2-mavzu: biologiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari.
Download 147 Kb.
|
2-mavzu biologiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq.
- Topshiriqning didaktik maqsadi
- Taqqoslanadigan jihatlar Lola Na’matak
1-topshiriq. Qirqquloqlar, ochiq urug‘lilar va yopiq urug‘lilarning tuzilishini taqqoslang. Ularning tuzilishidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlang.
Yopiq urug‘lilarning o‘simliklar olamida hukmronligi sababini aniqlang. 2-topshiriq. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar va qushlarning tuzilishini taqqoslang. Ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlang.
O‘quvchilar topshiriqlarni bajarib bo‘lganlaridan so‘ng, o‘qituvchi biologik progress, aromorfoz, idioadaptatsiya, umumiy degeneratsiya haqida ma’lumot beradi va o‘quvchilardan misol keltirishlarini so‘raydi. O‘quvchilar o‘zlari to‘ldirgan jadvaldan foydalanib, yopiq urug‘lilar va qushlardagi aromorfozlarni aniqlashadi. SHu tarzda o‘quvchilarda bog‘lanishli fikr yuritish ko‘nikmalari shakllantiriladi va rivojlantiriladi. Mustaqil fikr yuritish (muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, farazlarni ilgari surish, avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi vaziyatlarda qo‘llab, yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash, o‘z fikrini dalillash). Mustaqil fikr yuritish shaxs hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. SHu sababli biologiyani o‘qitishning barcha shakllarida, o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ahamiyat berish zarur. Mustaqil fikr yuritish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: muammoli vaziyatlarni tahlil qilish; farazlarni ilgari surish; avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi vaziyatlarda qo‘llab, yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash; o‘z fikrini dalillash; javobning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish. O‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni rivojlantirish uchun o‘qituvchi har bir mavzuni o‘rganishda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishi va o‘quvchilarning bilish faoliyatini muammoli vaziyatlarni hal qilishga yo‘llashi lozim. Masalan, «Loladoshlar oilasi» mavzusini o‘rganishda muammoli vaziyat vujudga keltirilib, o‘quvchilarning ikki urug‘pallalilar sinfi oilalarini o‘rganishda o‘zlashtirgan bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llashga imkon yaratishi lozim. Jumladan, o‘quvchilarga quyidagi o‘quv topshiriqlarini bajarish tavsiya etiladi. Topshiriqning didaktik maqsadi: Bir urug‘ pallali o‘simliklar, loladoshlar oilasining o‘ziga xos xususiyatlari oilaning yovvoyi va madaniy vakillarining ahamiyatini o‘rganish
Mantiqiy fikr yuritish muammoni hal etishning ichki va tashqi mantiqini hisobga olgan holda mantiqan dalillash, usullarning mantiqan ketma-ketligini aniqlashdir. Mantiqiy fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: I.Muammoli vaziyatni anglash, uni hal etish yo‘llarini aniqlash. II.Muammoni hal etishning ichki va tashqi mantiqini hisobga olgan holda mantiqan dalillash. III.Muammoni hal etish usullarining mantiqan ketma-ketligini aniqlash. IV.O‘z javoblarining to‘g‘riligini dallillash va javobning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish. Tizimli fikr yuritish o‘rganilgan ob’yektni qismlarga ajratish, uning yaxlitligini, o‘zaro bog‘liqligini aniqlash va tavsiflash ko‘nikmasidir. Tizimli fikr yuritish o‘quvchilarning o‘rganilayotgan ob’yektni qismlarga ajratish, uning yaxlitligi, o‘zaro bog‘liqligini aniqlash va tavsiflash ko‘nikmalarini rivojlantirishga asoslanadi. O‘qituvchi o‘quvchilarda tizimli fikr yuritishni rivojlantirish uchun muayyan mavzularda o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishi va tegishli o‘quv topshiriqlarini tanlashi yoki zarur hollarda tuzishi lozim. Jumladan, 9-sinfda “Endoplazmatik to‘r, ribosoma, Golji majmuasi, lizosoma, mitoxondriya, hujayra markazi” mavzusida o‘quvchilarga quyidagi o‘quv topshirig‘ini tavsiya etishi maqsadga muvofiq. Topshiriqning didaktik maqsadi: Hujayraning tuzilishi va funksiyalarini o‘rganish orqali, hujayraning yaxlit tizim ekanligi, organoidlarning tuzilishi va funksiyasi, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash.
Download 147 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling