2-mavzu. Aholi statistikasi
Aholi harakatini o’rganish
Download 271.7 Kb.
|
2-mavzu
Aholi harakatini o’rganish.
Aholining qarakat ko’rsatkichlari mazmunan tubdan bir-biridan farq qiluvchi ikki guruq ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi. Birinchi guruqga aholining tabiyay xarakatini, tug’ilishi va o’lishini, nikoqstan o’tganlar va ajrashganlar sonini, ikkinchi guruqga esa aholining migrastiyasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar kiradi O’zbekiston aholisi tez sur’atlar bilan o’suvchi mamlakatlar katoriga kiradi. Bunda kuyidagi omillar katga rol o’ynab keldi: aholining jinsiy nisbati va yosh tarkibida mavjud bo’lgan ustunlik. Bu omil nikohlanish uchun qulay sharoit yaratadi; nikoqlanish darajasining sobiq umumittifoq o’rtacha ko’rsatkichlardan yuqori bo’lishi, uylanmagan va turmushga chiqmagan shaxslar salmog’ining ozligi, nisbatan barvaqt uylanish va turmushga chiqish udumi; aholining tabiiy ko’payishiga faolroq ishtirok etuvchi qishloq aholisi salmog’ining yuqoriligi; maxalliy aholi o’rtasida migrastiya xarakatining nisbatan pastligi; katta yoshdagi ayollarning farzand ko’rishdagi faol ishtiroki va shu boisdan milliy an’anaga aylangan serfarzandlik udumi; maqalliy millat ayollari anchagina qismining ijtimoiy ishlab chikarishda ishtirok etmasligi, Keyingi 5 yil ichida bozor iqtisodiyoti sharoitida (1991-2006 yy.) demografik jarayonlarning rivojlanishi-da ijobiy tendenstiyalar sodir bo’ldi. Chunonchi: "Sog’lom avlod uchun" keng miqyosli dasturining amalga oshirilayotganligi; aholi turmush tarzining asta-sekin o’zgarib borayotganligi; bolalar soni o’rtacha me’yorda bo’lgan oilalar ko’payib borayotganligi; onalik va bolalikni muqofaza etish tizimi intensiv tarzda rivojlanib borayotganligi. O’zbekiston aholisi xar yili o’rtacha 530-540 ming kishiga yoki 2-2,5 foizga oshadi. Ыlim koeffistienti, ayniqsa bolalar o’limi aholi sonining o’sishiga aks ta’sir etuvchi omillardan qisoblanadi. Respublikamizda o’limning umumiy koeffistienti qar 1000 aholi qisobiga 6-7 kishi. Bu sobiq ittifoq respublikalari orasida eng past ko’rsatkichlardan biri. Agar 1 yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi (K^)ni jiddiy qamaytirishga erishsak, bu ko’rsatkich yanada yaxshilanadi. Ma’lumki, aholi soni muttasil o’zgarib turadi. Aholi sonnning tug’ilishlar va o’lishlar xisobiga o’zgarishi aholining tabiiy harakati deb ataladn. Aholning tabiiy harakatini nfodalovchi asosiy ko’rsatkichlar tug’ilish, o’lish, tabiiy o’sish ko’rsatkichlari, shuningdek, ular bilan bog’liq bo’lgan nikoxdan o’tish va ajralishlar soni hisoblanadi. Aholining tug’ilish, o’lish, tabiiy ko’payish ko’rsatkichlari mutloq ifodalarda hisobga olinadi. Aholining tabiiy o’sishi bu tug’ilganlar bilan o’lganlar orasidagi farqqa teng. Lekin aholining tabiiy xarakati ko’rsatkichlari to’g’ilish, o’lish, tabiiy o’sish darajalarini ifodalay olmaydi, bu aholning umumiy soniga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun aholining tabiiy harakatini ifodalash uchun qayd etib o’tilgan ko’rsatkichlar 1000 kishiga nisbatan hisoblanadi, ya’ni nisbiy ko’rsatkich promille (%0)da hisoblanadi. Aholi tabiiy harakatining asosiy nisbiy ko’rsatkichlar quyidagilar hisoblanadi: tug’ilish koeffistienti, o’lish koeffistienti, tabiiy o’sish koeffistienti, nikohdan o’tish koeffistienti, ajralish koeffistienti. Nikohdan o’tish koeffistientini aniqlash uchun joriy yildagi nikohlar soni aholining o’rtacha yillik soniga bo’linadi, ajralish koeffistientini esa, shu yilda bekor qilingan nikohlar sonini aholining o’rtacha yillik soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Tug’ilish va o’lish orasidagi farqni aniqlash uchun aholi statistikasida hayotiylik ko’rsatkichiga tayaniladi. U o’zida tug’ilganlar soni bilan o’lganlar soni orasidagi farqni ifoda etadi. Aholning tabiiy xarakatini ifodalovchi barcha ko’rsatkichlar odatda bir yilga nisbatan hisoblanadi. Lekin ayrim hollarda u bnr muncha uzoqrok davr oralig’ida nisbatan ham hisoblanishi mumkin. quyida O’zbekistondada tug’ilish va o’lish, aholiniig tabiiy o’sish ko’rsatkichlari hamda nikoh na ajralishlar xaqidagi ma’lumotlar beriladi. Download 271.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling