2-mavzu. Biotexnologiyada gen muhandisligi Reja


GEN MUHANDISLIGINING MOHIYATI VA VAZIFALARI


Download 253.5 Kb.
bet8/13
Sana23.12.2022
Hajmi253.5 Kb.
#1044262
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2-Mavzu

2. GEN MUHANDISLIGINING MOHIYATI VA VAZIFALARI
Viruslar bilan prokariot hujayralar orasidagi materialning ko’chirilishini, tabiiy sharoitda bakteriyalarda o’tadigan rekombinasiya mexanizmlarini o’rganish, plazmidalar va mo’tadil faglarning hujayradagi hayotini tushunish genlar ustida turli manipulyasiyalar o’tkazish imkoniyatini beradi. Olimlar qo’lida DNKning kerakli bir qismini bakteriya hujayrasiga ko’chirib o’tkazadigan sitema -plazmidalar ham bor. Bunday transmissiv ko’chirib o’tkazuvchi halqali molekulalar - plazmidlar va mo’tadil viruslar vektor deb ataladi (4-jadval).
Ular tabiatning o’zi biologlarga taqdim qilgan sovg’a bo’ladi. Shunday ekan, endi bakteriyalarni kulturada (ular o’sadigan muhitda) insonlar uchun kerakli oqsillarni, fermentlarni sintezlashga majbur qilib bo’lmasmikan degan savol tug’iladi?
Bu g’oyalarning amalda yuzaga chiqishi gen muhandisligi yoki genetik muhandislik deb ataladigan va katta istiqbolga ega bo’lgan yangi sohani dunyoga keltirdi.
4-jadval

Vektorlar

Nusxalar
miqdori

O’lchami, ming nukleotidlar

klonlash uchun plazmid vektorlari:
pBR 322
pACU 184

40-50
F20



4,4
4,0



klonlashda maxsus kattalikdagi vektorlar:
l Chron 4A
kosmida pHC 79

100-200
F20



41,8
6,4



genlar ekspressiyasi uchun plazmid vektorlari:
p trp ED5-1

40-50


6,7


Gen muhandisligi qisqacha aytganda, genlar ustida turli manipulyatsiyalar o’tkazish, ularni to’la o’rganish asosida funksional qismlarga bo’lish, kerakli joyidan kesish, kerak emas qismini olib tashlash, kerak bo’lgan qismlarini boshqa genlardan yoki sintez yo’li bilan olib ulash va shu usulda tayyorlangan duragay yoki rekombinant genni muvofiq organizmga kiritib (masalan odamning insulin genini mikrob hujayraga yoki sichqonning o’sish garmoni genini kalamushga), zarur turlarni yoki preparatlarni sintez qilish va hakozo g’oyalar va texnologiyalarning yig’indisidir (6-chizma).


Ayrim DNK molekulalari genlar bir turinng ko’p nusxasini hosil qilish uchun ilgaridan hujayralarning toza liniyalarini olishda ko’pdan beri ishlatiladgan klonirlash texnikasining molekulalariga moslashtirilgan varianti qo’llanadi. Hujayra liniyalarining bir xilligini klonirlash usuli bilan kuchaytirish mumkin. Klon deb birdan-bir old hujayradan kelib chiqqan hujayralar populyasiyasiga aytiladi. Klonirlash asosan mutant hujayralar olish uchun ishlatiladi. Molekulyar klonirlash DNK ning aniq bir namunasini toza holda ko’paytirishdan iborat.



Download 253.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling