2-ma’ruza temir yo‘l tarixi va boshqaruv tizimi reja


O‘zbekistonda temir yo‘llarning rivojlanishi, hozirgi holati va istiqbollari


Download 50.71 Kb.
bet3/7
Sana19.04.2023
Hajmi50.71 Kb.
#1366375
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза 2

4. O‘zbekistonda temir yo‘llarning rivojlanishi, hozirgi holati va istiqbollari

Chor Rossiyasi va Sovetlar davrida o‘tgan qariyb 130 yil davomida o‘lkamiz boyliklari uzluksiz tashib ketilgan. «Shu davr ichida xalqimiz boshiga ne-ne kulfatlar, baloyu-ofatlar yog‘ilmadi» deyiladi yurtboshimiz I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» asarida.


Temir yo‘l transporti endilikda mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida, davlatimiz va hukumatimiz ham bu tarmoqqa katta e’tibor qaratmoqda. Sanoqli yillar ichida bir necha kilometrlarda yangi yo‘llar qurilib, qudratli korxonalar bunyod etildi.



Rasm 2.4 Toshkent vokzalining dastlabki ko‘rinishi



Rasm 2.5. Toshkent vokzalining hozirgi ko‘rinishi


Mustaqillikka erishganimizdan keyin Respublikamizda katta o‘zgarishlar bo‘lib o‘tmoqda, shu jumladan, temir yo‘l sohasida ham. Bulardan biri Uchquduq-Misken-Sultonuzaq temir yo‘l qurilishidir. Yangi temir yo‘l loyihasi 1993-yiliyoq tuzilib, ko‘plab loyihalardan eng maqbuli tanlab olinib. Va 1996-yildayoq yangi yo‘l qurilishi boshlangan. Bu temir yo‘l to‘la ishga tushgandan so‘ng qoraqalpog‘iston respublikasiga, Xorazmga yuk tashuvchi va yo‘lovchi poezdlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z yurtimiz hududidan boradigan bo‘ldi. Bundan tashqari, yangi korxonalar qurilishi, sahro bag‘rida yangi yerlar o‘zlashtirilishi, temir yo‘l shohobchalariga xizmat ko‘rsatish hisobiga ming-minglab ish joylarining ochilishiga imkon yaratdi.





Rasm 2.6. O‘zbekiston temir yo‘llari DATKning hozirgi chizmasi


Yangiliklardan yana biri vagon ta’mirlash zavodining ishga tushishidir. Ilgari bu zavod o‘rnida vagonlarni depo darajasida ta’mirlaydigan korxona bo‘lar edi. 1996-yil O‘zbekiston hukumati bilan Yaponiyaning tashqi iqtisodiy hamkorlik jamg‘armasi o‘rtasida kredit bitimi imzolandi.


Zavodda ishchilar soni 1280 ta bo‘lib yiliga 450 tagacha vagonni yalpi ta’mirlashga qurbi yetadi. Alohida ta’kidlash lozim bo‘lgan yana bir muhim gap shuki, ilgari vagonlarimiz 50-70 ming AqSh dollari evaziga Rossiyada ta’mirlanar edi. Endi esa katta miqdordagi valyuta ham tejalmoqda.

Rasm 2.7 Yangi vagon ta’mirlash zavodi


Yana muhim yangiliklardan biri TRASEKA dasturining loyihalanishidir. Shuning uchun XX asrning 90-yillari Bryusselda o‘tkazilgan halqaro konferesiyada transport yo‘lagini tuzish dasturi qabul qilindi.


Transport yo‘lagi Yevropadan, ya’ni arbdan – Sharqqa qora dengizni kesib o‘tib, so‘ng Kavkaz va Kaspiy orqali Markaziy Osiyoga, undan so‘ng Xitoyga qadar davom etadi va bu dastur TRASEKA nomini oldi. Loyiha davlatlararo mahsulot ayriboshlash hajmini oshirib davlat iqtisodini rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi.
Temir yo‘l transportini istiqbolli rivojlantirish dasturiga muvofiq ustivor vazifalar qatorida quyidagilar belgilangan:
- yangi temir yo‘l liniyalarini qurish;
- temir yo‘l uchastkalarini elektrlashtirish;
- mavjud temir yo‘llar quvvatini tiklash;
-harakatdagi tarkiblarni ta’mirlaydigan bazalarni rivojlantirish;
- vagon va lokomotivlar parkini zamonaviylashtirish;
- tezyurar transport kommunikatsiyalarini tashkil etish.
Transafg‘on yo‘lagini barpo etishda yangi /uzor-Boysun-qumqo‘rg‘on temir yo‘l liniyasining qurilishi alohida ahamiyatga ega.
Uchquduq 2-Miskin, Gazo‘choq-Miskin-qorao‘zak yangi temir yo‘l liniyasining qurib ishga tushirilishi O‘zbekiston temir yo‘llari tarmog‘iga barqaror o‘zgarishlar olib kirdi.



Rasm 2.9. Yangi qurilgan temir yo‘l liniyasi


2004-yilda Toshkent-Samarqand-Buxoro yo‘nalishlarida ilk bor tezyurar elektropoezdi qatnovi tashkil etildi.


O‘zbekistonda «Toshtemiryo‘lloyiha» ochiq aksiyadorlik jamiyatining instituti 65 yildan beri faoliyat ko‘rsatib O‘zbekiston temir yo‘llarini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p loyihalarni amalga oshirib keladi. Jumladan, yangi temir yo‘llar qurish, mavjud yo‘llarni elektrlashtirish, stansiyalarni va boshqa inshootlarni qayta qurish, zamonaviy kommunikatsiyalarni barpo etish ushbu institutning samarali mahsulidir.
O‘zbekistonda temir yo‘llarga va umuman halq xo‘jaligiga yetuk mutaxassislar tayyorlash, temir yo‘l uchun keng ko‘lamli ilmiy-tadqiqot va loyiha ishlarini olib borish yo‘lida Respublikada yagona Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti faoliyat ko‘rsatadi.



Download 50.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling