2-mavzu. Antik davr psixologiyasi. Jon xaqidagi psixologik bilimlarning vujudga kelishi Reja


Download 38.22 Kb.
bet1/5
Sana05.02.2023
Hajmi38.22 Kb.
#1167833
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu-1


2-mavzu. Antik davr psixologiyasi. Jon xaqidagi psixologik
bilimlarning vujudga kelishi
Reja:



  1. Antik davr psixologiyasida jon xaqida materialistik ta’limotlarning asosiy xolatlari.

  2. Antik materializm chuqqisi, atomistik materializm.

  3. Hissiyot xaqida ta’limotlar. Arastuning faoliyat xaqidagi fikrlari.

  4. Antik davrdagi tibbiyot olimlarining ta’limoti.



Tayanch so`z va iboralar:


Psixologiya, jon, ruh, shaxs, ruhiy holat, jarayon, hodisa, mexanizm, fakt, falsafa, Antik davr psixologiyasi, materialistik ta’limot, Demokrit, Livkipp, Epikur, Aflotun, affekt.


ANTIK DAVR PSIXOLOGIYASIDA JON XAQIDA MATERIALISTIK TA’LIMOTLARNING ASOSIY XOLATLARI.
«Psixologiya» termini XVI asrning oxirlarida paydo bo'lib, faqat XVIII
asrning oxiri va XX asrning boshlaridagina keng qo'llaniladigan bo'ldi.
Lekin keyinchalik «Psixologiya» deb atalgan ta’limotning o'zi bundan
ikki yarim ming yil oldin Gretsiyada paydo bo'lgan. VII—V asrlardagi qadimgi grek faylasuflari boshqa dunyoning mohiyatini, uning kelib chiqishini bilishga uringanlar. Shu munosabat bilan ular tabiat haqida, inson haqida, uning olamda tutgan o'rni haqida, xususan, uning ruhi va ruhiy hayoti, uning taqdiri haqida fikr yuritganlar.
Darvoqe, o'sha davrlarda ruh haqidagi ta’limotda bir-biriga qarama-qarshi
bo'lgan, binobarin, o'zaro doimo kurashadigan ikki oqim—materialistic va idealistik oqimlar paydo bo'lgan.
Qadimgi grek faylasuflarining ta’limotiga ko'ra, dunyoning asosida
qandaydir bitta moddiy narsa yotadi. Ularning fikricha, inson ham dunyoning bir qismi sifatida shu moddadan tashkil topadi. Masalan, Falesning (624—547-yillar) ta’lim berishicha, butun mavjudotning, shu jumladan, inson tabiatining ham asosi suvdir. Inson ruhi va ruhiy hayoti par (bug') shaklida tasavvur qilingan.
Anaksimen (b.e.a. 588-5 25) «Butun mavjudot zichlashish va siyraklashish qobiliyatiga ega bo'lgan havodan tashkil topgan, deb ta’lim beradi. Ruh — bu juda siyraklashgan havodir», — deydi. Geraklit-Tyomniy (b. e. a. 544—483) tabiatning asosi o't (olov)dir deb hisoblagan. « Hamma narsa olovdan paydo bo'ladi va hamma narsa yana olovga aylanadi. Butun dunyo, alohida narsalar, shuningdek, inson
ruhi ham olovdan kelib chiqadi» — deydi u.
Geraklitning fikricha, ruh—bu dunyoning abadiy harakatlanadigan va o‘zgarib turadigan asosining—olovning o‘tkinchi holatlaridan biridir. Hamma narsaning asosi tuproq, uning zarrachalaridir deb hisoblagan mutafakkirlar ham bo'lgan.
Empedokl (Sitsiliya orolidan, 483—423) «Tabiat haqida» degan poemaning muallifi bo‘lib, u dunyoning asosida qandaydir bitta stixiya (suv,havo, tuproq yoki olovdan bittasi) emas, balki to‘rtala stixiyaning hammasi, ya’ni suv, havo, tuproq, va olov yotadi», — deb ta’lim bergan. Empeoklning ta’limotiga ko‘ra, dunyodagi narsa va hodisalarning turli-tumanligi shu to‘rtala elementning birikishi bilan izohlanadi. Shu to‘rt element haqidagi ta’limot inson haqidagi ta’limotda ham o‘z ifodasini topgan. Gippokratning (460—356) temperamentlar haqidagi ta’limoti bunga misoldir.
MATERIALIZM (lot. materialis — moddiy) — falsafadagi asosiy oqimlardan biri; moddiy, tabiiy, jismoniy olamning obyektiv ravishda, yaʼni uning iroda, ruh, ongga bogʻliq boʻlmagan holda mavjudligini va ularga nisbatan birlamchiligini taʼkidlashga asoslangan falsafiy taʼlimot. Idealizmnit muqobili. Materializm ruhiy hodisalar va qadriyatlarning mustaqil mavjudligini inkor etadi va ularni olamning birlamchi boʻlgan moddiy asosi rivojining oliy darajasida vujudga keladigan xossa va munosabatlari tarzida talqin qiladi. Materializmning gno-seologik (bilishdagi) ildizini amaliyot, insonning voqelikni oʻzgartirishga qaratilgan olamshumul tarixiy tajribasi tashkil etadi.
Materializm oddiy qilib aytganda, vokelikni moddiy sababga asoslanib tushuntiruvchi taʼlimotdir.
Antik davr atomistik materializmining vakillari Demokrit, Epikur va Lukretsiy edilar. Ular mavjud bo'lgan hamma narsaning asosi sifatida cheksiz bo'shliqda harakatlanadigan atomlarni, bo'linmas, o'tib bo'lmaydigan, mayda moddiy zarralarni oldilar.
Demokrit qadimgi Yunonistonning qomusiy olimi edi. U fanning turli soxalari: falsafa, fizika, matematika, biologiya, tibbiyot, pedagogika, ruxshunoslik, filologiya, etika, san’at, siyosat, mantik, ijtimoiy xayot masalalariga doir fikrlarni bayon etgan edi.Demokritning merosida insonni har tomonlama kamol toptirish, unda insonparvarlik, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish, odob-axloq, e’tiqod, vijdon va boshqa olijanob insoniy fazilatlarni shakllantirishga oid qimmatbaxo fikrlar mavjuddir.Levkin (500-440) Demokrit bilan birgalikda atomistik pe’ berdi.
Demokritning atomistik falsafasi keyinchalik Epikur (341-270) tomonidan rivojlantirildi. Demokrit atomlarining asosan shakl va miqdor jixatdan farkini ta’kidlagan bo’lsa, Epikur esa ularning xajmi, og’irligi jixatdan farkini ta’kidlaydi.
Qadimgi Yunon madaniyatida sofistlar falsafasi katta o’rin tutadi. Sofistlar antropologiya (inson xakidagi fan) va gnoseologiya (bilish tugrisidagi Fan) muammolari bilan shug’ullangan. Sofistlar usha davrdagi yangi kasblarning moxir ustalari, yahni uqituvchilar, diplomatlar, notiklar, sud maxkamalarida ishlovchi mutaxassislardan iborat bo’lib, xaqiqat osoyishtalik, adolat o’rnatishga xizmat qilgan. Ularning ta’limoti Suqrot falsafasiga xam ma’lum darajada tahsir ko’rsatgan. Sukrot (asli Sokrat) (er.avv. 469-399 yillar) qadimgi Yunon faylasufi Afinaning ijtimoiy xayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi bilan shugullangan, xurfikrli inson. Sukrot fikricha, falsafaning markazida axlok masalalari turmogi lozim. Jamiyatning ravnaki, tinchlik va osoyishtaligi, farovon xayoti axloq-odobning axvoliga bog’lik. Bu masalalar Shark falsafasida xam katta o’rin tutganligi bois xalkimiz, buyuk allomalarimiz Sukrot rolini benixoya xurmat bilan tilga olgan, uning axlok-odob xakidagi pnd-nasixatlariga amal kilgan.
Sukrotning shogirdi Aflotun (asli Platon) (mil.avv.427-347) jaxon falsafasi tarixida uchmas iz koldirgan. U nafakat faylasuf olim, balki sanhatkor, shoir va dramaturg bulgan, uz goyalarini dialoglar tarzida namoyon kilgan.
Platon Demokrit fikrlarini kattik tankid kiladi. Aflotunning falsafiy karashlari, asosan uning «Bazm», «Teetet», «Fedon» nomli dialoglarida, siyosiy karashlar esa «Davlat», «Siyosat» va «Konunlar» nomli asarlarida ifoda etilgan.
Aflotun tahlimoticha olamda «goyalar dunyosi» birlamchi bulib, moddiy dunyo esa ikkilamchi goya dunyosining maxsuli, soyasidir, deb xisoblaydi. Uningcha, «goyalar dunyosi» fazo va vaktga boglik bulmay, abadiy xarakatsiz va uzgarmasdir: u «xakikiy dunedir».
Aflotunning bilish nazariyasiga kura, bilish obhekti «goyalar dunyosi», moddiy Dune va undagi narsa va xodisalar xissiy bilishning manbaidir. Xissiy bilish xakikat emas, chunki u orkali kishilar goyani emas, balki moddiy predmetlarni sezadilar, ular tugrisida tasavvurga ega buladilar. Moddiy buyumlarning asosi va moxiyati bulgan «goyalar dunyosi» ni fakat sof tafakkur yordamida bilish mumkin.
Platon Yunonistondagi kuldorlar aristokratiyasi davlatini eng adolatli va ideal davlat deb xisobladi. U jamiyatni 3 tabakaga bo’ladi. 1. Davlat arboblari – faylasuflar. 2. Xarbiylar (sokchilar). 3. Dexkon va xunarmandlar. Bunda davlat faylasuf – aristokratlar kulida bulishi lozim, xarbiylar esa davlatning zurlik va zulm apparatidan iborat bulib, kuldor uchun zarur bulgan sharoitni yaratishdan iborat.
Aflotunning goyalar xakidagi tahlimoti kadimgi dunyoning eng buyuk mutaffakiri, kuldorlarning urta tabaka vakili Aristotelg’ – Arastu (er.avv. 584-322) tomonidan kathiy tankid kilingan. U yirik asarlari «Metafizika» yoki «birinchi falsafa», «fizika», «jon tugrisida», «Analitika», «Kategoriyalar», «Etika», «Siyosat» va boshkalar.
Arastu Aflotunning «goyalar» nazariyasini asossiz, deb xisoblaydi. Arastu goyalar bilan predmetlar urtasida ayirma yuk deb ta’kidlaydi. Uningcha moddiy olam abadiy va obyektiv xarakterga ega bulib, u xech kanday Platon «goyalari» ga muxtoj emas. Tabiat moddiy asosga ega bulgan narsa va xodisalar yigindisidan iborat, u xar doim xarakat va uzgarishdadir.
Arastu uz asarlarida xamma narsaning asosida materiya yotadi, deb moddiy dunyoning obhektiv mavjudligini ehtirof etadi. Narsalar materiya va shakldan paydo buladi. Xar bir narsa shakllangan materiyadir va shakl borlikning moxiyatidir. Materiyaning uzida rivojlanishning fakat imkoniyati bor xolos, u shakllantirishga muxtojdir. SHakl tufayligina materiya imkoniyatdan vokelikka aylanadi. Xakikiy borlik uning fikricha, materiya va shakllanish birligidir. Bular bir-biriga utib turadi. SHaklsiz materiya yuk. Arastu materiya passiv shaklsiz narsa. SHakl esa aktiv bulib, narsani narsa kiluvchidir. Arastu shaklning aktivligi xakidagi karashni davom ettirib xamma shakllarning shakli – xudoning, dunyoviy ruxning «dastlabki turtkini» ijodiy rolini tahkidlaydi. Bu masalada u Platonga yakin edi.
Bilishning nazariyasida Arastu Demokritning tarafdori edi. Uningcha moddiy dunyo bilishning, sezgilarning, tajribaning asosidir. Sezgilar bizga ayrim anik narsalar xakida mahlumot bersa, aklimiz esa umumlashtirilgan mahlumotlar berishga kodir degan edi.
Arastu mantik fanining barcha muxim masalalarini ishlab chikdi, u mantik bilish uchun zarur bulgan tafakkur shakllari va isbotlash tugrisidagi fandir, deb yozadi. Fikrlar borlikligi Arastuning nuktai-nazaricha, mavjud obhektiv olam xodisalari boglanishlarning inhikosidir.
Arastu kategoriyalar, tushunchalar, muloxazalar va xulosalar tugrisidagi tahlimotlarni kashf etdi. Falsafa tarixida 1-bulib kategoriyalar tizimini ishlab berdi. SHuning bilan birga u kategoriyalarning bir-biri bilan alokadorligini, bir-biriga utishini isbotlab berdi.
Arastu yoki Aristotel (yun.: Ἀριστοτέλης; miloddan avvalgi 384/383, Stagira – miloddan avvalgi 322/321, Xalqida) qadimgi yunon faylasufi, Aflotun shogirdi va Iskandar Zulqarnayn ustozi boʻlgan. U fizika, metafizika, nazm, teatr, mantiq, ritorika, siyosat, etika, biologiya hamda zoologiyaga oid ishlar yozib qoldirgan.
Miloddan avvalgi 367 yilda Afinaga borib, Platon akademiyasida tahsil koʻrdi, 20 yoshida uning ishlarida ishtirok etdi. Miloddan avvalgi 343 yildan eʼtiboran Makedoniya podshohi Filipp taklifi bilan shahzoda Aleksandrga murabbiylik qildi. Miloddan avvalgi 335 yilda Afinaga qaytib, oʻzining Likey maktabini tashkil qildi. Aleksandr vafotidan soʻng 323 yilda xudosizlikda ayblanib, Evbeya Xalqidasiga qochishga majbur boʻldi va umrining oxirigacha shu yerda yashadi.
Arastu qomusiy bilimlar sohibi, peripatetika maktabi asoschisi, uning taʼlimoti ayrim, alohida fanlarni falsafiy nuqtai nazardan yoritib berdi. Fan sohalarini tasniflashda falsafiy tizim yaratish bilan qilishni sevgan tafakkurini rivojlantirishga juda kuchli taʼsir koʻrsatdi. Arastu ijodi oʻz zamonidagi deyarli barcha bilim sohalarini qamrab oldi. Oʻzining „ilk falsafa“ ga oid („Metafizika“) asarida Platonning gʻoyalar nazariyasini tanqid qildi. „Platon gʻoyalari“ moddiy predmetlarning oddiy nusxasi, aynan oʻzi ekanini koʻrsatdi. Arastu ayrimlik va umumiylikning oʻzaro munosabati masalasini hal etdi. Ayrimlik „biron-bir joy“dagina va „hozir“dagina mavjuddir, uni his bilan idrok etish mumkin. Umumiylik esa har qanday joyda va har vaqtda („hamma yerda“ va „hamma vaqt“) mavjud, u muayyan sharoitda ayrim holda yuzaga kelib, shu ayrimlik orqali idrok qilinadi. Shuningdek umumiylik – fan predmeti, uni aql vositasida bilib olish mumkin.
Antik falsafada idealistik oqimning eng yirik namoyondachilari Sakrat va shogirdi Platon hisoblanadi. Ularning asosiy fikrlari idealistik nuqtai nazardan nazardan shu bilan asoslanadiki «jon, ruh va tana alohida-alohida substantsiya hisoblanadi. Tana tirik yoki o’lik holatda materiadir, agar tanaga jon yoki ruh qo’shiladigan bo’lsa, u tirik materiyaga aylanadi va ruh paydo bo’ladi. Agar tanani jon yoki ruh tark etgan bo’lsa, tana substantsiya sifatida mavjud bo’ladi va ruh yo’qoladi. Jon yoki ruh bir tanadan ikkinchi tanaga o’tishi mumkin. U ilohiy kuchga buysungan bo’lib, u tanadan bu tanaga o’tish nafaqat ollohgagina bog’liqdir deb hisoblaydi» Ularning bu g’oyasi Platon tomonidan yozib qoldirilgan dialoglarida o’z ifodasini topadi. Idealistik oqimining o’zi ikki xil ko’rinishga ega bo’ladi:

Download 38.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling