2-mavzu. Biotexnologiyada gen muhandisligi Reja
DNK, RNK va oqsil molekulalarining biosintezi
Download 253.5 Kb.
|
2-Mavzu
DNK, RNK va oqsil molekulalarining biosintezi.
DNK replikasiyasi. Tirik organizmda oldindan mavjud qolip asosida yangi DNK molekulasining yaratilishi nuklein kislotalarining sintezlanish yo’lidir. Mavjud DNK molekulasidan nusxa olish replikasiya deb ataladi. Replikasiya jarayoni DNK-polimeraza I, II, III, DNK-ligaza va revertaza fermentlari yordamida amalga oshadi. rep-belok yordamida DNK qo’sh zanjiri ajraladi va DNKga bog’lanadigan oqsil molekulalari yordamida DNKaning ajralgan zanjirlari stabil holatda saqlanib turiladi. DNK-polimeraza III fermenti DNK ning 3' uchidan 5' uchigacha DNKning bitta zanjirini to’la sintez qilish qobiliyatiga ega. DNK sintezi faqat DNK ning 3' uchidan 5' uchiga qarab borishi tufayli DNK ning ikkinchi zanjiri praymaza, DNK-polimeraza I va DNK-ligaza fermentlari yordamida amalga oshadi. Praymaza (revertaza) fermenti yordamida DNK ning ikkinchi zanjiri sintezi uchun praymer sintez qilinadi va DNK-polimeraza III fermenti yordamida praymer nukleotidlar ketma-ketligidan DNK sintezi boshlanadi va DNK-polimeraza I fermenti yordamida bu nukleotidlar ketma-ketligi bir oz uzaytiriladi. Ko’plab hosil bo’lgan DNK fragmentlari DNK-ligaza fermenti yordamida ulanadi. Bu jarayon DNK ning ikkinchi zanjiri to’la sintez bo’lguncha davom etadi. YAngi DNK zanjiri tayyor DNKning nusxasiga, matrisasiga qarab tuziladi. Bu jarayonda matrisa vazifasini DNK qo’sh zanjirining bir ipi bajaradi. RNK sintezi jarayoni transkripsiya deb ataladi. Har uchala tipdagi RNK sintezi turli tipdagi RNK-polimraza (RNK-polimeraza I,II,III) fermentlari yordamida amalga oshiriladi. pRNK sintezi RNK-polimeraza I fermenti, iRNK RNK-polimeraza II fermenti va tRNK hamda kichik o’lchamli yadro RNK si molekulalari RNK-polimeraza III fermenti yordamida amalga oshiriladi. Hamma RNK molekulalari sintezi uchun DNK ning bitta ipi matrisa vazifasini o’taydi. Oqsil sintezi ribosomalarda o’tadi. Ribosoma hujayra metabolizmi uchun zarur bo’lgan oqsillar sintezini DNK dan olingan informasiya asosida kodlash mexanizmiga muvofiq amalga oshiradi (1-rasm) . DNK zanjiridan olingan iRNK nukleotidlar tartibi shaklidagi informasiya ribosoma yordamida oqsil molekulasidagi aminokislotalar tartibiga ko’chiriladi. Oqsil sintezi jarayoni translyasiya (tarjima qilish) deb ataladi. Nuklein kislotalarda har bir aminokislotalarni taniydigan va tanlab biriktirib olib tashishda vositachiliq qiladigan birin-ketin uchta nukleotidlar kombinasiyasi mavjudki, bu o’z navbatida aminokislota kodi, oqsil kodi, kodon, keng ma’noda genetik kod deb yuritiladi. Oqsil molekulasiga kiradigan aminokislotalar 20 ta bo’lganligidan kodonlar soni ham 20 dan kam bo’lishi mumkin emas. Bunda hosil bo’ladigan kombinasiyalar soni 64-43, kodlanadigan aminokislotalar sonidan ancha ko’p, lekin ma’lum bo’ldiki 20 ta aminokislotadan 18 tasi bittadan ortiq 2, 3, 4, va 6 kodon bilan kodlana olar ekan. Bundan tashqari, uchta kodon UAA, UAG, UGA aminokislotalarni kodlamaydi va polipeptid zanjirining tugaganidan darak beradi, ular terminatorlar «tugatuvchilar» deb ataladi. Poliribosomalarda oqsil sintezi iRNKning 5' oxiridan boshlanib 3' oxirida tugaydi. Oqsil sintezi tugagach iRNK ribosomadan ajralib chiqadi va ribosoma ikkita subparchalarga dissosiatsiyalanadi. Download 253.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling