2-mavzu. Borliq falsafasi (Ontologiya).(2-soat) reja: №: 3-mavzu
Download 37.2 Kb.
|
3-mavzu. (seminar) Falsafa tarixida borliq masalasi.
Borliqning shakllari. Moddiy va g‘oyaviy borliq. Atrofimizni o‘rab turgan dunyo ikki xil reallikdan tashkil topgandir. Ob’ektiv reallik va sub’ektiv reallik. Ongimizdan tashqarida va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan reallik ob’ektiv reallik deyiladi. Bu tushunchani materialistlar materiya tushunchasi bilan aynan bir ma’noda ishlatishadi. Reallikning inson ongi bilan bog‘liq bo‘lgan va ongning mahsuli hisoblangan qismi sub’ektiv reallik deyiladi. Ob’ektiv reallik moddiy borliq tushunchasiga mos kelsa, sub’ektiv reallik esa borliqning g‘oyaviy shakliga muvofiq keladi. Materializm vakillari borliqning g‘oyaviy shakli moddiy shaklining maxsuli, deb hisoblashadi. Idealizm vakillari esa moddiylik g‘oyaviylikning ijodi yoki g‘oyaviylikning namoyon bo‘lish shaklidir.
Aktual va potensial borliq. Aktual borliq borliqning ayni paytda va shu joydagi voqelikda namoyon bo‘lib turgan va shu voqelik bilan aloqadorlikdagi qismi. Bu ob’ektiv reallik tushunchasiga mos keladi, chunki ob’ektiv reallik borliqning shu joyda berilgan va shu onda amal qilayotgan qismidir. Dunyoning hamma tomoni birdan berilgan emas. Biz borliqning hozirgi zamonga tegishli qismi bilangina aloqadamiz. Bu qismi o‘tmishga aylanib, uning o‘rnini kelajakdagi qismi egallaydi. Hozirgi zamonda kelgusi voqelikning kurtaklari mujassamlashgan bo‘ladi. Aktual borliqning hali voqelikka aylanmagan va kelgusida voqelikka aylanadigan murtak holidagi qismi potensial borliq deyiladi. Potensial borliq hali voqelikka aylanishga ulgurmagan, salohiyotdagi aktual borliqdir. Real va virtual borliq. Borliqning biz uchun mavjud qismi real borliq deyiladi. Real borliqni naqd borliq ham deyish mumkin. Ammo borliqning shunday qismi ham borki, uning bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Borliqning bunday qismi ehtimoliy mazmunga ega. U hali reallikdan uzoqda. Mana shunday mazmundagi borliq virtual (lot. virtuales - ehtimol) borliq deyiladi. Tabiiy va ijtimoiy borliq. Tabiiy borliq deganda odatda atrofimizdagi jismoniy narsalar (jismlar), jarayonlar, tabiatning holatlari nazarda tutiladi. Tabiiy borliq ikki qismga ajraladi: birinchisi - azaliy tabiiy borliq, ya’ni tabiatning tabiiy borlig‘i. U insondan ilgari insonning ishtirokisiz mavjud bo‘lgan. Buni birlamchi tabiat deb ham atashadi; ikkinchisi - inson ishtiroki bilan vujudga kelgan narsalar (jismlar), hodisa va jarayonlarni o‘z ichiga oluvchi xosilaviy tabiiy borliq. Uni ikkilamchi tabiat deb ham atash mumkin. - sotsial borliq - ayrim odamning jamiyatdagi va tarix jarayonidagi borlig‘i hamda jamiyatning borlig‘i - ijtimoiy borliq. Download 37.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling