2-mavzu: Buxoro adabiy muhitining xos xususiyatlari. Reja
Download 98.69 Kb.
|
2-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixnavislik
Lugiat asarlari. Bu davrda lug‘atshunoslikka oid asarlar ham yozildi. Shulardan biri Muhammadi Xoksorning «Muntaxab ul- lug'at» asaridir. Arab hamda fors tillarida yaratilgan ilmiy hamda badiiy asarlarning turk-o‘zbek tiliga tarjima qilish, shunday tarjimalarning amalga oshirilishiga ko‘maklashishda lug'atshunoslikning ahamiyati katta bo'lgan. 1798 yili maydonga kelgan «Muntaxab ul-lug‘at» XX asrning 50-yillarida akademik V.Abdullaev tomonidan topilib, ilmiy muomalaga kiritildi. Uning «Xoksor va Nishotiy» risolasida, «O‘zbek adabiyoti tarixi» darsligida bu asar va uning muallifi haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Asarni yaratishda Xoksor o‘zigacha tuzilgan ko‘pgina lug'atlardan, Sharq adabiyotining Firdavsiy, Nizomiy, Sa’diy, Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy kabi ulkan siymolari asarlaridan foydalanib, ular asarlarida uchraydigan arabcha so‘zlaming o‘zbek tilidagi ma’nolarini sharhlagan. Misol sifatida mazkur shoirlar asarlaridan arabcha so‘zlar ishlatilgan baytu misralar keltirgan. Asar 28 bobdan iborat, o‘ziga xos alifbo tartibida tuzilgan. Har bir harfga taalluqli qism «Kitob» deb ataladi (Kitob-ul-alif, Kitob-ul-be, Kitob-ut te kabi). U lug‘atshunoslikka doir ko'pgina sohalar, jumladan, badiiy adabiyot, astronomiya, arxitektura, biologiya, zoologiya, falsafa, fiqh kabi fanlardan ma’lum beruvchi qomusiy asardir. Xoksor muayyan bir asar tarkibidagi arabcha so‘zning tarjimasini, lug‘aviy, istilohiy ma’nolarini ochish uchun she’riy dalil keltiradi. Ayniqsa, Navoiy asarlariga, dostonlariga ko‘p murojaat qiladi. Masalan, «Hakkok»- so‘zining o‘zbekcha ma’nosini «dur teshuvchi» deb izohlagandan so‘ng, Navoiy “Sa’bai sayyor”da buyururlar» deb,
Durni suf taylamak aro hakkok, Ко‘p qilur sahv bor esa bebok - baytini keltiradi. «Hasab» — fazl, hunar, ulug‘lik», «banno va me’mor» imorat qiluvchi usta ma’nolarida ekanligi dalili uchun «Saddi Iskandariy», «Farhod va Shirin» dostonlaridan dalillar keltiradi. Lug‘atda adabiyot, san’at, musiqa, she’rshunoslikka oid juda ko‘p so‘zlar sharhlanadi. Tarixnavislik. Bu asrlardagi tarixnavislikda ham ba’zi siljishlar bo‘lganligi, tarixiy-badiiy solnomalar yaratilganligi ko‘zga tashlanadi. Ularda feodal xonliklari, hukmdorlar manfaatlariga mos tushuvchi voqealar, sanalar keltirilgan bo‘lsa-da, Said Roqim Samarqandiyning «Tarixi Roqimiy», Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma», Muhammad Vafo Karminagiyning «Tuhfai xoniy», Mirmuhammad Amin Buxoriyning «Ubaydullanoma», Muhammad Yusuf Munshiyning «Tarixi Muqimxoniy», Abulg‘oziy Bahodirxonning «Shajarayi turk» va «Shajarayi tarokima» kabi asarlarida muhim ahamiyatga molik materiallar beriladi. Tarixga doir o'ndan ortiq asar ichida Abulg‘oziy asarlari o‘zbek tilida yaratilganligi bilan ajralib turadi. Fors-tojik tilida yaratilgan «Tarixi Muqimxoniy» asari Balx hokimi Muqimxonning faoliyatiga bag‘ishlangan bo‘lsa-da, unda Buxoro xonligining XVII—XVIII asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga doir ko‘pgina zarur ma’lumotlar keltiriladi. Asarda, jumladan, o‘zbek urug‘larining kelib chiqishi, rasm- rusumlari, turmush tarzlari xususida qiziqarli ma’lumotlar uchraydi. Unda XVII asrda bino qilingan madrasa, bog‘, hovuz kabi qurilishlar, badiiy ijod bilan shug‘ullanib nom chiqargan o‘nlab shoirlar, atoqli xattotlar haqida ma’lumotlar keltirilib, asarlaridan namunalar beriladi. Asar sharqshunos A.A. Semyonov tomonidan rus tiliga tarjima qilinib, 1956 yili Toshkentda nashr ettirilgan. Muhammad Amin Buxoriy «Ubaydullanoma» asarida Buxoro xoni Ubaydullaxon hukmronligi yillaridagi voqea-hodisalarni bayon etadi. Bu asarda XVII-XVIII asrlarda yashab, ijod etgan Saido Nasafiy, Mulham Buxoriy, Fitrat Zardo‘zi Samarqandiy kabi mashhur shoirlar haqida ham so‘z boradi. Bu o‘rinda XVII—XVIII asrlar tarixnavisligiga xos bir muhim xususiyatni eslatib o‘tish joiz: tarix kitoblari voqealar solnomalari bo'libgina qolmay, muayyan ma’noda badiiy nasr namunalari hamdir. Bunday an’ana, xususiyat umuman O‘rta asr tarixnavisligiga xos xususiyat edi. Shunga ko‘ra, XVII—XVIII asrlarda maydonga kelgan tarix asarlarida voqea-hodisalar bayoniga badiiy tus berish, lozim ko‘rilganda she’riy namunalar keltirish, badiiy ijodga xos usul va vositalardan foydalanish ko‘zga tashlanadi. Ularda madaniy-adabiy hayotga doir juda zarur ma’lumot va faktlar keltiriladi, sharhlanadi. Shu ma’noda, bunday asarlar davr adabiy jarayoni va unda ishtirok etgan ijodkorlar merosini kengroq o‘rganishda tayanch manbalar bo‘la oladi. Bu holni, ayniqsa shu asrlar tarixnavisligining mahsuli bo‘lgan Said Roqimning «Tarixi Roqimiy» Abulg'oziyning «Shajarayi turk» hamda «Shajarayi tarokima», keyingi asrda yaratilgan Munis, Ogahiy, Bayoniy va boshqalar yaratgan tarix asarlarida ko‘rish mumkin. Tarixnavislikka xos bunday xususiyatning yana bir sababi- tarix asarlari mualliflarining as’orfahm, ta’bi nazm egalari ham bo‘lganligidadir. Sharif Roqim Samarqandiy XVII asming II yarmi —XVIII asrning I choragida yashagan tarixchi olim va shoir, avlodi Andijon viloyatidan bo‘lgan. Malehoi Samarqandiyning «Muzakkir ul-asxob» tazkirasi ma’lumotlariga ko‘ra, Roqimiy Subhonqulixon hukmronligi yillarida bir necha muddat Buxoroning katta a’lami lavozimida ham bo‘lgan. 1701—1702 yillari Mulla Sharafiddin A’lam bin Nasriddin Oxund Mulla Farhod Samarqandiy tomonidan yaratilgan (1680) asarning qisqartirilgan nusxasini maydonga keltirgan. Bu asar ilmiy Adabiyotlarda «Tarixi kasira» nomi bilan zikr etiladi. Uning qo‘lyozma nusxalari bir qancha chet mamlakatlar kitob fondlarida ham mavjud. 30ga yaqin nusxasi O‘zRFA Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda. Asarda' O‘rta Osiyo, Xuroson, Shimoliy Afg‘oniston va qisman Hindistonda XIV asrdan XVII asrgacha bo‘lgan turli voqea-hodisalar bayon etiladi. Unda Amir Temurning tug‘ilishidan boshlab ashtarxoniylardan Abdulazizxonning hokimiyatga kelgan yillarigacha (1645-1646) bo‘lgan voqealar solnomasi keltiriladi: shu davrlar ichida mashhur bo‘lgan tarixiy shaxslar — hukmdorlar (Temur, Shohrux, Ulug‘bek, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Ubaydullaxon, Bobur Mirzo, Abdullaxon, Humoyun), olimlar va shoirlar (jumladan, Hofiz Sheroziy, Kamol Xo‘jandiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Binoiy, Mushfiqiy...) to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Roqimiy Samarqandiy asarda tarixiy shaxs va ilm-madaniyat Hoblarining vafoti sanalari hamda XIV—XVII asrlarda Samarqand, Buxoro, Mashhad, Hirot va boshqa shaharlarda qurilgan madrasa, xonaqoh kabi moddiy madaniyat inshootlari tarixiga oid juda ko‘p tarix-qit’alar keltiradi. Ularning (Shahrisabzdagi Oqsaroy, 1382 yil; Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi, 1429 yil; Buxorodagi Mir Arab madrasasi, 1536 yil) tafsilotlarini aniq bayon etadi. Ayrim tarixiy, ilmiy va adabiy asarlaming tasnifi («Ziji jadidi Ko‘ragoniy, 1437 yil; «Nafohat ul-uns», 1469 va boshqalar) haqidagi tarix she’rlar ham muhimdir. Chunonchi, muallif «Tarixi vafoti amiri kabir Alisher Navoiy» sarlavhasi ostida Alisher Navoiyning davlat Hobi, olim, shoir sifatidagi xizmatlarini yuksak qadrlaydi. Uni «So‘z iqlimining podshohi» («Xusravi iqlimi suxanro») deb ataydi. Navoiy vafoti sanasini (906 hijriy — 1501 milodiy bitgach, uning vafoti munosabati bilan Aminiy, Mirxond, Sohib Doro va boshqa Hirot shoirlari yozgan tarix-qit’alarni ham keltiradi. Xullas, «Tarixi Roqimiy» asari XIV—XVIII asrlar oralig‘idagi ijtimoiy-siyosiy hayotni, tarixiy voqealarni, madaniyat, san’at va adabiyotni o‘rganishda muhim ahamiyatga molik manbadir. Ayniqsa, undagi Navoiy va uning davri, zamondoshlari haqidagi fikrlar muhimdir. Abulg‘oziy Bahodirxon (1605—1664). Xiva hukmdori Arabmuhammadning taxtdan umidvor yetti o‘g‘illaridan biri bo‘lib, og‘a-inilari bilan ancha yillar jang olib borgandan so‘ng 1645 yilga kelib hokimiyatni qo‘lga kiritgan, 1663 yilgacha xonlik saltanatini boshqarib, og‘ir xastalikka duchor bo‘lib qolganligi sababli toju taxtni o‘z ixtiyori bilan o‘g‘li Anushaxonga topshirgan. U 20 yillar chamasi Xiva xonligi hukmdori sifatida siyosat olib borgan, ilm-adabiyot va san’atga xayrixohlik bilan qaragan ma’rifatparvar shaxs sifatida tarixda nom qoldirgan ulug‘ zotdir. Abulg'oziy iste’dodli tarixnavis sifatida ikki muhim asarning muallifidir. U 1661 yili «Shajarayi tarokima» asarini yozadi. Uning yaratilish tarixi haqida Abulg‘oziy quyidagi ma’lumotlarni zikr etadi: «...turkmanlarning mullolari... mening tarixni yaxshi bilurimni eshitibdurlar, «Bizning ichimizda «O‘g‘uznoma» ko‘pturur. Ammo hech yaxshisi yo‘q, barchasi g‘alat, birisi-birisiga muvofiq emas. Har qaysisi bir turluk va bir durust e’tibor qilgudek tarix bo‘lsa erdi, yaxshi bo‘lur erdi» teb o‘tun qildilar. Ersa onlaming o'tunlarini qabul qildim...». Asarda o‘g‘uz-turkman urug‘larining kelib chiqish tarixi, rasm-rusumlari, og‘zaki ijod namunalari, afsona va rivoyatlari o‘ta shirali Xorazm lahjasida bayon etilgan. Bu asar akademik N. Kononov tomonidan rus tiliga taijima qilinib, tilshunoslik aspektida chuqur o‘rganilgan. Mustaqillik yillari «Shajarayi tarokima» professor Qozoqboy Mahmudov tomonidan 1995 yili Toshkentda, SamDU dotsenti Q.Tohirov tomonidan 1998 yili Samarqandda nashr etildi. XIX asrning I yarmida yashab, ijod qilgan ulug‘ shoir, tarixchi va taijimon Shermuhammad Munisning (1778-1829) «Firdavs ul-iqbol» nomli tarixga doir asarida keltirilgan «Abulg‘oziy bag‘oyat tarixdon va ash’orfahm kishi erdi» ta’iifl Abulg‘oziyning «Shajarayi turk» asarida ayniqsa ravshan namoyon bo‘ladi. «Shajarayi turk» 1664 yili yozib tugallanadi. Abulg‘oziy asarda tasvirlanishi ko‘zda tutilgan voqealarni qadimdan (Odam Ato) boshlaydi. Tadqiqotchilar fikricha, 9 bobdan iborat bu asarning 7-8 va 9-bobning bir qismini Abulg'oziyning o‘zi, birinchi-oitinchi boblar va 9-bobning oxirini Muhammad Zamon Urganjiy yozgan. Abulg‘oziy o‘z hukmronligi yillaridagi tarixiy voqealar solnomasini o‘zigacha bo'lgan tarix kitoblari, xalq og‘zaki ijodi materiallariga tayanib yozadi. U bunda etnografik ma’lumotlardan, afsona va rivoyatlardan unumli foydalanadi. «Shajarayi turk»ka xos fazilatlardan biri shundaki, muallif tarixiy voqea-hodisalar bayoniga badiiy tus berishga, ularni yo‘l-yo‘lakay etnografik ma’lumotlar, rivoyatlar, maqollar, naqllar, sajli badiiy lavhalar bilan o‘qishli qilishga intiladi. Unda 400dan ortiq tarixiy shaxslar-hukmdorlar, malikalar din-tasavvuf ahllari haqida ma’lumotlar keltiriladi, ayrimlarining portretlari chiziladi. Muallif sajning mutavozi usulidan unumli foydalanadi. Misollar: «Manglayxon taqi podshoh erdi. U taqi bir necha yillar et yeb, qimiz ichib, oq os qora qishni bichib, oyday, kunday suluvlarni quchib, simobday yo‘rg‘alarni va yeldek yuguruklarni minib, ko‘ngli tegan yerlarga uchub, o‘g‘li Tengizxonni o‘z o'rnida turtub ul dunyog'a ketdi». Quyidagi: «zolimtab va fosiq va ichi qora va badniyat kishi erdi»; «U1 holni ko‘rub dumog‘indan dudlar chiqib buyurdi» kabi kuchaytirish, sifatlash va mubolag‘ali o‘rinlar ham asarda uchrab turadi. Bunday xususiyatlar «Shajarayi turk»ni voqealar bayoni, ularni nasrda ifodalash uslubiga ко’гаmonumental tarixiy -memuar asar «Bobumoma»ga yaqinlashtiradi. Biroq «Bobumoma»da Boburning o‘z hayotlik yillarida ko‘rgan -kuzatgan voqea-hodisalari tasviri asosiy o‘rin tutsa, «Shajarayi turk»da Abulg‘oziy hukmronligi yillaridagi Xiva xonligi tarixi va, asosan, ungacha bo‘lgan ko‘p asrlik tarix bayoni asosiy o‘rin tutadi. Ular oralaridagi mushtaraklikka kelsak, har ikki asarning prozada badiiy sayqal topganligi, o‘zbek tili nozikliklaridan mahorat bilan foydalanilganligi, tarixiy-etnografik ma’lumotlarga boyligi va ularning o‘zbek nasrchiligining ham nodir namunalari ekanligini aytish kerak. Mirzo Bobordan so‘ng XVII asrga kelib Abulg‘oziy Aham o‘z navbatida turkiy tarixnavislik an’analarini davom ettirdi; Xorazm tarixnavislik maktabining asoschisi sifatida ko‘rindi. Abulg‘oziy qiziqishi keng shaxs sifatida xalq tibobiati bilan ham shug‘ullanib, umrining oxirlarida «Manofe’ ul-inson» risolasini yaratdi. Olimning bu risolasida isitma, bel og‘rig‘i, qizamiq, tomoq shishi, ko‘z, jigar, ko‘p uxlash kabi 120dan ortiq xastaliklar va ulami davolash usullari haqida maslahatlar berilgan. Xalq tabiblari risoladan amaliy faoliyatlarida keng foydalangan. Download 98.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling