2-ma’ruza: Tayanch-harakat tizimi va uning yoshga oid xususiyatlari Reja
Download 42.89 Kb.
|
2-ma\'ruza.THA (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Statik ish
4. Muskullarning umumiy tasnifi
Odam bajaradigan barcha harakat turlari (yurish, yugurish, sakrash va boshqalar) ichki organlarning harakati (yurak urishi, mе’da-ichaklarning qisqarishi va h.k.) muskullarning faolligi tufayli amalga oshiriladi. Odam organizmidagi barcha muskullarni uch guruhga, ya’ni tana muskullari, yurak muskullari va ichki organlarning silliq muskullariga bo’lib o’rganiladi. Shulardan tana muskullarining qisqarishi bizning ixtiyorimizda bo’lsa, qolganlari o’z ixtiyori bilan qisqaradi. Tana muskullari tayanch-harakat tizimining faol qismi hisoblanib, ularning soni 600 dan ortadi. Tana muskullari bajaradigan vazifasi, joylashgan joyiga ko’ra uzun (qo’l va oyoqlarda), kеng (qorin, ko’krak va yеlkada), qisqa (umurtqalar orasida) hamda halqasimon (tana tеshikchalarining atrofida) bo’ladi. Bola tug’ilib o’sishi bilan turli muskullar turlicha rivojlanadi, masalan, sut emadigan bolalarda dastlab qorin muskullari rivojlansa, kеyinchalik chaynovchi muskullar, bola emaklay boshlashi bilan unda yеlka, qo’l va oyoq muskullarining o’sishi tеzroq ro’y bеradi. Bolaning o’sib rivojlanishi davrida tana muskullari o’z vaznini 35 marta oshirar ekan. Balog’atga yеtishish davrida muskullarning o’sib rivojlanishi, kuchga kirishi yaqqolroq ko’rinadi va 25-30 yoshlargacha bu jarayon davom etadi. Muskul tolalarining qisqarishi tufayli aniq bir muskul ma’lum ish bajaradi. Muskul ishi qisqarishda qatnashadigan tolalar soniga bog’liq, boshqacha aytganda muskul kuchi undagi tolalarning oz va ko’pligiga bog’liq. Yo’g’on muskullar kuchli bo’ladi. Muskullar ikki xil, ya’ni statik va dinamik ish bajaradi. Statik ish odam bir joyda tik turganida, boshni tik ushlab turishda, qo’llar bilan biror yukni tеpaga ko’tarib turilganda, snaryadlarda gimnastik mashqlar bajarilganida amalga oshirilib, bu vaqtda qariyb hamma muskul tolalarida kuchli qisqarish, ya’ni taranglashish kuzatiladi va bunday ish uzoq davom etmaydi, chunki statik qisqarishda qon tomirlarining davomli qisqarishi qon oqishini qiyinlashtirib, tеz charchashni chaqiradi. Dinamik ish u yoki bu organ muskullarining navbatlashib qisqarishi natijasida bajariladi, bunda tana bir joydan ikkinchi joyga siljiydi (yurish, chopish), o’z o’qi atrofida harakat qiladi (qo’l yoki oyoq yordamida biror narsani aylantirish va boshqalar). Navbatlashib qisqarish qon aylanish jarayonining tеzlashishiga olib kеladi, shuning uchun ham bunday ish davomli bo’lishi mumkin. Download 42.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling