2-mavzu: 1C: Korxona buxgalteriya dasturining mazmuni, predmeti va vazifalari


Download 441.29 Kb.
bet5/12
Sana26.10.2023
Hajmi441.29 Kb.
#1724290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 mavzu

Ikkiyoqlama yozuv – xo’jalik muomalalarini buxgalteriya schetlarida aks ettirish ikkiyoqlama yozuv vositasida amalga oshiriladi. Ikkiyoqlama yozuvning mohiyati xar bir xo’jalik muomalasi natijasida yuzaga keladigan ikki xodisani o’zaro bog’langan xolda aks ettirishdan iboratdir. Masalan, materiallarni xarid qilish muomalasini qayd etaturib, sotib olingan material boyliklarning kelishi (tayyorlanishi) va mol etkazib beruvchilarga to’langan pul mablag’larining sarflanishi (qarzning yuzaga kelishi) ko’rsatgichlari o’zaro bog’lanadi yoki mahsulot tayyorlashga materiallar sarfini aks eta turib, o’zaro bog’liqlikda ishlab chikarish chiqimlarining oshishi va korxona omboridagi materiallarning kamayishi ko’rsatiladi. Muomalalarni bunday usul bilan yozish ularning iqtisodiy mazmunini ochib beradi va xo’jalik faoliyatini chuqur o’rganishga imkon beradi. Shunday qilib, schetlar va ikkiyoqlama yozuv buxgalteriya hisobi ob’ektlari to’g’risidagi ma’lumotlarni joriy guruhlash maqsadida qo’llaniladi. Ular yordamida korxonani tezkor boshqarish, moddiy javobgar shaxslar mulklarini but saqlanishi ustidan nazorat amalga oshiriladi. Ular xo’jalik faoliyatining yig’ma ko’rsatgichlarini hisoblab chiqish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni asta-sekin jamg’arish va tartibga solish imkonini beradilar. Ikkiyoqlama yozuv – bu amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyasini buxgalteriya hisobi schetlarida rasmiylashtirish usulidir. Ikkiyoqlama yozuvning mohiyati shundan iboratki, ro’y bergan xo’jalik operatsiyasi bir schetning debeti va ikkinchi bir schetning kreditida aks ettiriladi. Ikkiyoqlama yozuv usulidan foydalanish buxgalteriya hisobini yuritishning

18
asosiy qoidasi hisoblanadi. Buxgalteriya o’tkazmalarini amalga oshirish



(provodkalar) bajarilgan xo’jalik operatsiyasi natijasida qanday schetlar, qancha summaga debetlanishi, qaysilari kreditlanishini ko’rsatish demakdir. Buxgalteriya o’tkazmasi yoki provodkasi birlamchi rasmiylashtirilgan xujjatlar (yukxatlar, to’lov topshiriqnomalari, schetlar, talabnomalar, dalolatnomalar va xokazolar) asosida tuziladi. Shunday ekan, ikkiyoqlama yozuv deb, xo’jalik operatsiyalari ta’sirida vujudga keladigan iqtisodiy xodisalarni schetlar tizimi vositasi bilan o’zaro aloqador xolda aks ettirish usuliga aytiladi. Amaliyotda ikkiyoqlama yozuvning mohiyatini o’zida mujassamlashtiruvchi to’rt asosiy qoidaga amal qilishni tavsiya etamiz:
o Sodir etilgan xo’jalik operatsiyasining tub iqtisodiy mazmunini tushunish;
o Mazkur operatsiyada ishtirok etuvchi sintetik schetlarni aniqlash;

o Balansga asosan ishtirok etuvchi schetlarning aktiv va passivligini aniqlash;


o Schetlarni debet va kredit tomonlarga to’g’ri qo’yish.

Schetlar rejasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona xujjat hisoblanadi va barcha schetlar namunaviy schetlar rejasida keltirilgan va tavsiflangan. Bunda schetlar rejasidan foydalanish bo’yicha yo’riqnomani to’g’ri tushunish va undan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi.


Buxgalteriya hisobining xar bir scheti quyidagi ma’lumotlarni o’zida


aks ettiradi:

• • • • •


Schetning nomi Debet yozuv Kredit yozuv


Oy boshiga qoldiq (saldo) Oy davomidagi oborotlar
Oy oxiriga qoldiq (saldo)

19


Debet tomonidagi yozuvlarning jami (saldodan tashqari) – debet

oborot, kredit tomonidagi yozuvlarning jami – kredit oborot deyiladi. Aktiv schetlarning ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:





Download 441.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling