2-ma’ruza xromotografiya va xromotografik taxlil usullari reja
Download 435.55 Kb.
|
2-MA’RUZA Хромотографик тахлил усуллари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuzasi g ‘ovak adsorbentlarda (YuG‘A)
- Xromatografiyada ishlatiladigan kolonka va detektorlar
G‘ovak polimerlar: juda tanlovchan adsorbentlar sifatida gazadsorbsion va suyuqlik-adsorbsion xromatografiyasida ko‘p komponentli aralashmalarni tarkibiy qismlarga ajratishda, shuningdek, gaz-suyuqlik xromatografiyasida tashuvchi sifatida ishlatiladi.
Yuza qatlainli sorbentlar: keyingi vaqtlardagina ishlatila boshlandi. Faol moddalari tashuvchining faqat tashqi yuzasida bir tekisda taqsimlangan sorbentlar yuza qatlamli sorbentlar deyiladi. Faol modda sifatida qattiq yoki suyuq sorbent xizmat qilishi mumkin. Sorbent qatlamining yupqaligi va yutiladigan moddalarning sorbentga yetib borishi osonligi tufayli sorbentlarning sirt qatlamlarida massa uzatishga qarshilik kamayadi va demak, ;orbsion qatlamda turish vaqti qisqaradi. Bu esa xromatografik kolonkaning samaradorligi ortishiga olib keladi. Yuzasi g ‘ovak adsorbentlarda (YuG‘A): chuqur g‘ovaklar bo’lmagani sababli g'ovaklardagi harakatchan fazada moddalarning tutilib turish vaqti qisqaradi va massa almashish tezligi ortadi. YuG‘A jarayonni muvozanatga yaqin sharoitlarda, yuvilib ketish tezligini susaytirmay olib borish imkonini beradi. Bulardan tashqari, YuG‘A mexanik puxtaligi katta bo’ladi, chunki ularning o ‘zagi odatda shisha soqqachalardan iborat bo’ladi. YuG‘A juda yaxshi regeneratsiyalanadi vn oqimga nisbatan oz qarshilikka ega. YuG‘A ning adsorbsion xossalari yuza g‘ovak qatlami sifatida ishlatiluvchi moddaning tabiatiga bog’liq. Masalan, faol qatlami silikagel bo’lgan YuG‘A hajmiy g ‘ovak silikagellar kabi ishlatilavcrndl Ulardan aminlar, amidlar, pestisidlar va qutbli ko‘pchilik boshqit moililalar tahlil qilinadi. Faol qatlami polimerlardan iborat Xromatografiyada ishlatiladigan kolonka va detektorlar Xromatografik kolonkaga konstruksion jihatdan ham, ishlatishga oid ham talablar qo‘yiladi. Konstruksion talablarga kolonkaning uzunligi, ichki diametri, shakli, qanday materialdan tayyorlangani kiradi. Ishlatishga xos talablarga ichiga adsorbentning joylashtirilish zichligi, yuvib o‘tadigan suyuqlikning harakatlanish tezligi, bosim gradiyenti, harorat, namunaning hajmi kiradi.Kolonkaning uzunligi ajratish sharoitlarini tanlashda muhim ahamiyatga ega, chunki u kolonkaning samaradorligiga va tanlovchanligiga, tahlilning davom etish muddatiga ta'sir ko‘rsatadi. Kolonkaning uzunligi ikki marta oshirilganda tahlil vaqti ham ikki marta ortadi, ajratish mezoni esa kolonka uzunligining kvadrat ildizdan chiqarilgan qiymatiga mutanosib ravishda ortadi. Xromatografik qurilmalarda ishlatiiadigan kolonka laming uzunligi 15-150 sm gacha (10 m gacha yetadiganlari ham bor), diametri 2 dan 12-15 mm gacha bo'ladi. Diametrni kamaytirishga to'ldirish qiyinlashishi detector sezgirligining pasayishi xalaqit beradi, orttirishga esa harakatchan faza siljish tezligining kamayishi xalaqit beradi. Kalta kolonkalar odatda to‘g‘ri yoki U simon shaklda tayyorlanadi. Ularni uzunligi 3-4 m dan ortiq bo’lganda spiralsimon qilib tayyorlash tavsiya etiladi. Kolonkalar yupqa devorli shisha naylardan yoki zanglamaydigan po‘latdan yasaladi. Shisha naylar ishlatish kolonkalarning sorbent bilan to‘ldirilishini ko‘z bilan ko'rib nazorat qilish imkonini beradi. Gazsimon va suyuq namunalar xromatografik koionkaga, odatda,maxsus shprislar vositasida, kiritish joyida kauchuk membranani (pardani) teshish yo‘li bilan kiritiladi. Bunda gazsimon namunalar uchun gaz shprislari va suyuq namunalar uchun mikroshprislar ishlatiladi. Mikroshprislar xromatografga mikrolitrning ulushlaridan tortib, to o ‘nlab mikrolitrlar hajmida namuna kiritishga imkon beradi. Ba'zan laboratoriya amaliyotida dozator sifatida meditsina shprislaridan foydalaniladi.Qattiq holatdagi namunalar xromatografga ularni oldindan suyuqlikda eritish yo’li bilan kiritiladi yoki dozatorning o'zida bevosita qizdirib bug’latilgandan keyin kiritiladi. Xromatografik koionkaga to’ldiriladigan adsorbentga bir qator talablar qo‘yiladi: ular zaruriy tanlovchanlikka yetarli darajada mexanik pishiqiikka ega bo’lishi, tekshiriluvchi aralashma komponentlariga nisbatan kimyoviy inert va oson topiladigan bo’lishi kerak. Adsorbentlarni tanlashda fazalarning agregat holatiga, xromatografiyalash usuliga va boshqa omillarga e'tibor beriladi. Download 435.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling