2-mavzu: blum taksonomiyasi. Uning nazariy-metodologik asoslari va ona tili va adabiyot darslarini o‘tishdagi ahamiyati reja


Download 107.5 Kb.
bet3/6
Sana31.03.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1312700
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-ma\'ruza ma\'vzusi. Makt.dars.maz.

1. Bilish – o‘quvchi ma’lumotni eslab qoladi va uni qaytara oladi. Bu bosqichning asosiy xususiyatlari:
- kim, nima, qachon, qayerda, qaysi, nega singari faktual savollarga javob bera olish;
- nomini aytish, ajratib olish, topish, moslashtirish, ro‘yxatini tuzish, qayta so‘zlab berish, tasvirlash singari amallarni bajara olish.
Bu bosqichdagi savol va topshiriqlarga namunalar:
1. Asar qahramonlarini sanab bering.
2. Asar qahramonlari va ularning ta’riflarini moslashtiring.
3. Quyidagi gaplarni asarda kim aytganligini toping.
4. Asar voqealari qachon, qayerda kechishini aytib bering.
5. Asardagi voqealar ketma-ketligini to‘g‘ri toping.
6. Asarning sujetini qisqacha bayon qilib bering.
2. Tushunish – o‘quvchi ma’lumotni tushuntira oladi, boshqa shaklga sola oladi, talqin qila oladi va tasniflay oladi. Bu bosqichning asosiy xususiyatlari:
- o‘rganilayotgan hodisalarni solishtirib, o‘xshash va farqli tomonlarini ko‘rsata olish;
- o‘z talqinini bera olish;
- fikrni isbotlash uchun matndan misollar keltira olish;
- keyin nima bo‘lishi mumkinligini bashorat qila olish;
Bu bosqichdagi savol va topshiriqlarga namunalar:
1. Asarning janrini aniqlang.
2. Asar nega shunday nomlanganligini izohlang.
3. Asardagi muammo nimadan iborat va bu muammo qanday yechim topdi?
4. Asar qahramonlarini solishtiring.
5. Asar qahramonlari o‘zlarini qanday his qilishganini tasvirlab bering.
6. Asardagi misralarni sharhlang.
7. Asarda qo‘llanilgan badiiy san’atlarning maqsadini tushuntirib bering.
8. Asardagi tabiat (ob-havo) manzarasining nima uchun ishlatilganligini tushuntiring.
9. Yozuvchining bu asarni yozishdan maqsadi nima deb o‘ylaysiz?
10. Asar voqealari kechayotgan joy tasvirini chizing.
11. Asarga (asardagi bir epizodga) rasm chizing.
3. Qo‘llash – o‘quvchi ma’lumotni yangi hayotiy vaziyatlarda qo‘llay oladi. Bu bosqichning asosiy xususiyatlari:
- muammoli vaziyatlarni yecha olish;
- asar qahramonlarini boshqa vaziyatlarga solib ko‘ra olish;
- asarga o‘zgacha (alternativ) yakun bera olish.
Bu bosqichdagi savol va topshiriqlarga namunalar:
1. Asardagi muammoga boshqacha yechim toping.
2. Tasavvur qiling, siz asar qahramonlaridan birisiz. Hayotingizdagi bir kunni tasvirlab kundalik yozing.
3. Asardagi bir voqea o‘zgarsa boshqa voqealar qanday rivojlangan bo‘lardi?
4. Asar qahramoni boshqa vaziyatda qanday yo‘l tutgan bo‘lardi?
5. Asardagi voqealar boshqa zamonda (makonda) sodir bo‘lsa nimalar o‘zgargan bo‘lardi?
6. Asarga boshqacha yakun yozing. Nega aynan shunday yakunlaganingizni izohlang.
7. Asardagi voqealarga o‘xshash voqealar sizning hayotingizda sodir bo‘lganmi?
8. Siz qahramonning o‘rnida bo‘lganingizda nima qilardingiz?
9. Asar qahramonidan (muallifidan) intervyu oling.
Yuqori darajagi ko‘nikmalarga quyidagilar kiradi:

Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling