Mutasiya jarayoni va DNK reparasiyasi.
DNK molekulasi strukturasini tashqi nomuqobil omillar ta’sirida o’zgarishi mutasiya deyiladi. Mutasiyaga uchragan DNK molekulasida irsiy axborot o’zgaradi va organizmning mo’tadil holatda yashashiga keskin ta’sir ko’rsatadi. Tirik organizmning mutant formalari vujudga keladi. Boshqa organizmlardan farqli o’laroq o’simlik va mikroorganizmlarning xo’jalik ahamiyati yuqori bo’lgan mutant formalari xalq xo’jaligida keng ko’lamda foydalaniladi (2-jadval).
2-jadval.
Auksotrof mutantlar yordamida L-aminokislotalarining birlamchi metabolitlarini olinishi
Amino-kislota
|
Produsent
|
Tansiq modda
|
Substrat
|
Kultural suyuqlikda aminokislotalar miqdori, g/l
|
L-lizin
|
Breviabacterium flavum
|
Treonin, metionin yoki gomoserin
|
Glyukoza saxaroza
|
60-100
|
L-trionin
|
Escherichia coli
|
Lizin, metionin, izoleysin
|
Glyukoza
|
20
|
L-ornitin
|
Coryneobacterium glutamicum
|
Arginin
|
Glyukoza
|
26
|
L-fenil-alanin
|
Arthrobacter parafineus
|
Tirozin
|
H-alkanlar
|
15
|
L-tirozin
|
Corynebacterium sp.
|
Fenilalanin
|
H-alkanlar
|
19
|
L-valin
|
Coryneobacterium glutamicum
|
Izoleysin
|
Glyukoza
|
11
|
Inson organizmidagi mutatsion o’zgarishlar og’ir kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi (oq qon kasalligi).
Mutatsiyaga uchragan DNK molekulasini asl holatiga qaytish jarayoni DNK reparatsiyasi deyiladi. Reparatsiya jarayoni DNK aza, DNK-polimeraza II va DNK-ligaza fermentlari ishtirokida amalga oshiriladi. Bu fermentlar tizimi yordamida DNK strukturasi dastlabki mo’tadil holatiga qaytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |