2 Mavzu : Nutq uslublari


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/59
Sana08.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#255005
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59
Bog'liq
Ma'ruza matn(1)

 

 

 

23-Mavzu:   Urg’u talaffuzi. Qo’shib yoki ajratib yozish 

 

Reja: 



1. Urg’u talaffuzi. O’z va o’zlashma so’zlarda urg’u haqida ma’lumot. 

 2. Qo’shib yoki ajratib yozish. Qo’shma va juft so’zlar imlosi. 

 3.Ajratib va qo’shib yoziladigan qo’shma so’zlarhaqida ma’lumot. 

Tayanch  so’z  va  iboralar:  urg’u  talaffuzi,  o’z  va  o’zlashma  so’z,  qo’shib  va  ajratib 

yozish, qo’shma va juft so’z. 

Til  sohibida  o’z  qatlam  so’zlarining  talaffuzi  muammo  tug’dirmaydi.  O’zlashma 

so’zlarning talaffuzi esa birmuncha murakkab.Uni tinglash , lug’at asosida mashq qilish 

bilan  o’zlashtirish  mumkin.  So’zlarni  urg’usiga  rioya  qilib  talaffuz  qilish  –  madaniy 

nutq belgisi.  

Urg’u  ta’sirida  yozuvda  aks  etmaydigan  tovush  o’zgarishi  sodir  bo’ladi:  direktor    - 

direktr, metod-metd. O’zlashma so’zda urg’u qaysi bo’g’inda bo’lishidan qat’i nazar , 

urg’u oladigan o’zbekcha qo’shimcha qo’shilganda , urg’uning joyi o’zgaradi: direktor-

direktorni, metod-metodga kabi. 

 

Qo’shma so’zlar imlosiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi: 



1)  Qo’shib  yoziladigan  qo’shma  so’zlar:  olibsotar,  uchburchak,  sassiqpopishak. 

Chunki bunday qo’shma so’zda so’z urg’usi bitta bo’ladi; 

2)   Ajratib  yoziladigan  so’zlar  qismining  har  birida  alohida  so’z  urg’usi  bo’ladi: 

O’zbekiston Respublikasi, boshdan oyoq, olib kelmoq, xarid qilmoq. 




Qo’shma  so’zlar  so’z  birikmasidan  hosil  bo’ladi.  Butunlay  qo’shma  so’zga  aylangan 

so’z birikmalari qismlari qo’shib, endi qo’shma so’zga aylanayotganlari ajratib yoziladi: 

so’zboshi , temir yo’l, osma ko’prik. 

Ba’zi qo’shma so’zlarni qo’shib ham ,ajratib ham yozish hollari uchraydi: soch siypatar-

sochsiypatar,  beshikto’y-beshik  to’yi  kabi.  Juft  so’zlar  ham  ikki  xil  yoziladi:  katta-

kichik – katta-yu kichik kabi. 

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 

1.  Nima uchun urg’u talaffuzi kishisaviyasining oynasiga qiyoslanadi? 

2.  O’zlashma so’zlarda urg’uni qanday aniqlash mumkin? 

3.  Urg’u ma’no farqlaydigan 5 juft so’z toping va gaplar tuzing. 

 


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling