suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Ko’ payishi. Amyoba endoplazmasida faqat bitta yirik yadro bo’ladi. Lekin yadroni faqat maxsus boyovchi moddalar bilan ishlangan preparatlarda ko’rish mumkin. Amyoba ikkiga bo’linish orqali jinssiz ko’payadi. Bu jarayon haqiqiy mitozdan iborat bo’lib, dastlab yadro moddalari teng ikkiga ajraladi, so’ngra amyoba tanasi bo’linadigan joyidan siqilib, ikkiga ajraladi va har qaysi bo’lagidan bittadan yadro hosil bo’ladi. Bo’linish haroratga bog’liq bo’lib, 1-2 sutka davom etadi. Jinsiy ko’payish faqat ayrim turlarda (Amoeba diploida) aniqlangan. Parazit amyobalar. Odam va turli hayvonlar ichagida parazit amyobalarning bir necha turi topilgan. Ular orasida ichburug’ amyobasi- Entamoeba histolytica (2-rasm) odamlarni, ya’ni qonli ichburug’ (amyobiaz) bilan og’rishiga sabab bo’ladi. Ichburug’ amyobasining kattaligi 20-30 mkm, yo’g’on ichakda yashab, ichak epiteliysini jarohatlaydi. Ichburug’ amyobasining ektoplazmasi ancha qalin bo’lib, endoplazmadan aniq ajralib turadi. Parazit ko’p sonli kalta va yo’g’on psevdopodiylari yordamida faol harakat qiladi. Bu psevdopodiylar asosan ektoplazma hisobidan hosil bo’ladi. Ichburug’ amyobasi sista orqali tarqaladi. Ovqat qoldig’i bilan yo’g’on ichakdan to’g’ri ichakka tushgan amyobalar psevdopodiylarini tortib olib, yumaloqlanadi. Ektoplazma yupqa va pishiq qobiq ishlab chiqarib, parazit sista davriga o’tadi. Sista ichida amyoba yadrosi ketma-ket ikki marta bo’linadi. Shu tariqa sista ichidagi amyoba to’rt yadrolik bo’lib qoladi. Axlat bilan tashqariga chiqadigan sistalar noqulay sharoit ta’siriga juda chidamli, ular nam tuproqla 2-3 oy davomida ham yashovchanligini yo’qotmasligi mumkin. Lekin sistalar quruq va issiq muhit ta’siriga uzoq chidash berolmaydi. Sistalarni pashshalar ham tarqatishi mumkin. Amyoba sistasi suv yoki ovqat bilan odam ichagiga tushganida uning qobig’i yemiriladi. Sitoplazmasi esa yadrolar soniga muvofiq ikki marta bo’lingach, to’rtta amyoba hosil bo’ladi. Yosh amyobalar faol oziqlanishga o’tadi. Kuchli zararlangan odam ichagidan bir sutkada 300 mln. gacha sista chiqishi mumkin. Odam ichagida yashovchi ayrim amyobalar mutlaqo zararsiz hisoblanadi. Ichak amyobasi - Entamoeba coli xuddi ana shunday amyobalardan hisoblanadi. Uning tuzilishi ichburug’ amyobasiga o’ xshash, lekin sistasi 8 yadroli bo’ladi. Parazit amyobalar kasallangan tishlar kovagi, it, cho’chqa, ot va boshqa hayvonlar ichagi, asalarilarning malpigi naychalarida ham topilgan. Download 40.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling