1-chizma. Mikroorganizmlar seleksiyasi
Masalan, kon’yugasiya usuli (bakteriyalar orasida genetik materiallar bilan almashish), neft qoldiqlarini faol parchalovchi Pseudomonas putida shtammini yaratishda samarali foydalanilgan edi.
Ko’pincha transduksiya (bakteriya viruslari-bakteriofaglar yordamida bir bakteriyadan boshqa bakteriyaga genlar o’tkazish) va amplifikasiya (kerakli genlarni nusxa sonini ko’paytirish) usullaridan keng foydalanish orqali har xil fiziologik faol moddalar sintez qiluvchi hosildor shtammlar yaratilgan. Ko’pgina mikroorganizmlarda antibiotik sintez qiluvchi genlar va ularni boshqaruvchilari xromosomalarda emas, balki plazmidalarda (xromosomadan tashqaridagi DNK) joylashgan bo’ladi. Bunday paytda amplifikasiya orqali hujayradagi plazmidalar sonini ko’paytirish orqali shtammlarni hosildorligini oshirish mumkin.
Seleksiya ishlarini yana bir yo’li bu har-xil bakteriyalar protoplastlarini bir-biriga birlashtirish natijasida genetik rekombinantlar olish yo’lidir (3-chizma).
2-chizma. Genlarni klonlash strategiyasi
Masalan: Streptomyces reptomyces bakteriyasining ikki xil shtammlaridan olingan protoplastlarni bir-birlariga birlashtirish oqibatida S-rifamisin sintez qiluvchi hosildor shtamm yaratilgan. Rifampisin sintez qilmaydigan Nocardia mediterranei shtammlari protoplastlarini bir-birlariga qo’shish oqibatida rifampisinni 3 yangi hosilasini sintez qiluvchi shtamm yaratilgan.
Protoplastlarni qo’shilishi orqali tabiiy sharoitda bir-birlari bilan qo’shilmaydigan mikroorganizmlarni genetik materiallarini birlashtirish ham mumkin.
Mikroorganizm – produsentlarni gen muhandisligi usullari yordamida yaratish
O’tgan asrning 70 – yillarida biotexnologiyada yangi tajriba texnologiyasi – genetik (gen) muhandislik yaratildi. Bu usulning asosida hujayradan tashqarida rekombinant DNK yaratish yotadi. Bu texnologiyadan foydalanish oqibatida genlarni sof holda ajratish, ularni modifikasiya qilish, birini ikkinchisiga ulash, “genlar majmuasi” yaratish, oqibatida butunlay yangi xususiyatiga ega bo’lgan oqsil sintez qilish imkoniyati yaratildi va uni oqsillar muhandisligi deb ataladi (4–chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |