2-mavzu: 1C: Korxona buxgalteriya dasturining mazmuni, predmeti va vazifalari


Download 441.29 Kb.
bet9/12
Sana26.10.2023
Hajmi441.29 Kb.
#1724290
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2 mavzu

«Buxgalteriya hisobi to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni moddalari:
1-modda. Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun xujjatlari. 2-modda. Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari
3-modda. Buxgalteriya hisobi sub’ektlari 4-modda. Buxgalteriya hisobi ob’ektlari
5-modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish 6-modda. Buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari
7-modda. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish 8-modda. Imzo xuquqi.
9-modda. Boshlang’ich hisob xujjatlari. 10-modda. Buxgalteriya hisobi
11-modda. Aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish. 12-modda. Aktivlar va majburiyatlarni baholash.
13-modda. Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish. 14-modda. Xususiy kapitalni hisobga olish.
15-modda. Garovni hisobga olish. 16-modda. Moliyaviy hisobot.
17-modda. Umumlashtirilgan moliyaviy hisobot.

24
18-modda. Moliyaviy hisobotning hisobot davri



19-modda. Moliyaviy hisobotni taqdim etish 20-modda. Moliyaviy hisobotni e’lon qilish 21-modda. Tugatish vaqtida moliyaviy hisobot.
22-modda. Buxgalteriya axborotining mahfiyligi. 23-modda. Buxgalteriya xujjatlarini saqlash.
24-modda. Buxgalteriya to’g’risidagi qonun xujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik.
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartlari: 00. O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartlari
(O’zR BXMS ) «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun kontseptual asos»
01. O’zR 1-son BXMS «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»

02. O’zR 2-son BXMS «Asosiy xo’jalik faoliyatidan tushgan daromadlar» 03. O’zR 3-son BXMS «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot»
04. O’zR 4-son BXMS «Tovar-moddiy zahiralar» 05. O’zR 5-son BXMS «Asosiy vositalar»
06. O’zR 6-son BXMS «Ijara hisobi»

07. O’zR 7-son BXMS «Nomoddiy aktivlar»


08. O’zR 8-son BXMS «Jamlangan moliyaviy hisobotlar va sho’’ba xo’jalik jamiyatlari sarmoyalarini hisoblash»
09. O’zR 9-son BXMS «Pul oqimi to’g’risidagi hisobot»

10. O’zR 10-son BXMS «Davlat subsidiyalarining hisobi va davlat yordami bo’yicha ko’rsatiladigan ma’lumotlar»
11. O’zR 11-son BXMS «Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqarishlariga xarajatlar»
12. O’zR 12-son BXMS «Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish» 13. O’zR 13-son BXMS «Xususiy kapital to’g’risida hisobot»
14. O’zR 14-son BXMS «Buxgalteriya balansi»

25
15. O’zR 15-son BXMS «Buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan keyingi



xo’jalik faoliyatining nazarda tutilmagan xolatlari va yuz beradigan xodisalari»
16. O’zR 16-son BXMS «Kapital qurilishga oid pudrat shartnomalari» 17. O’zR 17-son BXMS «Inventarlashni tashkil etish va o’tkazish»
18. O’zR 18-son BXMS «Kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soddalashtirilgan tartibda hisob yuritish va hisobotlar tuzish to’g’risida»
19. O’zR 19-son BXMS «Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma»
20. O’zR 20-son BXMS «Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi»
21. O’zR 21-son BXMS «Qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni shakllantirish»
22. O’zR 22-son BXMS «Qarzlar bo’yicha xarajatlar hisobi»

1.2. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari
Zamonaviy iqtisodiyotni boshqarishdagi o’zgarishlar, bozor munosabatlariga jadal sur’atlarda o’tish, buxgalteriya hisobining xalqaro tizimlarining joriy qilinishi va informatsion texnologiyalarning barcha sohalarda keng miqyosda tadbiq etilishi ta’sirida buxgalteriya hisobining axborot tizimi va uni kompyuterda ishlab chiqishni tashkil qilishning an’anaviy shakllari katta o’zgarishlarga uchragan. Xozirgi paytda hisobchidan korxona moliyaviy xolatining ob’ektiv xolatini bilish, moliyaviy tahlil usullarini qo’llay olish, qimmatli qog’ozlar bilan ishlashni bilish, investitsiyalarni tushunish xamda ularni asoslay olish va boshqalar talab qilinadi. Shuning uchun ham xozirgi paytda hisobchini «hisobchi-tahlilchi» yoki «moliyaviy menejer» deb atash ham mumkin. Boshqaruv vazifalariga ishlab chiqarishni tayyorlash, rivojlantirish, moddiy-texnik ta’minot, sotuvga tayyorlanish (marketing), buxgalteriya

26
hisobini olib borish va buxgalteriya faoliyatini amalga oshirish, tayyor



mahsulotlarni sotish xamda kadrlar masalasini hal qilish kiradi. Boshqaruv jarayonida buxgalteriya hisobi katta rol uynaydi va bu erda barcha axborotlarning 60% ga yaqini jamlangan.
Buxgalteriya hisobining kompyuterlashtirilgan axborotli tizimlari an’anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini avtomatlashtirishni o’z ichiga qamrab oladi:
Asosiy vositalar hisobi Moddiy boyliklar hisobi Mehnat va ish xaqi hisobi Tayyor mahsulotlar hisobi
Moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi
Yig’ma hisob va hisobotlar tuzish


Buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan axborot tizimi sharoitida faoliyat ko’rsatishi quyidagicha ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Boshqaruv ob’ektiga yoki korxonaning xo’jalik faoliyatiga moslashuv, korxona ish faoliyatining maqsadini bilish.
Boshqariladigan ob’ekt xolati haqidagi boshlang’ich ma’lumotlarni yig’ish, ma’lumotlar bazasini tuzish, ma’lumotlarni saralash va ruyhatdan o’tkazish
Hisob axborotini qayta ishlash, saqlash va hisobotlarni shakllantirish
Hisob axborotini foydalanuvchilarga va talabgorlarga uzatish Hisob axboroti tahlili, korxona rahbariyatining oldiga qo’yilgan
maqsadiga muvofiq, boshqaruv ob’ektiga boshqaruvchanlik ta’sirini ishlab chiqish
Hisob vazifalari majmuasining uch pallasini farqlash mumkin:

27
Birlamchi hisob, birlamchi xujjatlarni tuzish, ularni ishlab chiqish va hisobning xar bir uchastkasi bo’yicha tahliliy hisobning qaydnomalari tuzilishini amalga oshirish.


Provodkalarni tuzish, ularni tahliliy va sintetik hisobning turli xil registrlari, schyotlarning tartib raqamlari bo’yicha qayd daftari orderlariga joylashtirish. Kompyuter yordamida bu ishni amalga oshirish xar bir uchastka echimi tugashi bilan provodkani shakllantirib, bu jarayonlarni to’liq avtomatlashtirishga imkon beradi.
Yig’ma sintetik hisobni tuzishdan iborat bo’ladi, ya’ni, asosiy kitobning schyotlari bo’yicha hisobot saldo qaydnomalari va moliyaviy hisobotning shakllarini tuzish bo’lib, bu «Provodka Asosiy kitob – Balans» mashina dasturining asosiy moduli tomonidan ta’minlanadi. Buxgalteriya hisobining tashqi tashkilotlar bilan axborotli aloqasiga alohida to’xtalish zarur. Asosan bu aloqalar me’yoriy va uslubiy materiallarni olish, yig’ma moliyaviy hisobotlarni manfaatdor tashkilotlar - yuqori ma’muriy idoralar, soliq qo’mitasi, statistika idoralari, moliyaviy tashkilotlar va boshqalarga berishdan iboratdir. Buxgalteriya hisobotlarining yuqori tashkilotlarga takdim etish shakllari
va muddatlari qonunlashtirilgan.

Buxgalteriya vazifalarini xal qilishni avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish birlamchi buxgalteriya xujjatlarini tuzish paytidan boshlab yakuniy moliyaviy hisobotlarni tuzish bilan yakunlanuvchi barcha operatsiyalarning yig’indisidir. Bu jarayon quyidagi aossiy bosqichlardan iboratdir:



Download 441.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling