Topografik xaritalarda masofani o’lchash. Agar 1:25000 masshtabli topografik xaritada biror masofani o’lchash kerak bo’lsa, xaritada bu ishni uch xil usulda bajarish mumkin.
Birinchya usul: shu masaofani kichik bo’laklarga, masalan 9 bo’lakka bo’lib, ularning birini sirkul bilan o’lchaymiz. Bu bo’laklardan uzunliklari 1) 215 mm. 2) 5,4 mm. 3) 22 mm. 4) 12 mm. 5) 3,1 mm. 6) 2,0 mm. 7) 25 mm. 8) 3,2 mm. 9) 92 mm. Jami 379,7 mm deylik, demak 379,7 mm x 25000 + 950000 sm + 9500 m. bo’ladi.
Ikkinchi usul: Shu uzunlik ustiga bir oz namlangan oddiy ish qo’yib, uni o’lchaymiz, so’ngra bu ipnyang ikkala uchidan ushlab tortamiz va unint uzunligini chizg’ich bilan aniqlaymiz. Bizning misolimizda ipning uzunligi 383 mm yoki 383 mm x 25000 sm + 95700 sm + m bo’ladi.
Uchinchi usul: Bunda uzunlik kurvimetr degan asbob bilan o’lchanadi. Kurvimetr o’lchanadigan masofa bir uchiga qo’yib ikkinchi uchigacha yurgiziladi, kurvimetrning ko’rsatkichidagi raqam yurgizilmasdan oldin 52 sm edi, ikkinchi uchiga yurgizib kelganimizda ko’rsatkich 90 sm ni ko’rsatdi. Bunday o’lchashni uch marta takrorlaymiz 1 - marta 38 sm, 2 + marta 37,5 sm, 3 + marta 38 sm chiqdi deylik, demak o’lchagan uzunligimiz 37,8 sm ekan. 37,8 sm x 25000 + 945000 sm + 9450 m bo’ladi.
Topografik xaritalarda maydonlarni o’lchash uchun avvalo maydon (yuza) masshtabini hisoblab chiqish zarur. Buning uchun shu xaritaning sonli masshtabi kvadratga ko’tariladi. Masalan xaritaning sonli masshtabi 1:10000 bo’lsa, yuza masshtabi (1:10000 )3 ga teng, ya’ni er yuzasidagi maydon shu masshtabli xaritada 100000000 marta kichrayib tushadi. Yoki masshtabi 1:10000 bo’lgan xaritada ko’lning maydoni 1 sm 2 uning er yuzidagi maydoni 100000000 sm 2yoki 1 0000 m ga teng.
Topografik xaritada maydon o’lchamidan avval shu o’lchanayotgan xarita masshtabida 2 kv. mm, yoki 1 kv.sm. maydonning er yuzasi qanchaga teng kelishini aniqlab olish kerak. Masalan 1:25000 maspttabli xaritada
1 sm - 250 m. 1 kv sm 62500 kv.m. + 6,25 ga
1 mm - 25 m. 1.kv mm 625 kv.m. bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |