MUTga asosiy talablar AXni ta’minlash qismi quyidagilarga olib keladi:
axborotlarni kiritishda, qayta ishlashda, saqlashda, va telekommunikasiya kanallari bo’yicha uzatishda muhofaza qilish;
konfidensiallikni ta’minlash va axborotlarni ochilishini yo’q qilish;
axborotlarni saqlashda, qayta ishlashda va telekommunikasiya kanallari bo’yicha uzatishda yaxlitligi va haqiqiyligini saqlash (yasamadan va o’zgartirishdan muhofaza qilish);
ERIdan foydalanishda axborotlarni oluvchi va jo’natuvchining haqqoniyligini tasdiqlash;
telekommunikasion va informasion tizimlarga, shu jumladan telekommunikasiya kanallaridan foydalana olishni nazorat qilish;
tashqi va ichki ta’sirlardan MUT va T AXni ta’minlash;
texnik vositalarni qo’shni kanallar bo’yicha axborotlarni chiqib ketishidan va ularga kiritilishi mumkin bo’lgan axborotlarni ko’chirib olish elektron qurilmalaridan muhofaza qilish;
MUT ob’ektlarini loyihalashtirishda xavfsizlik bo’yicha miqdoriy talablarning berilishi bu ob’ektlarni ishlatilishi xavfsizligi haqida statistik axborotlarni to’plash va qayta ishlashga asoslanishi kerak. MUT ob’ektlarining zarur muhofazalanganlik darajasini o’rnatish potensial tahdidlarni doimiy tahlil qilishga asoslanadi.
2.4-rasm. Axborot xavfsizligini buzuvchi omillari.
Nazorat savollari:
Tarmoq xavfsizligiga qo’yiladigan talablar nima?
Tarmoq xavfsizligida xujumlar nima?Tarmoq xavfsizligini buzilishi bo’yicha sabablar va ruxsatsiz kirishning asosiy usullari qanday?
Telekommunikasiya tarmoqlarida tarmoq xavfsizligini ta’minlashning asosiy ob’ektlari qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |