2-mashg’ulot Topografik kartadan xududni tabiiy ijtimoiy tavsifini o’rganish. Topografik kartaning varaqalarga bo’linishi va nomenklaturasini aniqlash Mashg’ulot uchun kerakli jihozlar


Joy rel’efini topografik kartalarda tasvirlanishi


Download 61.92 Kb.
bet3/8
Sana02.12.2023
Hajmi61.92 Kb.
#1780240
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-амалий машғулот

Joy rel’efini topografik kartalarda tasvirlanishi. Topografik kartalarda rel’ef asosan gorizontallar bilan tasvirlanadi. Gorizontal - balandliklari bir xil bo’lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqdir. Gorizontal - izogips deb ham yuritiladi.
Tepalikni bir xil balandlikdan o’tuvchi a, v, s gorizontal tekisliklar kesib o’tgan deb faraz qilaylik.

6.1-shakl
A - tekislikda gorizontallar hosil bo’ladi. Ikki gorizontal tekislik orasidagi vertikal masofa, h - kesim balandligi.

6.2-shakl

Ikki gorizontal orasidagi masofa d - gorizontallar oralig’i. Yon bag’ir bilan gorizontal tekislik orasidagi burchak a - qiyalik burchagi deyiladi.


; ; .
Topografik kartalarda yon bag’irning nishabi gorizontallarga qisqa chiziqlar (bergshtrixlar) chizib ko’rsatiladi. Bergshtrixlarning erkin uchi qaysi tomonga yo’nalgan bo’lsa, yon bag’irning nishabi shu tomonga qaragan bo’ladi (1-rasm).

1-rasm. Bergshtrixning ko’rinishi
Ma’lum masshtabli topografik karta uchun qabul qilingan kesim balandligiga muvofiq chizilgan gorizontallar asosiy gorizontallar deyiladi. Topografik kartalarda va planlarda asosiy gorizontallar uzluksiz egri chiziqlar ko’rinishida chiziladi. Asosiy gorizontallarning kesim balandligi kartaning ostki tomonida ramkadan tashqarida yoziladi. Rel’efni o’qishni oson bo’lishi uchun har beshinchi gorizontal yo’g’on qilib chiziladi, agar kesim balandligi 5 m bo’lsa. Masalan, kesim balandligi 5 metr bo’lsin, 25, 50, 75... gorizontallar yo’g’on bo’ladi.
Agar kesim balandligi 2,5 m. bo’lsa, har o’ninchi gorizontal yo’g’on chiziladi.
Ayrim joylarning rel’efini asosiy gorizontallar bilan to’la ko’rsatib bo’lmagan hollarda kesim balandligining yarmiga teng gorizontallar chiziladi. Ular qo’shimcha gorizontallar deyiladi. Yarim gorizontallar kartada punktir chiziqlar bilan beriladi. Ba’zan kesim balandligining to’rtdan biriga teng bo’lgan va yordamchi gorizontal deb ataladigan gorizontal chizilishi ham mumkin.
Topografik kartalarda ayrim gorizontallar va xarakterli nuqtalarning baholanishi yozilib qo’yiladi. Baho - nuqtaning absolyut balandligining ifodalovchi raqamlardan iborat. MDH davlatlarida Baltika dengizi sathi boshlang’ich yuza deb qabul qilingan.

Download 61.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling