2-Mavzu: Buxgalteriya hisobini tashkil eti shva unga quyiladigan talablar. Reja
4. Buxgalteriya hisobi tizimlari
Download 163.15 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Мавзу
2. 4. Buxgalteriya hisobi tizimlari. Korxonalardagi hisob ishlarini hajmi, hamda faoliyat miqyosidan kelib chiqib, buxgalteriya markazlashgan va markazlashmagan tarzda tashkil qilinadi. Markazlashgan buxgalteriyada korxonaga qarashli bo`limlarda dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilib, markaziy buxgalteriyaga topshiriladi. Bu erda esa, dastlabki hujjatlar xar tomonlamma tekshirilib olinadi, qayta ishlanadi, hisob registrlarida aks ettiriladi. Buxgalteriyani markazlashgan tarzda tashkil etilishi hisob xodimlari sonini qisqarishini, hisoblash texnikalaridan keng foydalanishni, hisob ishlari bilan bog`liq xarajatlar kamayishini ta`minlaydi. Markazlashgan buxgalteriyada tuzilgan moliyaviy hisobot shakllari tegishli joylarga o`rnatilgan muddatlarda topshiriladi. Ayrim xo`jalik yuritish sub`ektlarida yirik bo`limlarda buxgalteriya bo`limi yuritilib, qolgan bo`lim hisob ishlarini bosh buxgalteriyaga topshiradi. Bunday holatlarda qisman markazlashmagan buxgalteriya bo`limlardan olingan dastlabki hujjatlardagi ma`lumotlarni hisob registrlarida aks ettiradi, hamda yirik bo`limda yuritilgan buxgalteriya balansini tekshirib, umumiy – korxona xo`jalik faoliyati to`g`risidagi hisobotni tuzadi. Ushbu hisobotlarni barcha foydalanuvchilar uchun BXMSlar asosida tuzilgan holda topshiriladi. Tula markazlashmagan buxgalteriyada korxona hamma bo`limlarida dastlabki hujjatlar qayta ishlanib, hisob registrlarida aks ettiriladi va hisobotlar tuziladi. Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning bosh buxgalteriyasida balans va hisobot boshqa shakllari yig`ilib, bo`limlar o`zaro hisoblashishlari tekshiriladi, umumiy boshqarmada tuzilgan dastlabki hujjatlarni qabul qiladi, hisob registrlarida aks ettiriladi. Ishlab chiqilgan mahsulot (ishchi, xizmatchi)ni tannarxi aniqlanadi. Shuningdek, bosh buxgalteriya tomonidan bo`lim buxgalteriya ishlari nazorat qilib boriladi va tegishli ko`rsatmalar beriladi. Markazlashmagan buxgalteriya qo`llanganda hisob xodimlari soni ko`payadi, hisoblash mashinalaridan foydalanish imkoniyati yo`qoladi, hisob ishlari xarajati ko`payadi. Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda buxgalteriya qaysi shaklda tuzilishidan qat`iy nazar, bosh buxgalter hisob ishlarini boshqaruvchisi hisoblanadi. Korxona bosh buxgalteriga shu xo`jalik yurituvchi sub`ekt faoliyatidan kelib chiqib mavjud mustaqil balansga ega bo`limlar, kassa, hamda buxgalteriya hisobi bo`limlari bo`ysinadi.Sxema ko`rinishida buxgalteriya apparatini tuzilishini qo`yidagicha keltirish mumkin. Buxgalteriya hisobi bo`limlari xo`jalik yurituvchi sub`ektlarni faoliyati doirasidan kelib chiqib tashkil etiladi. Kichik korxonalarda bir buxgalter, shu korxona xo`jalik faoliyati hisobini yuritish mumkin. Ba`zi korxonalarda esa, ikki va uch hisobchi buxgalteriya hisobi ishlarini olib boradilar. Yuqorida aytilganidek, hisob xodimlari soni buxgalteriya hisobi ishlari hajmidan kelib chiqib belgilanadi. Xo`jalik yurituvchi sub`ektlar buxgalteriya hisoblarini bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ahamiyati sezilarli darajada oshdi. Ma`muriy boshqaruv tizimiga asoslangan xalq xo`jaligi korxonalar hamma faoliyati oldindan belgilangan qat`iy rejalarga asoslangan holda yuritilib, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar o`zaro ma`lumotlari ham shu rejalar asosida amalga oshiriladi. Raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida xo`jalik yurituvchi sub`ektlar o`z faoliyatlarini mustaqil ravishda yuritadilar (davlat ahamiyatidagi korxonalar bundan mustasno). Endi korxonalar o`z faoliyatlari davomida xarajatlar va daromadlarni mustaqil belgilab, shunga asosan ish yuritadilar, xo`jalik munosabatlarida ham tegishli korxonalarni mustakil belgilaydilar. Demak, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar o`z-o`zlarini moliyalashtirishlari zarur.
Korxona bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqilayotgan mahsulot (ish, xizmat), sotiladigan tovarlarga bo`lgan talabni xar tomonlama o`rganishlari kerak. Bozor talabi o`rganilayotganda, baho, miqdor, xududiy va boshqa xususiyatlarga ahamiyat beriladi. Bozor talab etayotgan xususiyatlarga ega mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish, korxona boshqaruvi vazifasiga kirib, ushbu vazifa bajarilishi tabiiyki axborotlarga, ma`lumotlarga tayanadi. Xo`jalik yurituvchi sub`ekt buxgalteriya hisobida esa, xo`jalik faoliyati bilan bog`liq barcha ma`lumotlar rasmiylashtirilgan bo`ladi. Buxgalteriya hisobi ham o`z navbatida boshqaruv apparati uchun kerakli ma`lumotlarni uzatishi uchun zaruriy axborotlar bilan ta`minlangan bo`lishi zarur. Masalan, soliq tizimi sohasidagi, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyati bilan bog`liq yuqori tashkilotlar ko`rsatma, yo`riqnoma, nizomlari, shuningdek, Respublika xukumati tomonidan qabul qilingan qonunlar, qarorlar bilan o`z vaqidada ta`minlanganlik, darajasi buxgalteriya hisobi ma`lumotlarini ishonchlilik, muhimlik, ahamiyatlilik printsiplarga mosligiga asos bo`ladi. Download 163.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling