2 Mavzu : Nutq uslublari
- Mavzu: Tasviriy ifoda – ko’tarinki nutq vositasi
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma'ruza matn(1)
29- Mavzu: Tasviriy ifoda – ko’tarinki nutq vositasi
Reja: 1.Tasviriy ifoda nomning bo’yoqdor varianti ekanligi. 2.Tasviriy ifodaning uslubiy chegarasi. 3. Tasviriy ifodaning so’zga tengligi va teng emasligi, shakldosh tasviriy ifodalar.
Shaxs , narsa-buyum, voqea-hodisalarni tasvirlash yo’li bilan bildiradigan so’z birikmalari tasviriy ifodalar yoki parafrazalar deyiladi.Tasviriy ifodalar so’zning ma’nosini oydinlashtirish , matnni badiiylashtirish , takrorning oldini olish kabi uslubiy vazifalarni bajaradi. Masalan:
Mexanik-haydovchilar – po’lat ot chavandozlari, zangori kema kapitanlari; Pomir – dunyo tomi;
Bunker – po’lat etak; Farg’ona – yashil vodiy;
Prezident – xalq oqsoqoli; Traktor - po’lat ot;
Pilla – kumush tola; Ekinning qoni – suv;
Zangori olov – gaz alangasi; Oq oltin tog’lari – paxta uyumlari;
Ilm kaliti – kitob; Dala malikasi – makkajo’xori;
Mo’yqalam sohiblari – rassomlar. Tasviriy ifoda-narsalar nomining bo’yoqdor muqobili bo’lgan birikma.U uslubiy chegaralangan, ko’proq publitsistikaga xos:1.Yoshlarning aql gimnastikasiga qiziqishlari ortib bormoqda.2. Oltin qanot qushlar uchsin. Tasviriy ifoda tushunchani bildirishi bilan so’zga teng,lekin bo’yoqdorligi bilan farqlanadi. Tasviriy ifodaga ham omonimlik xos.
Mustahkamlash uchun savollar: 1. Nutq jarayonida takror va qaytariqdan qochish imkonini yaratishda tasviriy ifoda qanday ahamiyatga ega? Odatda , qaysi so’z turkumlarida ko’proq tasvirlab ifodalash uchraydi? 2. “Osmonning ko’z yoshlari qalbimga tomchilaydi” gapi misolida tasviriy ifodaning inson ruhiyati bilan bog’liq jihatini izohlashga urining. 3. Quyidagi tasviriy ifodalar qatorini davom ettiring. Yaylov bahhodirlari, spotimiz malikalari, asr vabosi.
Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling