2 maruza. Sarcomastigoforalar tipi sarkodalilar sinflari (2soat)
Download 40.14 Kb.
|
2 MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- И.Х. Шарова ЗООЛОГИЯ БЕСПОЗВОНОЧНЫХ. Москва, ”Владос”, 2004.-592 s. 40-64 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi.
Nurlilar - Radiolaria kenja sinfi. Nurlilar plankton hayot kechiruvchi dengiz hayvonlari bo’lib, 8000 ga yaqin turi ma’lum. Ularning ko’pchilik turlari iliq suvli tropik va subtropik dengizlarda turli chuqurlikda tarqalgan, sovuq suvli dengizlarda kam uchraydi.
Tuzilishi ancha murakkab bo’lib, plankton hayot kechirishga moslashgan. Kattaligi 40-50 mkm dan 1 mm gacha, ba’zan undan ham yirikroq bo’ladi. Ko’pchilik turlarining sharsimon tanasi ichki murakkab mineral skeletga ega. Tanasidan har tomonga qarab juda ko’p ingichka ipga o’xshash psevdopodiylar chiqadi (5-rasm). Ko’pchilik nurlilar hujayrasining markazida bitta yirik yadrosi bo’ladi. Yadro gomogen (bir xil tiniklikdagi) quyuq sitoplazma bilan o’rab olingan. Sitoplazmaning bu qismi va yadro markaziy kapsula ichida joylashgan. Kapsula organik moddadan iborat, uning devorida juda ko’p teshikchalari bo’ladi. Markaziy kapsula nurli-larning sitoplazmasini ichki va tashqi zonalarga ajratib turadi. Kapsula teshikchalari orqali sitoplazmaning ichki va tashqi zonalari tutashgan bo’ladi. Sitoplazmaning bunday ikki zonaga bo’linishi faqat nurlilar uchun xos bo’ladi. Sitoplazmaning tashqi zonasi ham bir necha qismdan iborat. Markaziy kapsulaga yaqin qismi donador quyuq sitoplazmadan, uning ustki qismi yog’simon shilimshiq kiritmalarga boy bo’lgan juda qalin ko’pikli qavatdan iborat. Ko’pikli qavatning sirtida yupqa to’rsimon sitoplazma qavati joylashgan. Bu kavat tashqi muhit bilan chegaralanadi. Ko’pchilik nurlarning kremniy oksidi yoki strontsiy sulfat (SrS04) tuzidan iborat murakkab skeleti bo’ladi. Skelet turli shaklda, xususan ninaga o’xshash, sharsimon, qo’ ng’iroqsimon, tojsimon yoki boshqa xilda bo’lishi mumkin. Skelet tanani himoya qiladi va tana yuzasini kengaytirib, hayvonni suvda qalqib turishiga imkon beradi. Ahamiyati. Nurlilar qazilma holda kembriy davridan boshlab barcha qatlamlarda uchraydi. Ayrim cho’kma jinslar, asosan, nurlilar skeleti qoldig’idan iborat bo’lib, radiolyaritlar deb ataladi. Radiolyaritlar Rossiyaning Ural, G’arbiy Sibir, Uzoq Shark va boshqa hududlarida uchraydi. Bu jinslar tog’uni,ya′ni trepel nomi bilan mashhur. Trepeldan metallga ishlov beruvchi jilvir qog’ozlar tayyorlashda foydalaniladi. Nurlilar skeleti boshqa tog’ jinslari, masalan, ohaktosh, bo’r va slanetslar 3 И.Х. Шарова ЗООЛОГИЯ БЕСПОЗВОНОЧНЫХ. Москва, ”Владос”, 2004.-592 s. 40-64 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi. tarkibiga ham kiradi. Ularning skelet qoldiqlari foraminiferalar bilan birga tog’ jinslarining yoshini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Download 40.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling