2-mavzu. Borliq falsafasi (Ontologiya).(2-soat) reja: №: 3-mavzu


Download 37.2 Kb.
bet5/9
Sana25.04.2023
Hajmi37.2 Kb.
#1398438
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mavzu. (seminar) Falsafa tarixida borliq masalasi.

Materiya tushunchasi.
Materiya moddiy ob’ektlarni birlashtiruvchi tushuncha. Xususan olinganda materiyaning o‘zi yo‘q, balki dunyoda materiyaning ay­rim predmet yoki biror konkret buyum shaklidagi ko‘rinishlari uchraydi. Materiya esa materiyaning hamma kon­kret ko‘rinishlariga xos bo‘lgan barcha universal xu­susiyatla­rini aks ettiruvchi umumiy tushunchadir. Bu dunyoda «umuman odam» bo‘lmasdan, ayrim odamlar uchrashiga o‘xshash fikrdir. Materiyaning falsafiy tushunchasi barcha narsalar voqeligi, moddiy voqelikni o‘ziga qamrab oluvchi, yalpi umu­miylik (universallik) belgilariga egalik qiluvchi, butun ob’­ektiv reallikni ifodalovchi kategoriyadir..
Materiya va moddiy ob’ektlar xilma-xil ko‘rinishlarda va shakllarda uchraydi. Moddiy sistemalar tuzilishga ega, ya’ni u strukturali - turli xil strukturaviy elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bunday elementlar va ulardan tashkil topgan moddiy ob’ektlar rivojlanishga egadir.
Materiya va moddiy sistemalar, ob’ektiv du­nyoning tu­zilishi xususiyatlariga ko‘ra, turli xil strukturaviy dara­jalardan tashkil top­gan bo‘ladi. Bunday darajalarni moddiy sis­temalarning tashkiliy tuzilishi va miqyosiy tuzilishiga qarab: a) tashkiliy-struktura darajalari va b) miqyosiy-struktura darajalariga ajratish mumkin.
Materiyaning tashkiliy-strukturadarajalari. Mate­riyaning tashkiliy-struktura darajalari moddiy sistema­lar­ning tashkiliy jihatdan uyushganligi va faolligiga qarab bir-biridan farq qiladi. Bu darajalar fazo-vaqt strukturasining sifatiy xususiyatlari bilan ajralib tu­radi. Ular: noorganikdaraja («notirik tabiat»), organik daraja («tirik tabiat») va sotsial daraja («jamiyat») deb ataladi. Odamlardan tashkil top­gan turli murakkablikdagi ijtimoiy sistemalar sotsial da­rajaga man­subdir. Bu darajada ongga, fikrga ega bo‘lgan in­sonlar faoliyat ko‘rsatganligi sababli u eng uyushgan va faol daraja hisoblanadi.
Materiyaning miqyosiy-struktura darajalari. Bu mod­diy sistemalarning bir-biridan mazkur sistemada hukmronlik qiluvchi fundamental kuchlar bilan farq qiluvchi darajalar­dir. Ular: mikrodunyo, makrodunyo va mega­dunyo deyiladi.
Mikrodunyoda kuchli va kuchsiz yadroviy o‘zarota’sir kuch­lari hukmronlik qiladi1.Bu kuchlarning ta’sir doirasi atom yadrosi va atom o‘lchovi bilan chegaralangandir. Kuchli yadroviy o‘zarota’sirlar atom yadrosining tarkibiy qismlari bo‘lgan proton va neytronlarning yaxlitligini, kuchsiz yadroviy o‘zarota’sir kuchlari esa atom strukturasining yaxlitligini ta’minlaydi. Bu kuchlar tufayli mikrodunyo o‘zining struktu­raviy yaxlitligini saqlaydi. Xullas, materiya va moddiy ob’ektlarning strukturaviy yaxlitlikka ega bo‘lishida harakat va fazo-vaqt shakllarining, ularning asosida yotuvchi o‘zaroaloqadorlik kuchlarining roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Hozirgi paytda materiyaning modda­simon va nomoddasi­mon ko‘rinishlarining mavjudligi aniqlangan2. Ob’ektiv re­allikning butun bizga ko‘rinadigan qismidagi Koinot qa’ridan tortib, to mitti elementar zar­rachalar va antizarra­chalargacha (elektronlar, pozitronlar, protonlar, antiprotonlar, neytronlar va hakozo) materiya­ning moddasimon ko‘rinishiga mansubdir. Elektron va proton modda hisoblansa, pozitron va antiproton antimodda hisoblanadi. Hamma zarrachalar - modda, hamma antizarracha­lar - antimoddadir. Materiyaning nomodda­simon ko‘rinishiga turli xil fizik maydon va nurlanishlar kiradi. Modda bi­lan antimodda to‘qnashganda materiyaning an­nigilyasiya (lot. annihilatio - yo‘qolishi, hech nimaga aylanishi) hodisasi sodir bo‘ladi, ya’ni materiya moddasimon ko‘rinishdan nomodda ko‘rinishiga – maydon va nurlanishga ay­lanadi. Fi­zik vakuumdagi elektromagnit maydonini muayyan intensiv­likdagi nurlanishlar bilan bombardimon qilinganda mazkur vakuumda zarracha va antizarrachalar hosil bo‘ladi, ya’ni ma­teriyaning maydon ko‘rinishi modda ko‘rinishiga aylanadi. Bu hodisalarnining mohiyatini mexanistik dunyoqarash asosida izohlashning iloji yo‘q, buning uchun yangicha logika va dialektik dunyoqarash lozim bo‘ladi.



Download 37.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling