2-mavzu: blum taksonomiyasi. Uning nazariy-metodologik asoslari va ona tili va adabiyot darslarini o‘tishdagi ahamiyati reja


) Darsning oldiga qo‘yilgan vazifalarni aniqlashtirib olish


Download 107.5 Kb.
bet5/6
Sana31.03.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1312700
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-ma\'ruza ma\'vzusi. Makt.dars.maz.

1) Darsning oldiga qo‘yilgan vazifalarni aniqlashtirib olish. Darsni rejalashtirishda darsning oldiga qo‘yilgan vazifalarni, ya’ni o‘quvchilar darsning oxirida egallashi lozim bo‘lgan bilimlar va ko‘nikmalar majmuini aniq belgilab olish juda muhimdir, chunki darsda qo‘llash uchun tanlanadigan metodlar va o‘quv materiallarining barchasi aynan shu vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan bo‘ladi.
Shu o‘rinda, maqsad va vazifalarning farqini aniqlashtirib olish lozim. Maqsad – fanni yoki uning qismini o‘qitish natijasida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar yoki o‘quvchilarda rivojlantirilishi lozim bo‘lgan kompetensiyalar yig‘indisidir, vazifa esa maqsadga erishish yo‘lidagi kichik bir qadam bo‘lib, konkret kognitiv jarayonlarga qaratilgan. Bunda o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan murakkab ko‘nikma va kompetensiyalar kichik konkret kognitiv malakalarga bo‘linishi va har bir malaka izchil rivojlantirilishi talab qilinadi. Masalan, o‘quvchilarga she‘riy vaznlarni ajrata olishni o‘rgatish maqsad sifatida qo‘yilgan bo‘lsa, bu maqsadga erishishni “o‘quvchi barmoq vaznida yozilgan she‘rlarni aniqlay oladi”, “o‘quvchi aruz vaznida yozilgan she‘rlarni aniqlay oladi” singari vazifalarga bo‘lish mumkin.
Amerikalik psixolog va pedagog olim, ta’limga “mezonlarga asoslangan ta’lim” (criterion-referenced instruction) yondashuvini olib kirganlardan biri Robert Meyjerning (Robert Mager, 1923-yil) ta’kidlashicha, dars oldiga qo‘yilgan vazifa quyidagi uch komponentdan iborat:
- o‘quvchi dars oxirida nimani bajara olishi – bu fe’l orqali ifodalanadi va dars oxirida o‘quvchi bajara oladigan, o‘qituvchi esa kuzatib, baho bera oladigan konkret xatti-harakatdan iborat bo‘ladi;
- o‘quvchi bu narsani qanday sharoitda bajara olishi;
- o‘quvchi bu narsani muvaffaqiyatli bajargan yoki bajarmaganligi qanday mezonlar asosida baholanishi (bu komponent yozilmagan bo‘lishi mumkin, lekin o‘qituvchi mezonlarni o‘zi uchun aniqlashtirib olishi kerak). Masalan: “Darsning oxirida o‘quvchilar berilgan hikoyada ekspozitsiyani topa oladi va uning ahamiyatini asoslab bera oladi”. Ushbu vazifada: o‘quvchi dars oxirida nimani bajara oladi (birinchi komponent) – ekspozitsiyani topa oladi va uning ahamiyatini aytib bera oladi; qanday sharoitda bajara oladi (ikkinchi komponent) – berilgan hikoya asosida, o‘quvchining xatti-harakati qanday mezonlar asosida baholanadi (uchinchi komponent) – ekspozitsiyani to‘g‘ri topa oladi va uning ahamiyati haqida asoslangan fikr bera oladi.
Demak, darsni rejalashtirishning birinchi bosqichi aniq, kuzatib, baho berish mumkin bo‘lgan vazifalar qo‘ya olishdan iboratdir. Agar vazifalar mavhum ifodalangan bo‘lsa, tegishli o‘qitish metodlari va baholash usullarini tanlash qiyin yoki imkonsiz jarayonga aylanadi.

Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling