2-mashg’ulot Topografik kartadan xududni tabiiy ijtimoiy tavsifini o’rganish. Topografik kartaning varaqalarga bo’linishi va nomenklaturasini aniqlash Mashg’ulot uchun kerakli jihozlar
Topografik kartalarning nomenklaturasi
Download 61.92 Kb.
|
2-амалий машғулот
Topografik kartalarning nomenklaturasi. Topografik kartalarni varaqlarga bulish, hamda bu varaqlarni belgilash, ya’ni ularga nom berish sistemasi nomenklatura deyiladi.
Topografik kartalarining nomenklaturasi 1 : 1 000 000 masshtabli karta nomenklaturasiga asoslangan. 1:1000000 masshtabli karta varag’ining o’lchami meridian bo’yicha 4° va parallel bo’yicha 6° ga teng. Kartaning varaqlariga nom berish uchun ekvatordan qutblarga tomon 4° dan parallel o’tkazilib - qator, 180° li meridiandan boshlab 6° dan meridianlar o’tkazilib - kolonnalar hosil qilinadi. Qatorlar ekvatordan qutblarga tomon lotin alfavitining bosh xarflari (A dan Z gacha), kolonnalar esa 180° li meridiandan boshlab 1 dan 60 gacha arab raqamlari bilan belgilanadi. Shunda 1:1 000 000 masshtabli karta har bir varag’ining nomenklaturasi qatorni belgilovchi harf va kolonna nomerini ko’rsatuvchi raqamdan iborat bo’ladi. Masalan, Toshkent shahri joylashgan varaq (trapestiya) ning nomenklaturasi K-42 bo’ladi. 5.3-shakl 1:500000 masshtabi karta varag’ining nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun 1:1000000 masshtabli karta varag’ini 4 bo’lakka teng bo’lamiz. 1:200000 masshtabli karta nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun 36 teng bo’lakka bo’lib I - XXXVI gacha belgilab olamiz. 1:300000 masshtabli karta varag’ining nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun 1:1000000 masshtabli karta varag’ini 9 ta teng bo’lakka bo’lamiz I - IX gacha belgilab olamiz. 1:100000 masshtabli karta varag’ini nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun, 1:1000000 masshtabli karta varag’ini 144 teng bo’lakka bo’lamiz va 1-144 belgilab olamiz. 1:100000 masshtabli topografik kartaning nomenklaturasi barcha yirik masshtabli topografik kartalar va planlarning nomenklaturasi uchun asos qilib olingan. 5.5-shakl 1:50000 masshtabli karta varag’ini nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun 1:100000 masshtabli karta varag’ini 4 ta teng bo’lakka bo’lamiz; (A, B, V, G) - K-42-102-B. 1:25000 masshtabli karta varag’ini nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun 1:50000 masshtabli karta varag’ini 4 ta teng bo’lakka bo’lamiz; (a, b, v, g) - K-42-102-B-b. 1:10000 masshtabli karta varag’ini nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun 1:25000 masshtabli karta varag’ini 4 ta teng bo’lakka bo’lamiz (1, 2, 3, 4) - K-42-102-B-b-3 Download 61.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling