2-mavzu: Bakalavr mutaxassisligi bo’yicha ob’ektlar va jarayonlarning namunaviy modellari va ularni tadqiqot qilish metodikalarini o’rganish. Reja
Download 16.14 Kb.
|
2-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy-tadqiqot ishi to’g’risidagi hisobot
Dissertatsiya
Ilmiy ma’ruza ilmiy-tadqiqotishlarining aloxida turlaridan xisoblanib, u tadqiqotchining tinglovchilar bilan bevosita muloqatiuchun sharoit yaratadi. Ilmiy maruzada quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:
Ilmiy ma’ruza Taqriz (ko’zatish, tekshirish) - yozma shakldagi maqola bo’lib, unda qandaydir bir yoki bir necha ilmiy asar - monografiya, darslik, dissertatsiya, ilmiy ishlar to’plami va xokozalar taxlil etiladi hamda ularga tanqidiy baxo beriladi. Har qanday taqrizning asosiy maqsadi taxlil etilayotgan ishga xar jixatdan baxo berish, uning ijobiy tomonlari va nuqsonlarini ko’rsatishdan iborat bulishi kerak. Taqrizchi muallifning tadqiqot olib borish jarayonida kashf etgan barcha yangiliklari, qimmatli fikrlarini ko’rsatib utishi, ishning royaviy-nazariy darajasi hamda ilmiy qimmatini belgilab berishi, ayni vaqtda, uning salbiy jixatlarini, yetarlicha taxlil qilinmagan fikrlarini ham ochib berishi lozim. Taqrizda xar bir tanqidiy e’tiroz isbotlab berilishi, umumiy baxo (xulosa) esa tushunarli, aniq; bulishi shart. Taqriz Taqriz ustida ish olib borar ekan, muallif shuni yodda tutishi kerakki, ilmiy ishning bu turi xar doim 2 kishiga muljallab yoziladi - ulardan biri o’quvchi bo’lsa, ikkinchisi taxlil etilayotgan asarning muallifi. Yaxshi yozilgan, mazmunli taqriz o’quvchini muallifning fikrlash yunalishini ko’zatib, asarning haqiqiy qimmatini aniqlash, kamchiliklarini ko’ra bilish, unga o’z munosabatini bildira olishga urgatadi. Shu bilan birga, taqrizchining qatiyatli, xar bir fikri chuqurasoslab berilgan tanqidiyi, albatta, muallifga nisbatan hurmat saklagan xolda bayon etilishi, uning tadqiqotchi, ilmiy xodim sifatida usib borishiga yordam berishi kerak. Agar taqrizchi dissertatsiya xaqida rasmiy opponent sifatida taqriz berayotgan bo’lsa, bu Boshqa masala. Lekin, odatda, xar bir taqrizda muallif quyidagi asosiy jixatlarni albatta e’tiborga oladi:
Taqrizni uchta asosiy tarkibiy qismga bo’lib o’rganish juda qulay: 1) kirish - xujjat qismi- unda taxlil qilinayotganishga umumiy tavsif beriladi; 2) taqrizning o’zi - ish bulimlari tanqidiyiy taxlil qilinib, unga, agar mavjud bo’lsa, ko’zatishlar, suratlar, jadvallar va xk. bayonnomalariga berilgan baxo ham kiritiladi; 3) umumiy xulosa. Ilmiy-tadqiqot ishi to’g’risidagi hisobot ilmiy- tadqiqot ishining aloxida kurinishidir. U ko’pincha berilgan («buyurtma qilingan») mavzu ustidagi ilmiy-tadqiqot ishiga yakun yasaydi va buyurtmachiga yoki kompleks tadqiqot ishlariga umumiy raxbarlikni olib borayotgan bosh ilmiy-tadqiqot tashkilotiga taqdim etiladi. Davlat standarti tomonidan ilmiy-tadqiqot ishi to’g’risidagi hisobatga quyidagi umumiy talablar qo’yiladi: aniq to’zilish; tadqiqot materialini bayon qilishda mantiqiy izchillik; dalillashdagi ishonchlilik, fikr ifodalashda qisqalikka intilish, sub’ektivlikka, gapning Boshqa ma’noda talqin etilishiga yul quymaydigan aniqlik; ish natijalarini tupik qayd etish; xulosalarni isbotlash mumkinligi hamda tavsiyalarning asosliligi. Tanlangan ish yunalishining asoslanishi. Bu bulimda ilmiy-tadqiqot ishi uchun tanlangan yunalishning Boshqa mavjud yunalishlarga nasbatan ustunligi ko’rsatib borilishi kerak. Unda tanlangan yunalishga ham ilmiy (texnik), ham iqtisodiy nuqtaiy nazardan asoslangan xolda baxo beriladi. Tanlangan tadqiqot yunalishi va uning zaminidagi ishchi faraz mazkur ilmiy tadqiqot ishini o’tkazish uchun mavjud sharoitlarni e’tiborga olgan xolda taxliliy obzor tarkibiga kiritilgan tavsiyalarga tayanishi mumkin. Ilmiy-tadqiqot ishi to’g’risidagi hisobot Download 16.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling