2-mavzu : sug‘urta munosabatlarida qo’llaniladigan ibora va tushunchalar reja


Download 196.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana05.02.2023
Hajmi196.81 Kb.
#1166910
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2-mavzu (1)

Keptiv sug’urta kompaniyasi- ta’sischilarning manfaatlarini sug’urta 
himoyasiga oladigan yoki yirik kontsern, korporatsiyalar, yirik sanoat-moliya 
guruhlari tarkibiga kiruvchi sug’urta kompaniyasi. Raqobatdagi boshqa sug’urta 
kompaniyalarini keptiv sug’urta kompaniyasi mavjud bo’lgan tarmoqqa kirishi 
murakkabroq hisoblanadi. O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan keptiv sug’urta 
kompaniyalariga - «ALSKOM», «Universal sug’urta» sug’urta kompaniyalarini 
misol keltirish mumkin. 
Lloyd- 1) Angliyadagi xalqaro sug’urta bozori; Angliyadagi 
sug’urtalovchilarning korporatsiyasi, taxminan 1734 yilda tashkil etilgan. Hozirgi 
paytda Lloydga 22000 dan ortiq a’zo bor. Uning faoliyati Angliya parlamenti qabul 


qilgan maxsus qonun bilan tartibga solinadi. Lloyd sug’urtani barcha turlarini 
amalga oshiradi. Lloyd a’zolari 279 sindikatga birlashgan bo’lib, sindikat faoliyati 
uchun anderrayterlar javob beradi. Anderrayterlar bilan Sug’urtalanuvchilarni 
Sug’urta vositachilari birlashtiradi. Sug’urta vositachilari Lloyd bozorida risklarni 
joylashtiradi. Anderrayterlar Sug’urta shartnomasi buyicha javob berish uchun yirik 
miqdordagi pul mablag’larini korporatsiyaga depozit sifatida qo’yadi. 
Oferta- asosiy shartlar ko’rsatilgan holda sug’urta shartnomasini tuzish taklifi. 
Sug’urta kompaniyasi ofertani konkret yuridik yoki jismoniy shaxsga yo’llashi 
mumkin. 
Offshor sug’urta kompaniyasi- maxsus maqomga ega bo’lgan sug’urta 
kompaniyasi. Offshor sug’urta kompaniyalari soliq to’lash stavkalari eng kam 
bulgan offshor zonalarda (Bermud oroli, Gernsi, Men va Keymanov orollari) tashkil 
etiladi. Offshor zonalarda amalga oshiriladigan sug’urta operatsiyalari sug’urta 
kompaniyasini tashkil etishda qatnashgan ta’sischilar joylashgan davlati organlari 
tomonidan nazorat etilmaydi.
Prolongatsiya- o’zaro kelishgan holda sug’urta shartnomasini amal qilish 
muddatini uzaytirish. Prolongatsiya yozma ko’rinishda tasdiqlanishi mumkin. 

Download 196.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling