2-mavzu. Bolalar psixologiyasi metodlari
Aniqlovchi eksperimentda
Download 22.06 Kb.
|
2-mavzu. Bolalar psixologiyasi fanining metodlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shakllantiruvchi eksperimentda
- Sо‘rov quyidagi bosqichlarga ega bо‘ladi
Aniqlovchi eksperimentda bola psixik taraqqiyotiga xos muayyan xususiyatlar kayd etiladi. Masalan. ota-onalar о‘rtasidagi nizolarning bola emotsional xolatiga ta’sirini aniqlash mumkin. Buning uchun nizoli oilada voyaga etayotgan bolalarni aniqlash va ularning emotsional soxasini о‘rganish hamda olingan natijalarni boshqa bolalarning natijalari bilan solishtirish kerak bо‘ladi. Natijada shunday xodisa - ota-onalarning о‘zaro nizosi va bola emotsional rivojlanishi о‘rtasida aloqadorlik mavjudligi ta’kidlanadi.
Shakllantiruvchi eksperimentda sinaluvchiga faol ta’sir kо‘rsatilishi oqibatida unda ruy beradigan о‘zgarishlar aniqlanadi. Masalan, ota-ona о‘rtasidagi munosabatni yaxshilash bola emotsional soxasiga qanday ta’sir kо‘rsatishini aniklash mumkin. Buning uchun ota-onasi о‘rtasidagi munosabat yaxshilangan bolalar emotsional soxasiga xos xususiyatlar bilan ota-onasi о‘rtasidagi munosabat nizoli bо‘lib kolayotgan bolalar emotsional xususiyatlarini о‘zaro solishtirish yoki bolaning avvalgi emotsional xususiyatlari bilan keyingilarini о‘zaro qiyoslash mumkin. Shuningdek. ayrim urinlarda nazorat eksperimenti ham ajratiladi. Bu eksperiment kо‘p jihatdan aniklovchi eksperimentga uxshab ketadi. Uni о‘tkazishda kо‘zlangan maqcad faol ta’sir kо‘rsatilgan guruhdagi о‘zgarishlarda aynan ta’sirning roli qanday bо‘lganini aniqlashdan iborat. Buning uchun faol ta’sir kо‘rsatilgan guruh bilan xech qanday ta’sir kо‘rsatilmagan nazorat guruhining natijalari о‘zaro solishtiriladi. Agar о‘rtadagi farq ancha sezilarli bо‘lsa, demak, birinchi guruhdagi о‘zgarishlarga aynan о‘tkazilgan ta’sir sabab bо‘lgan degan xulosaga kelinadi. Sо‘rov. Sо‘rov – tadqiqotchi va respondentning bevosita yoki bilvosita о‘zaro alokasi davomida birlamchi verbal axborot yig‘ishga yо‘naltirilgan metod sо‘rov anketa yoki intervyu shaklida о‘tkazilishi mumkin. Anketa yordamida sо‘rov о‘tkazilganda sinaluvchi yozma savollarga, intervyuda esa og‘zaki savollarga javob qaytaradi. Sо‘rov quyidagi bosqichlarga ega bо‘ladi: 1. «Epigraf». Bunda sinaluvchining fikrlari muayyan yunalishga solinadi, sinaluvchilar savollarga javob berishga undaladi. 2. «Kо‘rsatma». Bunda sinaluvchiga sо‘rov jarayonida savollarga qanday javob kaytarish mumkinligini, sо‘rov maqsadi, uning kim tomonidan о‘tkazilayotgani, undan olingan ma’lumotlar nima maqsadda ishlatilishi haqida ma’lumot beriladi. Z. «Sо‘rovga moslashish». Bunda sinaluvchi savollarga javob berishga yunaltiriladi, unda о‘ziga nisbatan ishonch xosil kilinadi, u bilan о‘zaro ishonchga asoslangan munosabat urnatiladi, unda savollarga har qanday javob kaytarish mumkin, degan taassurot xosil qiladi. Buning uchun sо‘rovda dastlab emotsional-neytral, oson, umumiy savollarberiladi. 4. «Maqcadga erishish». Bunda zarur bо‘lgan asosiy ma’lumotlar qо‘lga kiritiladi. Bunin g uchun ushbu bosqichda tadqiqotchi uchun ham, sinaluvchi uchun ham muxim bо‘lgan savollar beriladi. 5. «3о‘riqishni bartaraf etish». Bunda sо‘rovdagi masalalar va savollar xususida, butun sо‘rov jarayoni haqida yig‘ilgan hissiyotlar bartaraf etiladi. Buning uchun sо‘rov sо‘ngida nisbatan oson, ijobiy emotsional savollar berilishi, masalan, sinaluvchining ijtimoiy demografik xususiyatlari haqidagi savollar berilishi mumkin. Sinaluvchiga beriladigan savollar bir-biridan aloxida va ajralgan emas. Ular yaxlit bir zanjirning xalkalaridir, Sо‘rovdagi bir savol keyingisi bilan bog‘liq xolda idrok etiladi. Shu tufayli quyidagi xolatlarga sо‘rov jarayonida aloxida e’tibor berish lozim: 1. Bir savol va unga beriladigan javob keyingi savollarga beriladigan javoblarga ta’sir о‘tkaemasligi kerak. 2. Muayyan savoldan keyingi savol umuman boshqa mavzularga о‘tib ketgan bо‘lmasligi, bir savoldan boshqasiga о‘tishda mavzu keskin о‘zgartirilmasligi lozim. Z. Savollarning tashqi ifodalanishi sinaluvchilarni u bilan ishlashga jalb eta olishi kerak (simmetrik tо‘g‘ri bо‘lishi, yozuv yoki og‘zaki murojaat orqali beriladigan savollar chiroyli va tushunarli bо‘lishi zarur). 4. Sinaluvchilarning individual xususiyatlari va sо‘rovning uzunligi bir-biriga mos bо‘lishi (masalan, ota-onalar bilan sо‘rov о‘tkazishda 5-6 savoldan iborat kichik anketalardan foydalanish) zarur. 5. Sо‘rov sо‘ngida sinaluvchiga nisbatan minnatdorchilik va tashakkur izxor etilishi - «Javoblaringiz uchun tashakkur» , «Yordamingiz uchun raxmat» kabi ifodalarning keltirilishi maqsadga muvofiq bо‘ladi. Download 22.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling