2-mavzu: 1C: Korxona buxgalteriya dasturining mazmuni, predmeti va vazifalari


Download 441.29 Kb.
bet4/12
Sana26.10.2023
Hajmi441.29 Kb.
#1724290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 mavzu

Buxgalteriya scheti – korxona va tashkilotlarda iqtisodiy resurslarnig holati va xarakati haqidagi buxgalteriya axborotini qayd etish va saqlash uslubi xamda ularga bo’lgan talablardir.
Schetlar quyidagi bir necha turlarga bo’linadi:

Doimiy schetlar – bu hisobot davri oxiriga saldoga ega bo’lib, bo’lib, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar, sarmoyalar schetlaridir. Doimiy schetlar aktiv, passiv, kontr-aktiv va kontr-passivlarga bo’linadi.
Ativ schetlar (A) – bu aktivlarni aks ettirishga mo’ljallangan schet bo’lib, unda iqtisodiy resurslarning qoldig’i va ko’payishi schetning debetida, kamayish esa kredit bo’yicha aks ettiriladi.
Passiv schetlar (P) bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga mo’ljallangan schet bo’lib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldig’i xamda ko’payish schetning krediti bo’yicha, kamayish esa debet bo’yicha aks ettiriladi.
Kontr-aktiv schetlar (KA) – bu va u bilan bog’liq bo’lgan aktiv schetning saldosidan chegiriladigan va moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi schetdir.
Kontr-passiv schet (KP) - bu va u bilan bog’liq bo’lgan passiv schetning saldosidan chegiriladigan va moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sarmoyaning sof qiymatini aks ettiruvchi schetdir.
Tranzit schetlar (T) – bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda aks

17
ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega bo’lmaydigan



daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik schetlaridir.


Balansdan tashqari schetlar (BT yoki Z) - bu tashkilotga qarashli bo’lmagan, lekin vaqtinchalik uning tasarrufida bo’lgan, aktivlarni bori va xarakati, shartli xuquqlar va majburiyatlar xaqidagi axborotni umumlashtirishga mo’ljallangan schetlardir. Bu schetlar boshqa schetlar bilan o’zaro bog’lanmaydi va korxonaning hisobotida aks ettirilmaydi.

Download 441.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling