2-mavzu. Bolalar psixologiyasi metodlari
Psixologik tadqiqotni о‘tkazish shakllari
Download 22.06 Kb.
|
2-mavzu. Bolalar psixologiyasi fanining metodlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot uzunasiga kesim shaklida
Psixologik tadqiqotni о‘tkazish shakllari . Bolani о‘rganish ikki asosiy shaklda - amalga oshiriladi: «kо‘ndalangiga kesim» shaklida va «uzunasiga kesim» metodi deb nomlanuvchi tadqiqot shaklida amalga oshiriladi.
Tadqiqot kundalangiga kesim shaklida -о‘tkazilganda turli yoshdagi bolalar guruhlarida muayyan psixologik jarayon, xolat yoki xususiyat urganiladi va xap xil yosh bosqichidagi bolalarning natijalari о‘zaro solishtiriladi. Masalan, D.V.Elkonin kichik, о‘rta va katta maktabdari yoshdagi bolalarning syujetli-rolli о‘yinlariga xos xususiyatlarni urganib, о‘zaro solishtirib bolalar о‘yinlari taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatni aniqlagan. Kundalangiga kesim shaklidagi tadqiqotda asosiy e’tibor sinaluvchi bolalar yoshidagi farqlarga qaratilishi kerak. Farq qanchalik kichik bо‘lsa, psixolog-tadqiqotchi bola psixikasi va shaxsidagi barcha muxim о‘zgarishlarni payqashi uchun kо‘ppoq imkoniyatlarga ega bо‘ladi. Tadqiqot uzunasiga kesim shaklida -о‘tkazilganda bir yoki bir necha bolaning muayyan vaqt oralig‘idagi hayoti urganiladi. Tadqiqotchi uzluksiz ravishda bir yosh bosqichidan ikkinchisiga о‘tishda bola psixikasida va xulq-atvorida rо‘y beruvchi о‘zgarishlarni aniqlab boradi. Masalan, maktabgacha ta’lim muassasasida yangi dastur bо‘yicha ish boshlangan bо‘lsa, muassasaga endi qabul qilingan bolalarni 4-5 yil uzluksiz о‘rganish orqali dastо‘rning bola taraqqiyotiga ta’sirini aniqlash va u xaqida xulosa chiqarish mumkin bо‘ladi. Uzunasiga kesim shaklidagi tadqiqot shuningdek, ayrim xollarda longityud tadqiqot xam deb ataladi. Tadqiqotning bu shakli ancha murakkab va kо‘p vaqt talab etadi. Bolalar psixologiyasi fanining taraqqiyoti ikki asosiy yunalishda kechadi: psixik tarakqiyot manbalari muammosining nazariy hal etilishi va bolalar psixikasini о‘rganishning yanada samaralirok metodlarini qidirish. Psixik taraqqiyot manbalari muammolarini nazariy xal etish deganda, ushbu muammo bilan shug‘ullangan asosiy psixologik maktablar va yunalishlar vakillarining qarashlari tushuniladi. Bola psixikasini о‘rganishning yanada samarali metodlarini qidirish bolalar psixik taraqkiyotiga xos xususiyatlar haqida aniqrok axborot olishga xizmat qiluvchi metodlarni ishlab chiqishni anglatadi. Download 22.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling