2 maruza. Sarcomastigoforalar tipi sarkodalilar sinflari (2soat)


Download 40.14 Kb.
bet5/5
Sana13.04.2023
Hajmi40.14 Kb.
#1350654
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 MARUZA

Quyoshsimonlar - Heliozoa kenja sinfi. Quyoshsimon kenja sinfiga chuchuk suvlarda va dengizlarda yashaydigan o’nlab turlar kiradi. Kichik suv havzalarida kattaligi 1 mm keladigan Actinosphaerium eichhorni (6-rasm) va Actinophris sol ko’p uchraydi. Nurlilardan markaziy kapsulasining bo’lmasligi bilan farq qiladi. Quyoshsimonlarning yumaloq sharsimon hujayrasidagi sitoplazmasi katakli keng ektoplazma va endoplazma zonalariga ajraladi. Endoplazmadan radial joylashgan juda ko’p aksopodiylar chiqadi. Shuning uchun ularning ko’ rinishi quyoshga o’xshab ketadi. Endoplazmasida bitta yoki bir necha yadrosi, chuchuk suvda yashovchi turlarining ektoplazmasida esa ikkita qisqaruvchi vakuoli ham bo’ladi.
Oziqlanishi. Quyoshsimonlar infuzoriyalar, xivchinlilar va mayda ko’p hujayralilar (og’iz aylangichlilar, kiprikli chuvalchanglar) bilan oziqlanadi: Ozig’ini aksopodiylar yordamida yopishtirib olib, endoplazmaga o’tkazadi va hazm qiladi. Oziq qoldig’i ektoplazma orqali tashqariga chiqarib tashlanadi.
Download 40.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling