2 mavzu. Buxgalteriya balansi. Buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv
Download 89.1 Kb.
|
2 - mavzu. Buxgalteriya balansi. Buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktiv O‘zgarish Summa Passiv
- Balans 2 550 010 Balans
- Aktiv Summa Passiv O‘z-garish
- Balans 2 550 010 Balans
- Aktiv O‘z-garish Summa Passiv
- Balans +35000 2 585 010 Balans
- Balans 1 985 010 Balans
- USLUBIY KO’RSATMA: 1. Balans moddalarini asosiy bo’limlar bo’yicha quyidagi jadval shaklida guruhlang. BALANS
- Aktiv Passiv 1. Uzoq muddatli aktivlar
- 2. Joriy aktivlar 1. 2. … Summa
- Jami: Summa Jami
Birinchi tur o‘zgarish. Bu toifa (tip, tur)ga kiruvchi muomalalar ta‘sirida balansning aktiv qismida o‘zgarish sodir bo‘lib, xo‘jalik operatsiyasi natijasida bir modda ko‘payadi va boshqa bir modda shu summaga kamayadi. Balansning umumiy summasi esa o‘zgarmaydi. Misol: Ishchi va xizmatchilarga ish haqi berish uchun hisob-kitob schyotidan kassaga 50 000 ming so‘m pul olib kelindi. Kassa schyoti 50 000 ming so‘mga ko‘payishi, hisob-kitob schyoti esa 50 000 ming so‘mga kamayishi sodir bo‘ladi. Birinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. KORXONA BALANSI (ming so‘m)
Ikkinchi tur o‘zgarish. Sodir bo’lgan muomala balansning passiv qismidagi moddalarga ta’sir ko‘rsatib, xo‘jalik operatsiyasi natijasida bir moddaning ko‘payishi va boshqa bir moddaning shu summaga kamayishi tushuniladi. Balansning umumiy summasi o‘zgarmaydi. Misol: taqsimlanmagan foydaning bir qismi 25 000 ming so‘m ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirildi. Taqsimlanmagan foyda schyoti 25 000 ming so‘mga kamayishi, ustav kapitali schyoti esa 25 000 ming so‘mga ko‘payishini aks ettiriladi.Ikkinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. KORXONA BALANSI (ming so‘m)
Uchinchi tur o‘zgarish. Bu toifa (tip)ga kiruvchi muomalalar balansning aktiv va passiv qismlarida sodir bo‘lib, xo‘jalik operatsiyasi natijasida balansning aktiv qismidagi bir moddaning ko‘payishi va balansning passiv qismidagi boshqa bir moddaning shu summaga ko‘payishi bilan balansning umumiy summasi ham shu summaga ko‘payadi. Misol: mol etkazib beruvchilardan 35 000 ming so‘mga xom-ashyo materiallar olindi, lekin puli to‘lanmadi. Balansning aktiv qismidagi xomashyo materiallar schyoti 35 000 ming so‘mga ko‘paydi, passiv qismidagi mol etkazib beruvchilarga to‘lanadigan schyotlar ham 35 000 ming so‘mga ko‘payadi. Uchinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. KORXONA BALANSI (ming so‘m)
To‘rtinchi tur o‘zgarish. Balansning aktiv va passiv qismlarida sodir bo‘lib, xo‘jalik operatsiyasi natijasida balansning aktiv qismidagi bir modda va passiv qismida boshqa bir modda shu summaga kamayadi, balansning umumiy summasi ham shu summaga kamayadi. Misol: hisob-kitob schyotidan mol etkazib beruvchilarga olingan xom-ashyo materiallar uchun 600 000 ming so‘m to‘landi. Balansning aktiv qismidagi hisob-kitob schyoti 600 000 ming so‘mga kamaydi, passiv qismidagi to‘lanadigan schyotlar ham 600 000 ming so‘mga kamaydi. To‘rtinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. KORXONA BALANSI (ming so‘m)
Yuqoridagilardan quyidagi xulosalarni qilish mumkin: I va II tipdagi o‘zgarishlar oldingi balans summasini hech qachon o‘zgartirmaydi. III va IV tipdagi o‘zgarishlar albatta oldingi balans summasini o‘zgarishiga olib keladi, jumladan uchinchi tip o‘zgarishlar balans summasini oshishiga, to‘rtinchi tip o‘zgarishlar balans summasini kamayishiga sabab bo‘ladi. Hech qachon balansdagi o‘zgarish tiplari bir vaqtning o‘zida aktivni bir summaga oshirib, passivni esa o‘sha summaga kamaytirishi mumkin emas. Hech qachon balansdagi o‘zgarish tiplari aktivni bir summaga ko‘paytirishga (kamaytirishga), passivni esa boshqa bir summaga ko‘paytirishga (kamaytirishga) olib kelishi mumkin emas. 1. misol. Topshiriq: Buxgalteriya hisobi schyotlarining qoldiqlar asosida buxgalteriya balansini tuzing Har bir balans moddalariga schyot oching va boshlang’ich qoldiq summalarini yozing Tegishli xo’jalik operatsiyalarini schyotlarda aks ettiring Schyotlarda aks ettirilgan ma’lumotlar asosida schyotlarning qoldiqlarini hisoblab chiqaring. Schyotlar qoldiqlari asosida buxgalteriya balansini tuzing Buxgalteriya schyotlarining qoldiqlari
USLUBIY KO’RSATMA: 1. Balans moddalarini asosiy bo’limlar bo’yicha quyidagi jadval shaklida guruhlang. BALANS
Xo’jalik operatsiyalari materiallar i/ch ga berildi-210 000 so’m I/ch da band bo’lgan ishchilarga ish haqi hisoblanildi-80 000 so’m Ish haqiga nisbatan ijtimoiy sug’urtaga ajratma hisoblanildi-25% I/ch ta’luqli asosiy vositalarga eskirish hisoblanildi-9 000 so’m Hisob-kitob schyotidan kassaga ish haqi berish uchun pul olindi- 10 000 so’m Kassadan ish xaqi berildi – 60 000 so’m Xizmat safari uchun hisobdor shaxslarga bo’nak berildi-15 000 so’m Qisqa muddatli bank krediti qaytarildi-40 000 so’m Xaridorlarni qarzi hisob-kitob schyotiga kelib tushdi-25 000 so’m Mol yetkazib beruvchilardan nasiyaga materiallar olindi- 120 000 so’m I/ch dan tayyor mahsulot olindi- 324 500 so’m Boshqa kreditorlarga qarz summasi o’tkazib berildi –55 000 so’m Uslubiy ko‘rsatma: Balansda bo‘ladigan o‘zgarish turlarini 2.1 - jadvalda keltirilgan shaklda bajaring. 2.1 - javdal
2.1 - jadvalning natijalari bo’yicha 31 yanvar kuniga korxona balansini tuzing. Download 89.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling