2-Mavzu: Buxgalteriya hisobini tashkil eti shva unga quyiladigan talablar. Reja
Buxgalteriya hisobiga rahbarlik qilish
Download 163.15 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Мавзу
2.2. Buxgalteriya hisobiga rahbarlik qilish.
Korxonalarda buxgalteriya hisobiga bosh buxgalter rahbarlik qiladi. Uz navbatida bosh buxgalter ma`muriy tomondan korxona rahbariga, hisob ishlarini yuritish bo`yicha esa, tegishli yuqori tashkilotning bosh buxgalteriga bo`ysinadi. Bosh buxgalterga qo`yidagi vazifalar belgilanadi: hisob ishlarini to`g`ri tashkil etish; korxona mulkchiligini saqlanishini nazorat etish; korxona tovar moddiy boyliklari oqilona sarflanishini ta`minlash; korxona tovar moddiy boyliklaridan samarali foydalanishini o`rnatish; xo`jalik jarayonlarini o`z vaqtida va to`g`ri hujjatlashtirishni ta`minlash, hujjat aylanishini to`g`ri tashkil etish; hisob ma`lumotlari to`g`riligini, mulkchilik saqlanishini ta`minlash maqsadida investitsiyani belgilangan muddatda, o`rnatilgan tartib va o`tkazilishini va natijalar o`z vaqtida va to`g`ri rasmiylashtirilishini ta`minlash; smeta va moliya tartiblariga rioya etilishini nazorat etish. Bosh buxgalter yuqoridagi vazifalarni bajarishda buxgalteriya barcha xodiimlari uning ko`rsatmalarini bajarishidan keng foydalaniladi. Buxgalteriya hamma bo`limlarida qayta ishlangan hujjatlar o`rnatilgan muddatda bosh buxgalterga topshirilishi shart. Hujjat yurituvchi sub`ektlarning moliyaviy hisobotlarining barcha shakllarini rahbar bilan birga bosh buxgalter ham imzosi bilan tasdiqlaydi. Ma`muriy boshqaruv tizimida buxgalterlar xo`jalik jarayonlarini ro`yxatga oluvchi sifatida faoliyat yuritgan bo`lsa, raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida uning vazifalariga tahlil, nazorat, ma`lum bir miqyosida menejment hamda marketing sohasidagi bilimlarga ega bo`lish ham kiradi. Korxona bosh buxgalteriga qonunchilikka xilof va shartnoma hamda moliyaviy intizomga zid hujjatlarni rasmiylashtirish va bajarishga qabul qilish ta`qiqlanadi. Shunday hujjatlarga faoliyat davomida duch kelgan bosh buxgalter, korxona rahbariga yozma ravishda xabar bermog`i kerak. Korxona rahbaridan yozma ravishdagi buyruqni yoki yuqoridagi kabi xujatlarda korxona rahbarini ikkinchi imzosi qo`yilganidan so`ng, bosh buxgalter uni bajarishga kirishadi. Bunday holatlarda sodir etilgan jarayonlarni qonuniyligiga korxona rahbari to`liq javobgar hisoblanadi. Moddiy javobgarlik shaxslarni (kassir, ombor mudiri va boshqalar) tayinlash, almashtirish va bo`shatish bosh buxgalter roziligi bilan amalga oshiriladi. Bosh buxgalter bo`shayotganida yangi bosh buxgalterga (agar yangi bosh buxgalter belgilanmagan bo`lsa, korxona rahbari buyrugi bilan tayinlangan xodimga) barcha buxgalteriya ishlari topshiriladi. Bunday holatda buxgalteriya hisobi holati tekshiriladi, shuningdek hisobot ma`lumotlari xaqikiyligi aks ettirilgan va korxona rahbari tasdiqlangan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Download 163.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling