2-mashg’ulot Topografik kartadan xududni tabiiy ijtimoiy tavsifini o’rganish. Topografik kartaning varaqalarga bo’linishi va nomenklaturasini aniqlash Mashg’ulot uchun kerakli jihozlar
Tuproqni sistematik ro’yxatini va topografik asoslarni o’rganish
Download 61.92 Kb.
|
2-амалий машғулот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topografik xaritalarni o’qish, masofa va maydonni o’lchash, kesma chizish.
Tuproqni sistematik ro’yxatini va topografik asoslarni o’rganish. Tuproq xaritasini to’g’ri tuzishiing muhim sharoitlaridan biri topografik asoslardan to’g’ri foydalanishni bilishdir. Bu joyning ko’rinishini aniq ko’z oldiga keltira olishlik uchun zarur barcha shartli belgilarni yaxshilab o’rganib olish (qumloqlar, yo’l, daryo tarmoqlari). Ishlab chiqarish maydonlari va qishloq xo’jalik ekinlari o’rtasidagi chegarani aniqlash, shu bilan birga joyning rel’efi qanday joylashganligini aniqlash. O’rganilayotgan maydondagi tuproq paydo bo’lish sharoitini bilish va tuproq qoplami tasvirining asosi sifatida topografik xarita (aerofotosuratlar) ni tahlil qilish.
Topografik xaritada joyning rel’efi aniq ifodalangan bo’ladi, ya’ni rel’eflarning har xil shakllari, absalyut va nisbiy bandlik, uzunligi, qiyalik shakli va gradusi. Tuproqni dalada tekshiruvchi (tuproq qoplamini tasvirini oluvchi) dala sharoitida rel’efini tez va aniq belgilay olishi shart. Aerofotosuratlarda tuproq paydo qiluvchi omillarning asosi bo’lgan rel’ef va o’simliklar qoplami aniq ko’rinib turadi. Rel’ef shakllari va o’lchami streoskop asbobi orqali o’rganiladi. Tuproq xaritasini to’g’ri tuzish uchun tekshiruvchi xaritaga tushirilayotgan tuproqning tasnifini va sistematikasini yaxshi bilishi kerak. Sistematik ro’yxatlarni o’rganish jarayonida tekshiruvchi tuproqning tur va xillarini to’g’ri keladigan belgilari darajasiga ko’ra ajratilganligini solishtirib ko’radi. Tuproqning belgilari darajasini bilgan holda (sistematik ro’yxatga asosan) tuproqshunos tuproqni dalada o’rganishga kirishadi. Topografik xaritalarni o’qish, masofa va maydonni o’lchash, kesma chizish. Topografik belgilarni o’qish, topografik kesmalari 1:10000 – 1:100000 masshtabli topografik xaritalarni shartli belgilar bilan tanishib, masofani chizg’ich (lineyka) yordamida aniqlandi. Buning uchun xaritaga qarab tekshiriladigan masofani aniqlash uchun lineykadan yoki millimetrli kog’ozdan foydalaniladi. Buning uchun xaritadan belgilangan punktlar orasidagi masofa santimetrda o’lchanadi, santimetr hisobida chiqqan son masshtab qiymatiga ko’paytirladi, o’shandan tekshirilayotgan joydagi ikkita punkt o’rtasidagi xaqiqiy masofa topiladi. Topografik chiziq deb topografik xaritani vertikal tutilishi bo’yicha tuzilgan profiliga aytiladi. Topografik profillarni tuzish orqali u erdan tuproq haqida ma’lumotlari tayanib tuproq hosil qiluvchi ona jinsi va o’simlik dunyosini to’laroq o’rganishga, erni relefi, ma’lum er maydoshning tasnifi va o’simligini o’zaro nisbatini ochib berishi mumkin. Topografik profil tuproq yoki tuproq geologik profilini tuzishga topografik asos bo’ladi. Topografik profil tuzish uchun quyidagi ishlar bajariladi: 1. Topografik profil tuzish lozim bo’lgan erda topografik xaritada ikkita nuqta A va B orqali belgilab ularni to’g’ri chiziq yordamida bog’lanadi (2, 3-rasm). 2. Topografik chiziqqa millimetrli qog’oz qo’yiladi va uning chekkasiga (nuqtalar yo'ki kalta vertikal chiziqlar) profil chiziqda uchragan hamma gorizontallar belgilanadi. Millimetr kog’oz topografik xaritadan olinadi va chap tomondan gorizontallar balandligiga monand vertikal masshtab to’ziladi. Vertikal masshtab 5-10 baravar gorizontallardan yirikroq etib olinadi. Har bir gorizontal balandlik nuqtasi, vertikal masshtabni hisobga olgan holda, perpendikulyar chiziqlar bilan to’qnashguncha chiziladi va to’qnashgan nuqtalar egri chiziq bilan bog’lanadi. Download 61.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling