2 Mavzu : Nutq uslublari
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma'ruza matn(1)
Tayanch so’z va iboralar:maqol, matal, ixchamlik, nutq vaziyati.
Grammatik jihatdan gap holida shakllangan , xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar maqollar sanaladi. Masalan, Shamol bo’lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi. Bolta tushguncha to’nka dam olar.
Maqollar xalqning hayotiy tajribasi , donishmandligi natijasida maydonga keladi. Ular nutq jarayoniga qadar tilda tayyor holda barqaror birikma sifatida mavjud bo’ladi.
So’zlovchi bunday birikmalarni yaxlit holda nutqiga olib kiradi. Maqollar fikrni ta’sirchan , bo’yoqdor qilib ifodalovchi qudratli vositadir. Nutqda maqollardan o’rinli foydalanish so’zlovchining mahorati sanaladi.
Maqol – xalq og’zaki ijodi janri, shu bilan birga , til birligi ham. U – ixcham, mazmuniy va ta’sirchanlik ko’lami baland ifoda. Maqollar biror nutq vaziyatiga xos bo’ladi, shuning uchun , ko’pincha , bir-birini inkor etadi. Yaxshilik qil, umidvor bo’l. – Yaxshilik qil – unut.
Maqollar evfemizm vazifasini ham bajaradi. Matallar .Grammatik jihatdan gap bo’lagi holida shakllangan, to’g’ri ma’noda qo’llaniladigan , xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar matallar hisoblanadi.Masalan,
Yaxshidan bog’ qoladi, yomondan dog’. Qimirlagan qir oshar.
Hikmatli so’zlar. Grammatik jihatdan gap holida shakllangan , xalqning turmush tajribasiga tayanib ma’lum bir shaxs tomonidan yaratilgan qisqa , obrazli barqaror birikmalarga hikmatli so’zlar (aforizmlar) deyiladi.
Masalan, Odami ersang demagil odami,
Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami. (A.Navoiy) Mustahkamlash uchun savollar: 1. Nutq jarayonida maqollar va hikmatli so’zlarni qo’llash qanday ahamiyat kasb etadi?
2. Ular nutq vaziyatini yumshatishga qay darajada xizmat qiladi? 3. Mumtoz adabiyotda maqol qo’llash bilan bog’liq qanday she’riy san’at yaratiladi? |
ma'muriyatiga murojaat qiling