2-Mavzu: Buxgalteriya hisobini tashkil eti shva unga quyiladigan talablar. Reja


 Buxgalteriyada ishni tashkil qilish


Download 163.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana09.01.2022
Hajmi163.15 Kb.
#264781
1   2   3   4
Bog'liq
2-Мавзу

2.3. Buxgalteriyada ishni tashkil qilish. 


Buxgalteriya  hisobi  ma`lumotlarini  hozirgi  zamon  talabiga  to`liq  javob  berishini  ta`minlashni  yana  bir 

omili,  buxgalteriya  hisobi  bo`limi  xodimlarini  ish  joylarini  oqilona  tashkil  etish  hisoblanadi.  Buxgalteriyada 

xodimlar  ish  joyini  oqilona  tashkil  etilishi,  birinchidan,  mehnat  unumdorligini  oshishiga,  ikkinchidan,  xodimlarni 

sog`ligini saqlashga, uchinchidan, ortiqcha xarajatlar kamayishiga yordam beradi. 

Buxgalteriya  hisobi  xodimlarini  ish  joyini  oqilona  tashkil  etishda  qo`yidagilarga  ahamiyat  berish  kerak 

bo`ladi: 

 xodimlarni yorug, xonalar va kerakli anjomlar bilan ta`minlanganligiga; 

 buxgalteriya bo`limi xodimlarini asosiy  faoliyatlari ish joylarida amalga oshirilishiga (hisob xodimining 

bittasiga belgilangan maydon meyori besh kvadrat metrdan to`qqiz kvadrat metrgacha); 

 xodimlarni buxgalteriya hisobi qaysi bo`limida ishlashiga ko`ra ish joyi ta`yinlanganiga. 

Masalan,  bosh  buxgalter  va  uning  o`rinbosarlariga  hamda,  moddiy  javobgar  shaxslar,  mijozlar  bilan 

muloqotda bo`ladigan buxgalteriya hisobi xodimlariga alohida xonalar ajratilishi kerak. Sababi, buxgalteriya bo`limi 

boshqa xodimlarni mehnat unumdorligiga shovqinlar (telefon bilan so`zlashuvlar, mijozlar bilan muloqotlar) salbiy 

ta`sir etishi mumkin. 

Xodimlarni  xona  ichida  ish  joyini  tashkil  etayotganda,  hujjatlarni  qayta  ishlash  ketma-ketligini  yoki 

xodimlarni ish faoliyatidagi o`zaro aloqadorligini hisobga olmoq kerak. 

Xodimlar  ish  joyini  oqilona  tashkil  etishda  texnikalar  (komp`yuter,  printer,  faks,  telefon  va  boshqalar)ni 

joylashishini ham e`tiborga olmoq kerak. 

Xodim  ish  stoli  tomonida  qayta  ishlash  tarkibiga  ko`ra  joylashgan  holda  qo`yilishi  lozim.  Stolning  o`ng 

tomonida  esa,  qayta  ishlangan  hujjatlar  turishi,  buxgalteriya  bo`limi  xodimi  ish  faoliyati  samaradorligini  oshishi 

omillaridan biri hisoblanadi. 

Xo`jalik yurituvchi ob`ektlar menedjment, marketing bo`limi xodimlari uchun kerakli ma`lumotlarni tez va 

to`g`ri uzatilishi ham ish joyini oqilona tashkil etilishiga bevosita bog`liqdir.  


Download 163.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling