2-mashg’ulot Topografik kartadan xududni tabiiy ijtimoiy tavsifini o’rganish. Topografik kartaning varaqalarga bo’linishi va nomenklaturasini aniqlash Mashg’ulot uchun kerakli jihozlar


Download 61.92 Kb.
bet2/8
Sana02.12.2023
Hajmi61.92 Kb.
#1780240
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-амалий машғулот

Topografik kartalarning rel’efi. Biror joydagi notekisliklar, ya’ni past-balandliklar yig’indisiga shu joyning rel’efi deyiladi.
Yer yuzi rel’efining shakllari, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi va tarqalishini o’rganadigan fan geomorfologiya deb ataladi. Rel’ef shakllarini kelib chiqishi, katta-kichikligi, xarakteri, dengiz sathidan balandligi, tashqi ko’rinishi va boshqa xususiyatlariga qarab bir necha xil bo’lishi mumkin. Geodeziyada rel’ef shakllarini tashqi ko’rinishi jihatidan turlarga ajratish qabul qilingan. Rel’ef shakllari tashqi ko’rinishiga qarab qavariq, ya’ni bo’rtib chiqqan va botiq bo’ladi. Bo’rtib chiqqan shakllari - do’ng, tepa, gryada, tog’ tizmasi; botiq shakliga - vodiy, jar, balka, chuqurlik, pastlik, qozonsoy, soy va boshqalar kiradi. Atrofdagi tekis joydan gumbazsimon yoki konussimon ko’tarilib turgan balandlik tepa deyiladi. Tepaning nisbiy balandligi 200 m gacha bo’ladi. Nisbiy balandligi 100 m gacha bo’lgan tepa do’ng deyiladi. Uzunasiga davom etgan qator tepaliklar - gryada deyiladi, nisbiy bilandligi 200 metrgacha bo’ladi.
Tog’ - atrofdagi tekislikdan qad ko’targan balandlikdir. Nisbiy balandligi 500 metrdan oshadi, gumbazsimon, konussimon, piramida shaklida bo’lishi mumkin. Tog’ning eng baland nuqtasi - tog’ tepasi, cho’qqi. +atorasiga davom etib ketgan tog’lar - tog’ tizmasi.
Rel’efning botiq shakllaridan eng kattasi - vodiydir. Vodiylarning tagidan daryo, soy oqsa - daryo, soy vodiysi deb ataladi. Vodiyning xamma vaqt daryo oqib turadigan qismi - daryo o’zani (ruslo), toshqin vaqtida suv bosadigan joylar qayir (poyma) deyiladi.
Vaqtincha oqqan suv o’yib ketgan uzun chuqurlar jar deyiladi. Odatda jarlarning yon bag’ri tik bo’lib, unda o’simlik o’smaydi. Jarlarning uzunligi bir necha metrdan o’nlab kilomertgacha, chuqurligi 50 metrgacha borishi mumkin.



Download 61.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling