2-mavzu: blum taksonomiyasi. Uning nazariy-metodologik asoslari va ona tili va adabiyot darslarini o‘tishdagi ahamiyati reja


Blum taksonomiyasi hamda ona tili va adabiy ta’lim. adabiyot o‘qitish metodikasi fanida motivatsiya


Download 107.5 Kb.
bet2/6
Sana31.03.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1312700
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-ma\'ruza ma\'vzusi. Makt.dars.maz.

Blum taksonomiyasi hamda ona tili va adabiy ta’lim. adabiyot o‘qitish metodikasi fanida motivatsiya
Bugungi kunda ta‘lim standartlari rivojlangan Buyuk Britaniya, Germaniya, Amerika kabi mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini, sinovdan о‘tgan yondashuvlarini milliy ta‘limga olib kirish, о‘qitish va о‘rganish sifatini о‘sishida, adabiyot darslarining samaradorligini oshirishda va sohani jahon standartlariga mos rivojlanishida muhim faktorlardan biri bо‘lib xizmat qiladi. Jumladan, Britaniya ta‘lim muassasalarida о‘quvchilarni ijodkorlik, faollik, fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan turli xil nazariya va konsepsiyalardan foydalaniladi. Mana shunday nazariyalardan biri Blum taksonomiyasidir. 1950-yilda Benjamin Blum tomonidan ishlab chiqilgan mazkur modelning eng muhim jihati turli ehtiyoj va qobiliyat, dunyoqarash, tafakkur egalari bо‘lgan о‘quvchilarni dars jarayonlarida bir xil tarkibda va bir xil faollikda ishtirok etishlarini ta‘minlaydi hamda asosiy e‘tibor badiiy asarni о‘rganish bosqichlariga qaratiladi.
1956-yilda Amerikalik olimlar Benjamin Blum (Benjamin Bloom), Maks Englhart (Max Engleheart), Edvard Furst (Edward Furst), Uolter Hill (Walter Hill) va Devid Krasvol (David Krathvol) tomonidan yaratilgan ta’limiy maqsadlar taksonomiyasi (aksar adabiyotlarda Blum taksonomiyasi deb yuritiladi) fanni o‘qitishda maqsadlarni soddadan murakkabga va aniqdan mavhumga qarab rejalashtirish uchun xizmat qiladi.
Blum taksonomiyasida kognitiv ko‘nikmalar (bilish, tushunish, tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish bilan bog‘liq ko‘nikmalar) quyi darajadagi ko‘nikmalar va yuqori darajadagi ko‘nikmalarga bo‘linadi. Yuqori darajadagi ko‘nikmalar quyi darajadagi ko‘nikmalarga qaraganda murakkabroq jarayonlarni o‘z ichiga oladi va o‘quvchilarda ularni shakllantirish uchun o‘qituvchidan kreativ yondashuvlarni talab qiladi. Shu bilan birga, quyi darajadagi ko‘nikmalarni shakllantirmasdan turib yuqori darajaga o‘tish mumkin emas.
Quyi darajadagi ko‘nikmalarga quyidagilar kiradi:

Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling