32 – Mavzu: Qo’shimchalar tanlovi.
Reja:
1. Qo’shimchalarning variantliligi.
2. Variantlarning o’z o’rniga egaligi
3.O’rinli variantni tanlash nutqiy madaniyat belgisi.
Tayanch so’z va iboralar: qo’shimchalar variantliligi, kelishik qo’shimchasi, egalik
qo’shimchasi, omonim qo’shimchalar, ma’nodosh qo’shimchalar.
Bir qo’shimcha turli ko’rinishga ega bo’lishi mumkin. Masalan, jo’nalish kelishigi
ko’rinishlari:-ga, -ka, -g’a, -qa, -a, chiqish kelishigi ko’rinishlari: -dan, -din. Ular
qo’shimchalarning variantlari deyiladi. Variantlar o’z qo’llanish o’rniga ega. O’rinli
variantni tanlash - nutqiy madaniyat belgisi.
Qo’shimchalarning variantliligini omonimlikdan farqlash kerak.
Nutqiy vaziyatlarda qo’shimchalar ma’nodoshligi ham kuzatiladi. Bunday holda bir
necha kelishik shakllari o’zaro sinonim bo’ladi: kelganiga xursand- kelganidan xursand,
gapingizga tushunmadim- gapingizni tushunmadim.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. QAysi qo’shimchalar variantlariga ega , qo’shimchalarning variantini o’rinli
tanlash nutqiy uslubga qay darajada bog’liq?
2. Gap juftligida ajratib ko’rsatilgan so’zlardagi qoshimchalar yuzasidan fikringizni
bildiring. Labing qirg’og’idan oqqan zaharni Ko’z yummayin ichgum, beshubha.
(Shekspir) – Ichgim keldi zilol suvingdan.
3. Ilon so’zini qaratqich kelishigi shaklida qo’llasangiz, gap mazmunida qanday
o’zgarish yuz beradi? Valijon – ilon yog’ini yalagan yigit.
Do'stlaringiz bilan baham: |