2 Mavzu : Nutq uslublari


-Mavzu: Nutqdagi taqiqlar. Yumshoq va qattiq ifodalar


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/59
Sana08.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#255005
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59
Bog'liq
Ma'ruza matn(1)

25-Mavzu: Nutqdagi taqiqlar. Yumshoq va qattiq ifodalar 

Reja: 

1. Nutqdagi qo’rquv, andisha, hurmat asosidagi taqiqlarhaqida ma’lumot. 



 2.Yumshoq va qattiq ifodalar. 

3.Muloqot madaniyatidagi taqiqlar. 

Tayanch so’z va iboralar: nutqdagi taqiqlar, yumshoq va qattiq ifodalar, muloqot 

madaniyatidagi taqiqlar. 

Madaniy nutqning o’z qoidalari bor. Nutqda ayrim tushunchalarni jamiyat madaniy 

me’yorlariga ko’ra ochiq aytish mumkin emas. Bu nutqiy “taqiq” ( u fanda polineziya 

tilidan oilngan “tabu” so’zi bilan nomlanadi) deyiladi. Ular o’rniga “yumshoq”, 



“qog’ozga o’ralgan”, ya’ni madaniy ifodalar qo’llanadi. Nutqdagi “taqiq”larqo’rquv 

asosida  ( chayon so’zi o’rnida gajak, o’lmoq so’zi o’rnida ketmoq so’zlari qo’llanishi), 

uyat asosida (tug’moq-farzandli bo’lmoq, hurmat asosida (sen-siz, bor-boring kabi) 

bo’ladi. Masalan: 

1.  Ko’r ko’rni qorong’ida topadi. 

2.  Dardingni vaqti o’tsa , 

Tabibdan o’pkalama. 

3.  Bukrini go’r  to’g’rilaydi. 

4.  Qarg’a qarg’aning ko’zini cho’qimaydi. 

5.  It izzatni bilmas , 

Eshak – tarbiyatni. 

6.  Olmaning tagiga olma tushadi. 

Madaniy nutq sohibi o’z fikrini chiroyli va kishi ko’ngliga og’ir botmaydigan qilib 

ifoda etadi. Fikrni og’ir botmaydigan , tinglovchiga malol kelmaydigan qilib ifodalash 

vositalari evfemizm (grek tilida bu so’z “yumshoq gapirmoq ma’nosida qo’llangan.) 

deyiladi. Maslan , yomon bo’libdi degandan ko’ra yaxshi bo’lmabdi deyish , kasal 

ifodasidan ko’ra mazasi yo’q deyilsa, kishi ko’ngliga qattiq botmaydi. Evfemizmni 

o’rinli qo’llash kishining madaniyatliligini bildiradi.Turmush o’rtog’ining ismini 

aytmaslik (masalan , dadasi, dadajonisi, oyisi deyish yoki katta farzandining ismi bilan 

chaqirish ), sizlash kabilarni ham evfemizmga misol qilish mumkin. 

Evfemizmning aksi disfemizm (grek tilida bu so’z “qo’pol gapirmoq ‘ ma’nosida 

qo’llangan ) deyiladi. Masalan, yomon bo’libdi tushunchasi uchun qo’llangan rasvo 

bo’libdi, kasal tushunchasi uchun qo’llangan dard uribdi ifodalari disfemizmga misol. 

Nutqda disfemizmni ko’p qo’llash kishining madaniyatsiz ekanini ko’rsatadi. 

Demak , disfmizm va evfemizm ikki chekkada , betaraf ifoda esa ular o’rtasida turadi: 

joni chiqdi-o’ldi-uzildi kabi. 

Mustahkamlash uchun savollar: 

1.  “Taqiq” so’zlar til odobi uchun qanday ahamiyatga ega? 

2.  “Taqiq” lardagi “parda” lab gapirish va qo’pol ifodalash xususiyati hayotdagi 

qanday vaziyatlarda uchraydi? 

3.   Quyidagi rivoyat bilan tanishib, o’z fikringizni bildiring. 

Husayn Boyqaro safardaligida sevimli xotini vafot qiladi. Xabarchi shohga borib : 

“Xotiningiz o’ldi”, deya olmasligini aytib, Navoiyga maslahatga keladi. Navoiy: “ 

Sarvigulning soyasida so’ldi gul, netmoq kerak?”jumlasi bilan murojaat qilishni 

o’rgatadi. Xabarni eshitgan shoh osoyishtalik bilan  “Sarvdin tobut yasab , guldin kafan 

bichmoq kerak” degan nozik va yumshoq javobni berib, buni Navoiyga yetkazishni 

topshiradi.  



 


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling