2-mavzu: Boshlang’ich sinf matematika darslarida qiziqarli matematikani tashkil etishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati


Download 19.97 Kb.
bet2/5
Sana15.10.2023
Hajmi19.97 Kb.
#1704498
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 mavzu QM

Matematik kompetentsiya
Kompetensiya –fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir.
Kompetentlilik –(lotincha: competens – layoqatli, qobiliyati bor) Kompetentlilik tarkibiga sof kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalardan tashqari, tashabbuskorlik,hamkorlik, guruhda ishlash layoqati, kommunikativ qobiliyati,real baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va foydalana olish xususiyatlari ham kiradi.
Kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim–o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
– aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarini tuza olish;
– shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitob bilan ish yuritish;
– kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy olish va foydalanish;
– inson mehnatini yengillashtiradigan , mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish.
“Matematik savodxonlik” bo‘limi bo‘yicha dasturda o‘quvchilarga havola qilingan masalalardan namuna ko‘raylik.
Mavzu: Ko‘p xonali sonlarni raqamlash
Ta’limiy: O’quvchilarga ko’p xonali sonni raqamlash va xona birliklari yig‘indisi ko‘rinishida tasvirlash usullari haqida bilim berish.
Tarbiyaviy : O'quvchilarning matematikaga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularda bu fan orqali atrofdagi har birnarsani qadrlash, unga mehr bilan yondoshish hamda darsda ahillik, birodarlik bilan ishlash kabi xislatlarni tarbiyalash

Download 19.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling