2-mavzu: Buxoro adabiy muhitining xos xususiyatlari. Reja


Download 98.69 Kb.
bet2/5
Sana26.03.2023
Hajmi98.69 Kb.
#1296843
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-maruza

Tayancha so’z iboralar: adabiy muhit, Buxoro, nasr, nazm, zullisonaynlik, an’ana, yangilik, g’azal, tarjima. Hikoyat, satira, kinoya, doston, masnaviy, badiiyat, ramz
Adabiyotlar
1. Abdullayev V. O‘zbek adabiyoti tarixi. Darslik. – T., 1980.
2. Valixo‘jayev B. O‘zbek poeziyasi tarixidan. – T.,1974.
3. O‘zbek adabiyoti tarixi. 5 jildlik, 3-jild. – T.,1978.
4. Valixo‘jayev B. O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi. – T.,1993
5. Jumaxo‘jayev N. Milliy mustaqillik mafkurasi va adabiy meros. DDA.–T.,1999.

Sohibqiron Amir Temur hukmronligi davrida markazlashgan kuchli davlatning poytaxti Samarqand bo‘lib, uning o‘g‘li Shohruxmirzo bu davlatni shartli tarzda ikki – Xuroson va Movarounnahr davlatlariga ajratdi. Natijada Xuroson poytaxti Hirot shahrining siyosiy va ilmiy va madaniy markazlik mavqeyi oshib bordi. Ayniqsa, Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy yashab, ijod etgan davrida (XV asrning II yarmi) bu yerda adabiyot va san’at ancha taraqqiy etdi. XVI asr boshlariga kelib esa, tanazzulga yuz tutgan temuriylar davlati o‘rniga o‘zbek urug‘laridan Muhammad Shayboniy boshliq shayboniylar sulolasi keldi. Shayboniylarning Turkiston va Xurosondagi hukmronliklari XVI asr oxirigacha davom etdi va u ashtarxoniylarning hokimyatga kelishi bilan barham topdi. Shayboniylar va ashtarxoniylar hukmronliklari davrida poytaxt qilib Buxoro tanlandi.


Ashtarxoniylar hukmronligi yillarida ham o‘zaro nizolar, tarafkashlik janglari, ba’zan hokimyatga qarshi qo‘zg‘olonlar davom etdi. Mustaqil xonliklarga ajralish harakati to‘xtamadi. Avval Xiva (XVI asr boshlarida), so‘ng Buxoro xonliklari yuzaga keldi. Shunday qilib, XVIII asr o‘rtalariga kelib ashtarxoniylar sulolasi barham topdi.
Shunday bir beqaror vaziyatdan foydalangan Eron hukmdori Nodirshoh O‘rta Osiyo xonliklariga hujum boshladi, Xiva, Buxoro xonliklari hududlarida bir qancha vaqt o‘z hukmronligini yurgizdi.
XVIII asming II yarmiga kelib mahalliy zodagonlar va istibdod joniga tekkan fuqaro isyonlari tufayli xonliklar tiklandi. Xiva bilan Buxoro xonligi o‘rtasida, shu xonliklaming o‘zida ichki ziddiyatlar avj olib, uzluksiz nizolarga sabab bo‘ldi. Bir oz vaqt o‘tib xonliklar o‘rtasidagi chegaralar va munosabatlar muayyan darajada mo‘tadillashdi. Shu davrda Farg‘ona vodiysida Qo‘qon xonligi vujudga keldi va u qisqa vaqt ichida iqtisodiy-siyosiy jihatdan o‘z mavqeini yaxshilab, Buxoro va Xiva xonliklari bilan raqobatlasha oladigan mustaqil bir davlatga aylandi. Bu xonlikka Farg‘ona vodiysi shaharlari, Isfara va boshqa chegaradosh joylar qarar edi. XVIII asming oxiridan Qo‘qon xonlari — amir Olimxon va Umarxon olib borgan urushlar tufayli xonlik hududi Qashqar (Sharqiy Turkiston) shahridan Norin uzilishigacha, Janubdan Tibetgacha, Shimoldan—Toshkent, Chimkent orqali Dashti Qipchoqqacha (Oq Masjidgacha) kengaytirilgan edi.
XVII—XVIII asrlarda Turkiston xalqlari madaniyati, san’ati, ma’naviy hayoti asosan uch mustaqil xonlik hududida rivojlandi. Bu xonliklarda ko‘plab iste’dodli tarixchilar, tazkiranavislar, xattotlar, musiqashunoslar, musiqa ustalari, shoir va adiblar yashab, barkamol asarlar yaratdilar.
Xullas, madaniy-adabiy hayot uch xonlik doirasida ijtimoiy- tarixiy sharoitga qarab, goh siljishda, goh turg‘unlikda, goh tanazzulda bo‘lib turdi. Xon va amirlar, hukmron guruh vakillari, mulkdor shaxslar madrasalar, masjidlar, xonaqohlar, karvonsaroylar, ziyoratgohlar qurdirardilar. XVII—XVIII asrlar mobaynida Toshkentda Baroqxon madrasasi, Buxoroda Mir Arab, Abdullaxon, Abdulazizxon madrasalari, Nodir devonbegi masjidi, shu shaxsning Samarqandda Xoja Ahror Vali masjidi yonida qurdirgan madrasasi, Samarqandda Sherdor, Tillakori, madrasalari, Xivada Arabmuhammad madrasasi, Anushaxonning Oq masjidi, keyinroq XVIII asr davomida Xivada qurilgan Madrasai Sherg‘ozixon, Madrasai Muhammad Amin inoq, Buxorodagi Madrasai domlo Tursunjon, Qo‘qondagi Madrasai Emazar elchi, Qo‘qondagi Madrasai Mir, Madrasai Xonxo‘ja kabilar shunday arxitektura obidalaridan edi.
Bunday ilm maskanlarining peshtoq va devorlarida Qur’oni karim, Hadisi sharifdan keltirilgan oyat va muqaddas yo‘l-yo‘riqlar bitilgan go‘zal yozuv-lavhalardan tashqari, ularning tarhini tuzgan, ishlab chiqib amalga oshirgan hunarpesha me’mor va naqqoshlaming nomlarini ham uchratish mumkin. Masalan, 1619—1636 yillari bunyod etilgan Sherdor madrasasi peshtoqida me’mor Abdujabborning nomiga ko‘zimiz tushishi mumkin. Xorazmlik mashhur shoir va tarixnavis Shermuhammad Munisning naql qilishicha, («Firdavs ul-iqbol» asarida) XVII asming iste’dodli shoiri mavlono Vafoiy ham shoirlik bilan birga me’morlik va naqqoshlikda shuhrat topgan.
Madrasai oliyalar, umuman, madrasalardagi ta’lim-tarbiya, tahsil jabhalarida Islom tarixi, Qur’on va hadislarni, fiqhga doir kitoblarni mutolaa qildirish bilan birga o‘z shogirdlariga Ahmad Yassaviy hikmatlari, Rabg‘uziy qissalari, Hofiz, Navoiy, Fuzuliy, So‘fi Olloyor, Bedil kabi muborak zotlarning diniy va dunyoviy fikrlarini singdirishga harakat qilgan mudarrislar ham ko‘p bo‘lgan. Xivadagi madrasai oliyalardagi Said Muhammad Oxund, Mavlono Yahyo, Davlatmamad Ozodiy (Maxtumqulining otasi), Mavlono Kiromiy (Munisning ustozlaridan), Farg'ona vodiysi madrasalaridagi Mullo Shermuhammad Akmal (hajvchi shoir Maxmurning otasi), Muhammad Aminxo‘ja Kosoniy (shoir Ma’danning ustozlaridan), Mavlono Nodir, Samarqanddagi Muhammad Bade’ Maleho va boshqa o‘nlab bilimdon mudarrislar shular jumlasidandir.
Yuqorida nomlari zikr etilgan mudarrislarning ко‘plab ham mudarris, ham shoir sifatida ta’lim va badiiy adabiyotimiz tarixida muhim iz qoldiigan siymolardir.
Bu asrlarda bir qancha iste’dodli kotiblar, xattotlar o‘zlarining nozik hunarlari bilan qanchadan-qancha diniy-tasavvufiy asarlarni, ta’lim-tarbiyaga doir risolalarni, badiiy asarlarni — devon, bayoz, majmualarni xilma-xil yozuv-husnixatda kitobat qilganlar. Ayrim zamonaviy ilmiy asarlarda ularning sermashaqqat, lekin sharafli ishlari zikr etilgan.
Bu o'rinda qayd etib o‘tish lozimki, Xiva va Qo'qon xonliklarida Buxoro amirligidagi madaniy-adabiy hayotga nisbatan faollik, islom aqidalari bilan birga dunyoviylikka nisbatan e’tibor kuchliroq edi. XVII—XVIII asrlarda Xorazmdagi o‘ziga xos madaniyat, adabiyot va uning namoyandalari haqida akademik V. Abdullaev yaratgan tadqiqotlar, «0‘zbek adabiyoti tarixi» darsligi, Qo‘qon xonligida yetishib chiqqan Xojanazar Huvaydo, Mirhasan Sadoiy, Nizomiy Xo‘qandiy, Akmal Xo‘qandiy kabi so‘z ustalari, keyinroq XIX asr boshlarida bu yerda Umarxon—Amiriy tashabbusi bilan tashkil topgan adabiy markaz bu xonliklardagi jonlanishga dalildir. Bu asrlarda Buxoro amirligidagi madaniy-adabiy hayot ko‘proq fors-tojik tilida ko‘zga tashlandi, ikki tillilik an’analari ustuvor mavqeda bo‘ldi. Bu hududda ko‘proq diniy bilimlar, shariat aqidalari targ‘ibi kuchaya borganini kuzatamiz. Xonlikda islom ta’limotini targ‘ib-tashviq qilishga bag‘ishlangan ko‘plab asarlar yaratildi. Amirlarning o‘zlari din va shariatning bosh homiysi, nazoratchisi ham edilar. Shu tufayli Buxoro xonligida darveshlik va qalandarlikning ta’siri kuchayib ketgandi.
Darveshali Changiy va uning «Risolai musiqa» asari. Musiqa madaniyatimiz ham uzoq tarixga ega. U ritm, og‘zaki lirik she’rlaming paydo bo‘lishi va musiqaga moslashishi bilan paydo bo‘lib, asrlar osha takomillashib, taraqqiy topib borgan. Musiqa asboblari kashf etilib, iste’dodli sozandalar, hofizlar ijrosida she’riy asarlarga bastalangan kuylar ijro etilgan. Musiqa san’ati badiiy ijodning, xususan, lirik she’riyatning doimiy yo'ldoshi bo‘lib kelgan. Shu tufayli 0‘rta Osiyo xalqlari musiqa san’ati va uning ishtirokchilariga bag‘ishlangan asarlar, risolalar yaratganlari tabiiy bir holdir. Shunday nodir asarlardan biri «Risolai musiqa»dir. Uning muallifi musiqashunos Darveshali Changiy edi. Changiy laqabining berilishi uning ijrochi, cholg‘uvchi san’atkor bo‘lganligidan ham dalolat beradi. Darveshali Changiy 12 maqomdan—bobdan iborat risolasida O‘rta Osiyo xalqlari musiqa shaydolari tomonidan kashf etilib, hofizu xonandalar, sozandalar uchun xizmat qilib kelayotgan o‘nlab cholg‘u asboblari, ularda o‘z mahoratlarini namoyish etib shuhrat taratgan san’atkorlar, musiqa ilmi, san’ati haqida risolalar yozgan olimlar (jumladan, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy) to‘g‘risida muhim ma’lumotlar keltiradi. Risolada aruzga asoslangan shashmaqom yo‘llari, ijro usullariga doir flkrlar ham bayon etilganligini ko‘ramiz. «Risolai musiqa»ni musiqa ilmi va tarixi, san’atkorlar o‘tmishi, musiqa ijrosida shuhrat topgan iste’dod egalari haqidagi tazkira deb atasa ham bo‘ladi. Keyingi asrlarda musiqa tarixi bilan qiziqqan shaxslar undan ko‘p foydalanganlar. Bu nodir asarni, Ikkinchi jahon urushi yillari mashhur tarixchi olim A.Seminov rus tiliga, XX asming II yarmida esa, alloma Alixonto‘ra Sog‘uniy o‘zbek tiliga taijima qilib nashr ettirganlar.

Download 98.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling